Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Shavkat MirziyoYevning O'zbekiston prezidentligiga nomzodini tasdiqlash boshqa sanaga ko'chirildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 103           Дата: 11-10-2016, 22:36          
Shavkat MirziyoYevning O'zbekiston prezidentligiga nomzodini tasdiqlash boshqa sanaga ko'chirildi

O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasi siyosiy kengashi ijroiya qo'mitasi O'zbekiston prezidenti vazifalarini vaqtinchalik bajaruvchi Shavkat MirziyoYev prezidentlik saylovlariga nomzod etib tasdiqlanishi rejalashtirilgan partiya qurultoyini 19 oktyabrga ko'chirishga qaror qildi. Bu haqda partiya matbuot hizmatida RIA “Novosti” ahborot agentligi habar qilindi.

Dastlab Shavkat MirziyoYev nomzodi partiyaning 14 oktyabrdagi qurultoyida tasdiqlanishi, so'ngra esa hujjatlar O'zbekiston Markaziy saylov komissiyasiga topshirilishi kerak edi.

"Sanani ko'chirish haqidagi qaror qurultoy doirasida rejalashtirilgan O'zLiDePning O'zbekiston prezidenti saylovlaridagi ishtiroki bilan bog'liq masalalarni muhokama qilish jarayoniga ta`sir qilmaydi", deb ma`lum qildi partiya vakili.

"Partiya nizomiga takliflar va qo'shimchalarni o'rganish uchun qo'shimcha vaqt talab qilindi. Bu takliflar va qo'shimchalar ham navbatdagi qurultoyda ko'rib chiqilishi tayyorlanmoqda, shuning uchun qurultoy sanasini ko'chirishga qaror qilindi", deb tushuntirdi partiya vakili.

Ayni vaqtda partiyalar o'z nomzodlarini qo'llab-quvvatlovchi imzolar yig'ishni amalga oshirishmoqda, bu jarayon 20 oktyabrda yakunlanishi kerak. Qonunchilikka ko'ra, partiya umumiy saylovchilar sonidan kamida 1 foizining (214,35 ming imzo) imzosini yig'ishi lozim. Nomzodlarni ro'yhatdan o'tkazish va ro'yhatdan o'tganlik guvohnomalarini berish 30 oktyabrgacha Markaziy saylov qo'mitasi tomonidan amalga oshiriladi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн