Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Shavkat MirziyoYev Samarqandda Aleksandr Lukashenko bilan uchrashuv o'tkazdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 228           Дата: 7-10-2016, 10:58          
Shavkat MirziyoYev Samarqandda Aleksandr Lukashenko bilan uchrashuv o'tkazdi

Belarus' Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov hotirasiga hurmat bajo keltirish maqsadida 6 oktyabr' kuni Samarqand shahriga tashrif buyurdi. Aleksandr Lukashenko O'zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat MirziyoYev hamrohligida Islom Karimov qabrini ziyorat qildi. Bu haqda O'zA habar berdi.

Shundan so'ng oliy martabali mehmon Samarqand shahridagi Forumlar majmuasiga tashrif buyurib, Islom Karimovning rafiqasi Tat'yana Karimovaga chuqur hamdardlik izhor etdi.

Shavkat MirziyoYev Samarqandda Aleksandr Lukashenko bilan uchrashuv o'tkazdi

Forumlar majmuasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat MirziyoYev va Belarus' Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Belarus' O'zbekistonga Markaziy Osiyodagi asosiy iqtisodiy sherik sifatida qaraydi. Mamlakatlar o'rtasidagi munosabatlar do'stlik va o'zaro manfaatdorlik tamoyillari asosida rivojlanib bormoqda. O'zbekiston Respublikasi bilan Belarus' Respublikasi o'rtasida 2008–2017 yillarga mo'ljallangan iqtisodiy hamkorlik to'g'risidagi shartnoma va uning ijrosiga qaratilgan dastur izchil amalga oshirilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat MirziyoYev Birinchi Prezident Islom Karimov hotirasiga hurmat bajo keltirish maqsadida tashrif buyurgani uchun Belarus' Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenkoga minnatdorlik bildirdi. Ikki halq o'rtasidagi do'stlik munosabatlari bundan keyin ham izchil davom etishini, mamlakatlar o'rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga ko'tarish zarurligini ta`kidladi.

Belarus' Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov butun faoliyatini o'z halqi, Vatani ravnaqiga bag'ishlagani, bugun O'zbekiston iqtisodiyoti rivojlangan, tinch va barqaror davlatga aylanganini qayd etdi. Islom Karimov vafotidan keyingi sinovli kunlarda O'zbekiston halqi donoligini, yuksak madaniyatini va hamjihatligini yana bir bor namoyon etganini, shunday buyuk zaminga tashrif buyurganidan mamnunligini ta`kidladi.

Uchrashuvda O'zbekiston va Belarus' o'rtasida turli sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga oid masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Shu bilan Belarus' Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning O'zbekistonga tashrifi nihoyasiga Yetdi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031