Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O'zbekistonda halokatlarga qarshi kurash salohiyati kuchaytiriladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 105           Дата: 11-10-2016, 13:20          
O'zbekistonda halokatlarga qarshi kurash salohiyati kuchaytiriladi

O'zbekistonda 2016 yil 11 oktyabrdan halokatlarning oldini olish salohiyatini kuchaytirish bo'yicha mahsus dastur amalga oshirila boshlandi.

Ushbu dastur Jahon banki va O'zbekiston hukumatining qo'shma loyihasi bo'lib, Yaponiya va Jahon bankining rivojlanayotgan mamlakatlarda tabiiy ofat ehtimollariga oid boshqaruvni joriy qilish dasturi doirasida moliyalashtiriladi. Moliyalashtirish ishlarini bevosita Tabiiy ofatlar havfini kamaytirish va tiklash global fondi amalga oshiradi.

Jahon banki ma`lumotlariga ko'ra, O'zbekiston hukumatiga Bank tomonidan respublikadagi tabiiy ofatlarga qarshi salohiyatni mustahkamlash Dasturi uchun tehnik ko'mak ko'rsatiladi, deb yozmoqda uzdaily.uz sayti.

Mazkur loyiha O'zbekistonning yaqin ikki yarim yilda tabiiy ofatlar ehtimollarini boshqarish sohasidagi salohiyatini oshirish, davlat inshootlari uchun seysmik hatarlarni baholash, inqiroz vaqtidagi boshqaruv tizimini mustahkamlash va tabiiy ofatlarning moliyaviy oqibatlarini baholash, moliyaviy hatar turlarini tushunishni yahshilashga yordam beradi.

Dasturni hayotga tatbiq etish – O'zbekiston hukumatining davlat inshootlari infratuzilmalariga seysmik havflarni kamaytirishga qaratilgan muhim yo'nalishlarini aniqlash va rejalashtirish bo'yicha harakatlariga oid salohiyatini kuchaytirish, shuningdek, favqulodda holatlarga shay turish va favqulodda hizmatlarni takomillashtirishiga yordam beradi.

O'zbekistonda barcha tabiiy ofatlar orasida zilzila jiddiy iqtisodiy talofatlar Yetkazishi mumkin bo'lgan hatardir. Mamlakat aholisining va iqtisodiy inshootlarning yarmi seysmik hududlarda joylashgan.

Jahon bankining yaqinda o'tkazgan tadqiqotlariga ko'ra, O'zbekiston Respublikasida yiliga kamida 1mln kishi turli kuchdagi Yer silkinishidan aziyat chekadi. Natijada mamlakat YaIMning o'rtacha 3,2 foizini boy beradi. Havfli tabiiy hodisalar, jumladan zilzila insonlar o'limiga sabab bo'lishi bilan O'zbekistonning rivojlanish sohasidagi erishgan yutuqlariga ta`sir ko'rsatadi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн