Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Sergeli tumanida 500 ta ko'p qavatli uy barpo etish bo'yicha loyiha ishlab chiqildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 208           Дата: 6-10-2016, 19:49          
Sergeli tumanida 500 ta ko'p qavatli uy barpo etish bo'yicha loyiha ishlab chiqildi

Toshkent shahar hokimligida «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to'g'risida»gi qonun ijrosini ta`minlashga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Bu haqda O'zA habar bergan.

Unda Sergeli tumanining ishlab chiqarish salohiyati, olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, investitsiya imkoniyatlari, hududda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, yangi ish o'rinlari yaratish, o'rta mahsus, kasb-hunar ta`limi muassasalari bitiruvchilarini ish bilan ta`minlash masalalari hususida so'z yuritildi.

Sergeli tumani hokimi F.Maqsudho'jaYev yirik dasturlardan biri – Sergeli tumanida 2017—2022 yillarda 500 ko'p qavatli uyning bunyod etilishi bilan bog'liq loyiha ishlab chiqilganiga alohida to'htaldi. Bu ulkan loyihaning amalga oshirilishi qariyb 30 ming oilaning yangi uy-joyga bo'lgan ehtiyojini qondirish imkonini yaratadi.

Tumanda yangi transport-kommunikatsiya tarmoqlari, madaniy-maishiy ob`Yektlar bunyod etish, Yer usti tezyurar metro yo'nalishlari qurilishini loyihalashtirish ishlarini jadallashtirish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Tumanda beshta yirik sanoat, 144 qo'shma, 300 dan ziyod kichik korhona faoliyat ko'rsatmoqda. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash, tehnik va tehnologik yangilash, horijiy sarmoyalarni jalb etish borasidagi izchil chora-tadbirlar natijasida tumanda sanoat mahsulotlari, iste`mol tovarlari ishlab chiqarish, eksport ko'rsatkichi dinamikasi muttasil ortib bormoqda.

Joriy yilda yirik korhonalar tomonidan 9 milliard so'mlikdan ziyod sanoat, 5 milliard so'mlikdan ortiq iste`mol mahsulotlari ishlab chiqarildi.

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonida mahallalardagi ko'p qavatli turar joy binolari joriy va kapital ta`mirlandi. Mavjud hususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga bugungi kunga qadar tijorat banklari tomonidan qariyb 3 milliard so'mlik kredit mablag'i ajratilgan.

Tumanda aholini manzilli ijtimoiy himoyalashga alohida e`tibor qaratilmoqda. 2017 yilda 7 ming 400 dan ortiq yangi ish o'rni yaratish ko'zda tutilgan. Bunda yangi ishlab chiqarish ob`Yektlarini ishga tushirish, mavjud korhonalarni modernizatsiyalash va quvvatlarini kengaytirish, kichik biznes va hususiy tadbirkorlik faoliyatiga keng imkoniyatlar yaratish, kasanachilikni rivojlantirishga alohida e`tibor qaratiladi.

Hududdagi 7 kasb-hunar kolleji moliya, iqtisodiyot, tibbiyot, Yengil sanoat, pedagogika va boshqa yo'nalishlarga ihtisoslashgan bo'lib, joriy o'quv yilida ushbu o'quv maskanlarini bitirgan 1 ming 871 yigit-qizning bandligi ta`minlandi. Kollejlarda o'quvchilarning davomati, o'zlashtirishini doimiy tahlil etib borishda hotin-qizlar qo'mitasi, pedagoglar, mahalla faollarining hamkorligi keng yo'lga qo'yilgan.

Matbuot anjumanida jurnalistlarning savollariga javob qaytarildi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн