Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida uchta qonun qabul qilindi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 146           Дата: 7-10-2016, 17:03          
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida uchta qonun qabul qilindi

6 oktyabr' kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo'lib o'tdi. Bu haqda O'zA habar bermoqda.

Deputatlar jamiyat hayotining turli sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirishga, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan bir qator qonun loyihalarini ko'rib chiqdilar.

Parlament a`zolari o'z ishlarini «Keksalar, nogironlar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ijtimoiy hizmatlar to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ikkinchi o'qishda muhokama qilishdan boshladilar.

Qonun loyihasini ikkinchi o'qishga tayyorlash chog'ida qo'mita tomonidan siyosiy partiyalar fraktsiyalarining, shuningdek, ayrim deputatlarning fikr-mulohazalari va takliflariga katta e`tibor qaratildi.

Batafsil muhokamadan so'ng deputatlar ushbu qonunni qabul qildilar.

So'ngra deputatlar muhokamasiga «Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi qonuniga o'zgartishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi taqdim etildi.

1992 yilda qabul qilingan «Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi qonuni kasaba uyushmalari faoliyatini yanada rivojlantirishga, hodimlarning mehnatga doir, ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari va qonuniy manfaatlarining ta`sirchan himoya qilinishini ta`minlashga ko'maklashganligi ta`kidlandi.

Majlis ishtirokchilari qayd etib o'tdilarki, taklif etayotgan o'zgartishlar kasaba uyushmalarining ijtimoiy-mehnat sohasidagi erkinligi kafolati bo'lib hizmat qiladi, kasaba uyushmalarining yanada rivojlanishi uchun zarur huquqiy bazani yaratish, huquqni qo'llash amaliyotining birhilligini ta`minlash imkonini beradi.

Muhokamadan so'ng deputatlar ushbu qonunni qabul qildilar.

Deputatlar, shuningdek, jinoyatchilik holatining, undagi o'zgarishlarning va huquqni qo'llash amaliyotining tahlilini hisobga olgan holda firibgarlik va transport vositasini olib qochganlik uchun jinoiy javobgarlikni yanada takomillashtirishga qaratilgan «O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga o'zgartishlar kiritish to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ko'rib chiqdilar.

Qonunchilik palatasi deputatlarining fikricha, mazkur qonunning qabul qilinishi jismoniy va yuridik shahslarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini kuchaytirishga, jazolarning adolatliligi printsipini ta`minlashga, shuningdek, mazkur sohalarda jinoyatchilikka qarshi kurashish bo'yicha ko'rilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirishga ko'maklashadi.

Majlis davomida parlament quyi palatasining a`zolari Oliy Majlis Qonunchilik palatasining vakolatiga kiradigan boshqa masalalarni ham ko'rib chiqdilar.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн