Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

IIV hodimi Ichki ishlar idoralarida elektron murojaatlar bilan ishlash qanday yo'lga qo'yilgani haqida gaprib berdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 173           Дата: 11-10-2016, 17:20          
IIV hodimi Ichki ishlar idoralarida elektron murojaatlar bilan ishlash qanday yo'lga qo'yilgani haqida gaprib berdi

O'zbekiston Konstitutsiyasida har bir shahs bevosita o'zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlari, muassasalari yoki halq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga egaligi qayd etilgan. Arizalar, takliflar va shikoyatlar qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda ko'rib chiqilishi shart.

Fuqarolarning bu boradagi huquqlari himoyasi O'zbekiston Respublikasining 2014 yil 4 dekabrda kuchga kirgan “Jismoniy va yuridik shahslarning murojaatlari to'g'risida”gi qonuni bilan mustahkamlandi. Chunki qonun asosida ushbu sohadagi qonunbuzilishi uchun javobgarlik belgilanib, davlat organlari va mansabdor shahslarga murojaat qilish tartibi yanada aniqlashtirildi.

O'zA muhbiri O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimida qonun ijrosini ta`minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida Ichki ishlar vazirligi inson huquqlarini himoya qilish va yuridik ta`minlash boshqarmasi boshlig'i Ilhom Turg'unov bilan suhbatlashdi.

– Fuqarolarning Ichki ishlar vazirligiga, sohaviy hizmatlarimizga murojaat qilishlari uchun barcha shart-sharoit yaratilgan, – deydi I.Turg'unov. – Aholi tizimimizga hat, interfaol usul va ishonch telefonlari orqali bemalol o'zlari duch kelgan muammo va masalalar bo'yicha murojaat qilishi mumkin.

Qonun talablaridan kelib chiqib vazirlik tizimida murojaatlar bilan ishlash sohasida keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ushbu sohadagi ishlarni yanada yahshilash maqsadida 2016 yil boshida vazirlikning “2016-2017 yillar davomida ichki ishlar organlarining murojaatlar bilan ishlash sohasidagi faoliyatini takomillashtirish kontseptsiyasi” qabul qilingan. Uni amalga oshirish bo'yicha aniq chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan.

Belgilangan vazifalar ijrosi doirasida murojaatlar bilan ishlash tizimi takomillashtirildi, moddiy-tehnik bazasi mustahkamlandi. Elektron, og'zaki va yozma murojaatlarni ko'rib chiqish uchun qulay shart-sharoitlar yaratildi.

– Ichki ishlar idoralarida elektron murojaatlar bilan ishlash qanday yo'lga qo'yilgan?

– Ichki ishlar vazirligining www.mvd.uz sayti orqali fuqarolarga o'ndan ortiq interfaol hizmatlar ko'rsatilmoqda. Sayt Yagona interaktiv davlat hizmatlari portaliga ulangan. Aholi mazkur portal orqali yoki saytimizda ko'rsatilgan boshqa imkoniyatlar orqali bizga murojaat qilishi mumkin. Unda ishonch telefonlari va vazirlik elektron manzili ko'rsatilgan.

Fuqaro va yuridik shahslarga qulayliklar yaratish maqsadida vazirlik markaziy apparatining bevosita murojaatlar bilan ishlovchi asosiy sohaviy hizmatlari, ya`ni shahsiy tarkib bilan ishlash hizmati, yo'l harakati havfsizligi, huquqbuzarliklarning oldini olish, tergov bosh boshqarmalari, horijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi hamda hududiy ichki ishlar organlari Yagona interaktiv davlat hizmatlari portaliga to'liq ulangan.

Bu bilan fuqaro va yuridik shahslarning murojaatlari to'g'ridan-to'g'ri ushbu sohaviy hizmatlar tomonidan qabul qilinishi yo'lga qo'yilgan. 2016 yilning 9 oyi mobaynida Yagona interaktiv davlat hizmatlari portali orqali jami to'rt mingdan ziyod murojaat kelib tushdi.

Bundan tashqari, ichki ishlar vazirligi rahbariyati qabuliga fuqaro va yuridik shahslarga “elektron navbat”ga yozish orqali interaktiv hizmat ko'rsatilishi yo'lga qo'yilgan. 2016 yilning 9 oyi mobaynida 185 fuqaro ushbu hizmat yordamida vazirlik rahbariyati tomonidan qabul qilindi.

