Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O'zbekistonda 2018 yilga kelib 547 mln kilovatt soatdan ortiq elektr energiyasini tejash imkoni paydo bo'ladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 101           Дата: 8-10-2016, 10:44          
O'zbekistonda 2018 yilga kelib 547 mln kilovatt soatdan ortiq elektr energiyasini tejash imkoni paydo bo'ladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo'mitasi tomonidan yoqilg'i-energetika va sanoat sohasi tarmoqlarida energiya samaradorligi va tejamkorligi bo'yicha qonunchilikni takomillashtirishga bag'ishlangan seminar o'tkazildi. Bu haqda O'zA habar bermoqda.

Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo'mitasi raisi B.Niyozmatov va boshqalar mamlakatimizda energiya samaradorligi va tejamkorligi yo'nalishida olib borilayotgan islohotlar mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish va mablag'larni iqtisod qilish orqali istiqbolli loyihalarni bajarish imkonini berayotganligini ta`kidladi.

Erishilayotgan bunday yutuqlarda sohaga oid qonunchilik, hususan, «Energiyadan oqilona foydalanish to'g'risida»gi va «Elektr energetikasi to'g'risida»gi qonunlar hamda sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar muhim ahamiyat kasb etmoqda.

O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma`ruzasida tub tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirish hisobidan sanoatni jadal rivojlantirish va yalpi ichki mahsulotda uning ulushini 2015 yildagi 33,5 foizdan 40 foizga Yetkazish, energiyani tejaydigan zamonaviy tehnologiyalarni keng joriy etish evaziga yalpi ichki mahsulot uchun sarflanadigan energiya hajmini tahminan 2 barobar qisqartirishga erishmog'imiz kerakligini ta`kidlagan edi.

Shu bois sanoat korhonalarining energiya samaradorligini oshirish yo'nalishida «O'zsanoatqurilishbank», «Hamkorbank» va «Asaka» banki hamkorlikda «O'zbekneftgaz» milliy holding kompaniyasi, «O'zbekenergo», «O'zkimyosanoat» aktsiyadorlik jamiyatlari va yana bir qator tashkilotlarda o'ttizdan ziyod loyihani amalga oshirdi. Natijada mazkur sub`Yektlarda 152,4 million kilovatt soat elektr energiyasi va 42,6 million kub metr tabiiy gaz iqtisod qilindi.

Mazkur loyihalar 2018 yilga borib, to'liq quvvatlarda ishga tushadi. Shunda ushbu loyihalar ko'magida 547 million kilovatt soatdan ortiq elektr energiyasi hamda 214 million kub metr tabiiy gaz tejaladi.

Seminarda energiya resurslarini qazib olish, yoqilg'i va elektr energiyasini hosil qilish, undan iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ehtiyojlari uchun foydalanishda qo'llaniladigan mavjud standartlar, shaharsozlik normalari hamda tegishli me`yoriy hujjatlarni to'liq hatlovdan o'tkazib, energiya tejamkorligi nuqtai nazaridan ishlab chiqish zarurligi qayd etildi. Energiya sarfini kamaytirish samaradorligini oshirishda huquqiy asoslarni zamon talablariga muvofiqlashtirish bo'yicha tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн