Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Shavkat MirziyoYev Senatga Konstitutsiyaning 24 yilligi munosabati bilan amnistiya e`lon qilish to'g'risida taqdimot kiritdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 174           Дата: 11-10-2016, 08:12          
Shavkat MirziyoYev Senatga Konstitutsiyaning 24 yilligi munosabati bilan amnistiya e`lon qilish to'g'risida taqdimot kiritdi

2016 yil 10 oktyabr' kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi bo'lib o'tdi.

Majlisni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi N.Yo'ldoshev olib bordi.

Kengash O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yettinchi yalpi majlisini joriy yilning 12 oktyabr' kuni Toshkent shahrida chaqirish to'g'risida qaror qabul qildi.

Senatorlar Oliy Majlis yalpi majlisining kun tartibiga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh.MirziyoYev tomonidan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 93-moddasining 23-bandiga muvofiq parlamentning yuqori palatasiga kiritilgan “O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma to'rt yilligi munosabati bilan amnistiya to'g'risida”gi masalaning kiritilishi muhim ekanligini alohida ta`kidladilar.

Senat yalpi majlisining kun tartibiga mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy hayotining barcha sohalarini izchil isloh qilish hamda erkinlashtirishga, aholi farovonligini oshirishga hamda ijtimoiy himoya qilinishini kuchaytirishga qaratilgan bir qator O'zbekiston Respublikasi qonunlari kiritilmoqda. “Keksalar, nogironlar va aholining boshqa ijtimoiy hojatmand toifalari uchun ijtimoiy hizmatlar to'g'risida"gi, “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga o'zgartishlar kiritish haqida”gi, “O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasining Qonuni haqida”gi qonunlar shular jumlasidandir.

Yalpi majlisda, shuningdek, “Halqaro mehnat tashkilotining birlashmalar erkinligi va kasaba uyushmalariga birlashish huquqini himoya qilish to'g'risidagi 87-sonli Konventsiyasini ratifikatsiya qilish haqida”gi O'zbekiston Respublikasi qonuni ham ko'rib chiqiladi.

Majlisda Senat Kengashi vakolatiga kiradigan boshqa masalalar ham muhokama etildi.

Oliy Majlis Senati qo'mitalarining va devonining Yettinchi yalpi majlisga tayyorgarlik ko'rish bo'yicha ishini muvofiqlashtirish uchun Kengash tomonidan ishchi guruh tuzildi.

Barcha muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031