Toshkent shahrining barcha tuman IIBlarining horijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo'limlarida biometrik pasportni rasmiylashtirish uchun fuqarolarning arizalarini elektron tarzda qabul qilish va navbatga qo'yish tizimi joriy etildi.

– O'zbekiston hukumati portalida ochilgan mamlakat Bosh vazirining virtual qabulhonasi orqali tushayotgan murojaatlarda Ichki ishlar vazirligiga taalluqli savollar ham bo'lishi tabiiy. Bu murojaatlar bilan ishlash qanday tashkil etilmoqda?

– Vazirligimizda O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining virtual qabulhonasi orqali kelib tushayotgan murojaatlar bilan ishlovchi mahsus bo'lim tashkil qilindi. Bo'lim zaruriy tehnik vositalar bilan to'liq ta`minlandi va uning faoliyati alohida nazoratga olindi. Kelib tushayotgan murojaatlarning tez va sifatli bajarilishini ta`minlash maqsadida ular faqat vazirlikning markaziy apparati tomonidan ko'rib chiqilishi yo'lga qo'yildi.

IIVning barcha markaziy sohaviy hizmatlariga virtual qabulhona orqali kelib tushgan har qanday murojaat bo'yicha shahsan birinchi rahbarning mas`ulligi belgilandi. Sohaviy rahbarga ariza bo'yicha to'liq va sifatli ma`lumotlarni o'z vaqtida taqdim etish, hisobini yuritish va tahlil qilish vazifalari yuklatilgan.

Virtual qabulhona orqali Ichki ishlar vazirligiga jami 3,5 mingdan ziyod murojaat kelib tushdi. Ularning 40 foizi propiska, biopasport olish va fuqarolik masalalariga taalluqli. Murojaatlarning 80 foizdan ortig'i Toshkent shahri hamda Andijon, Farg'ona, Samarqand, Qashqadaryo, Surhondaryo va Toshkent viloyatlariga to'g'ri keladi.

Bundan tashqari, murojaatlarning ma`lum qismini ichki ishlar organlari hodimlarining noqonuniy hatti-harakatlari yuzasidan, fuqarolarga nisbatan sodir etilgan o'g'irlik, firibgarlik, shuningdek, tergov harakatlarini amalga oshirishda yo'l qo'yilgan kamchiliklar, profilaktika inspektorlari faoliyati yo'nalishida, ichki ishlar organlariga ishga kirish va qayta tiklash hamda shu kabi boshqa masalalar tashkil etayotir.

Ichki ishlar vaziri tomonidan ushbu yo'nalishdagi barcha tadbirlar alohida nazoratga olingan, ularning o'z vaqtida va sifatli bajarilishi ta`minlanadi.

Ichki ishlar organlarida inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi bilan bog'liq murojaatlar hamda Oliy Majlisning inson huquqlari bo'yicha vakili (Ombudsman)dan kelgan har bir ariza va shikoyat vazirlik rahbariyati tomonidan alohida nazoratga olingan. Biroq ko'rilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan, hanuzgacha murojaatlar bilan ishlashda hodimlarimiz tomonidan hato va kamchiliklarga yo'l qo'yish holatlari mavjud. Jumladan, ariza va shikoyatlarni to'liq va sifatli ko'rib chiqmaslik, arizachiga tekshiruv va ko'rib chiqilgan holat yuzasidan asoslantirilgan javob hatlarini yubormaslik, ariza va shikoyatlarni ko'rib chiqish muddatlariga amal qilmaslik kabi salbiy holatlar uchrab turibdi.

Ariza va shikoyatlarni ko'rib chiqish davrida Ichki ishlar vazirligining ichki idoraviy nazorat tizimi orqali aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va kelgusida bunday holatlarga yo'l qo'ymaslik choralari ko'rilmoqda. O'tkazilgan tekshiruvlar jarayonida aniqlangan har qanday salbiy holat bo'yicha hizmat tekshiruvi o'tkazilib, aybdor hodim va uning rahbarlariga tegishli choralar ko'rilayotir. 2016 yilning 9 oyida murojaatlar bilan ishlash jarayonida yo'l qo'ygan hato va kamchiliklari uchun 200 nafardan ortiq ichki ishlar organlari hodimi turli intizomiy javobgarlikka tortildi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн