Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Eslatma: Kimlarga nisbatan amnistiya akti qo'llaniladi?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 141           Дата: 11-10-2016, 10:49          
Eslatma: Kimlarga nisbatan amnistiya akti qo'llaniladi?

O'zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat MirziyoYev 10 oktyabr' kuni Oliy Majlis Senatiga «O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma to'rt yilligi munosabati bilan amnistiya to'g'risida»gi masalani kiritdi.

Senat mazkur masalani 12 oktyabrda ochiladigan yalpi yig'ilishida ko'rib chiqadi.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 13-moddasiga muvofiq inson, uning hayoti, erkinligi, sha`ni, qadr-qimmati va boshqa dahlsiz huquqlari oliy qadriyat sifatida tan olinadi.

Jazoning asosiy maqsadi hukm qilingan shahslarning tuzalishi va qayta tarbiyalanishi, ya`ni har bir qonunbuzar sodir etgan qilmishining ijtimoiy havflilik darajasini, javobgarlikning muqarrarligini va chin ko'ngildan pushaymon bo'lish zarurligini anglab Yetishi hisoblanadi.

Amnistiya aktining e`lon qilinishi halqimizga hos insonparvarlik, ezgulik va rahmdillikning yorqin ifodasi sifatida, mahkumlarda qonunga itoatkorlik hissini rag'batlantiradi va qonunni chetlab o'tgan shahslarga tuzalish, oilasiga qaytish hamda jamiyatning munosib a`zosi bo'lish uchun yana bir imkoniyat beradi.

Shu nuqtai nazardan, amnistiya akti ulkan profilaktik, ijtimoiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lib, muayyan toifadagi shahslarni nafaqat javobgarlikdan va jazodan ozod qilishni, balki ularni davolash, bandligini ta`minlash, shuningdek, ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish borasidagi boshqa qator muhim tadbirlarni ko'zda tutadi.

Ta`kidlash joizki, amnistiya aktining qabul qilinishi inson huquq va erkinliklarining himoyasini ta`minlash borasidagi umume`tirof etilgan halqaro huquq normalariga to'la mos keladi.

Insonparvarlik printsiplariga amal qilgan holda, avvalgi amnistiya aktlarini qo'llash va shahsga oid ish hujjatlarini o'rganish natijalari asosida, kelgusida ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlash zaruriyati yo'qolganligini, shuningdek, yoshi va sog'lig'ini inobatga olib, quyidagilarni nazarda tutuvchi amnistiya aktini qabul qilish taklif etiladi:

1. Hukm qilingan: ayollarni; jinoyat sodir etgan vaqtda 18 yoshga to'lmagan shahslarni; 60 yoshdan oshgan erkaklarni; chet davlatlar fuqarolarini; I va II guruh nogironlarini; sil kasalligining faol shakliga chalingan shahslarni jazodan ozod qilish (Jinoyat kodeksining 167- va (yoki) 168-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan va Yetkazilgan moddiy zararni qoplamagan, Jinoyat kodeksining 104-moddasi uchinchi qismi «d» bandida nazarda tutilgan, shuningdek, o'ta og'ir jinoyatlarni sodir etgan shahslar bundan mustasno);

2. Ehtiyotsizlik orqasida jinoyat sodir etgan shahslarni, shuningdek, ijtimoiy havfi katta bo'lmagan yoki uncha og'ir bo'lmagan jinoyatlarni qasddan sodir etganligi uchun birinchi marta hukm qilingan shahslarni jazodan ozod qilish (Jinoyat kodeksining 167- va (yoki) 168-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan va Yetkazilgan moddiy zararni qoplamagan shahslar bundan mustasno);

3. Ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilinib, o'talmay qolgan jazo muddati uch yildan ko'p bo'lmagan, hukmi qonuniy kuchga kirgan mahkumlarni jazodan ozod qilish (Jinoyat kodeksining 167- va (yoki) 168-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan va Yetkazilgan moddiy zararni qoplamagan, Jinoyat kodeksining 97-moddasi, 104-moddasi uchinchi qismi «d» bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shahslar bundan mustasno);

4. Ayollar; jinoyat sodir etgan vaqtda 18 yoshga to'lmagan shahslar; 60 yoshdan oshgan erkaklar; chet davlatlar fuqarolari; I va II guruh nogironlari; sil kasalligining faol shakliga chalingan shahslarga (Jinoyat kodeksining 167- va (yoki) 168-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan va Yetkazilgan moddiy zararni qoplamagan, Jinoyat kodeksining 104-moddasi uchinchi qismi «d» bandida nazarda tutilgan, shuningdek, o'ta og'ir jinoyatlarni sodir etgan shahslar bundan mustasno) nisbatan barcha jinoyat ishlarini tugatish;

5. Amnistiya aktiga asosan ozod qilinmaydigan shahslarning o'talmay qolgan jazo muddatini:

qasddan sodir etgan jinoyatlari uchun o'n yildan ko'p bo'lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilinganlarga – uchdan bir qismiga;

qasddan sodir etgan jinoyatlari uchun o'n yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilinganlarga – to'rtdan bir qismiga qisqartirish.

Bunda, Jinoyat kodeksining 97-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan shahslarning jazo muddatini qisqartirmaslik taklif qilinadi;

6. Sodir etilgan jinoiy qilmishlarning ijtimoiy havflilik darajasi va oqibatlarini hisobga olgan holda:

uzoq muddatga yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilingan;

taqiqlangan tashkilotlar faoliyatidagi ishtiroki, ular tarkibida tinchlik va havfsizlikka qarshi yoki jamoat havfsizligiga qarshi jinoyatlar sodir etganligi uchun hukm qilingan;

o'ta havfli retsidivist deb topilgan;

jinoiy uyushma tarkibida jinoyat sodir etgan;

jazoni o'tash tartibini muntazam ravishda buzayotgan;

muqaddam afv etish yoki amnistiya tartibida jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilingan va yana qasddan jinoyatlar sodir etgan;

o'lim jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoga almashtirilgan shahslarga nisbatan amnistiya aktini tatbiq etmaslik.

Shu bilan birga, taqiqlangan tashkilotlar faoliyatidagi ishtiroki, ular tarkibida tinchlik va havfsizlikka qarshi yoki jamoat havfsizligiga qarshi jinoyatlar sodir etganligi uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilib, tuzalish yo'liga qat`iy o'tgan shahslarni ham jazodan ozod qilish taklif etiladi.

Bundan tashqari, amnistiya aktida asosiy jazodan ozod etilgan mahkumlarni qo'shimcha jazodan ozod etmaslik haqidagi normani nazarda tutish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Amnistiya aktini tatbiq etish borasida oshkoralik va shaffoflikni ta`minlashda parlament va jamoatchilik nazorati muhim ahamiyat kasb etishini inobatga olgan holda, mazkur jarayonda senatorlar, deputatlar, fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy ahborot vositalarining bevosita ishtirokini nazarda tutish taklif qilinadi.

Samarali profilaktik ahamiyatga ega bo'lgan amnistiya aktining taklif etilgan toifadagi shahslarga nisbatan qo'llanilishi ularni tezroq ijtimoiy reabilitatsiya qilish va jamiyatga moslashishiga hizmat qiladi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн