Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi HMT konventsiyasi loyihasini ko'rib chiqishga kirishdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 111           Дата: 6-10-2016, 13:47          
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi HMT konventsiyasi loyihasini ko'rib chiqishga kirishdi

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi “HMTning “Birlashish erkinligi va kasaba uyushmalariga birlashish huquqini himoya qilish to'g'risida”gi 87-sonli Konventsiyasini ratifikatsiya qilish to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini ko'rib chiqishga kirishdi.

Mazkur Konventsiya 1948 yilda HMT Bosh Konferentsiyasining 31-sessiyasida qabul qilingan va 1950 yilda kuchga kirgan. Konventsiya preambula, 4 bo'lim va 21 moddadan iborat bo'lib, HMTning 8 ta asos soluvchi Konventsiyalaridan biri hisoblanadi.

Bugungi kunda ushbu Konventsiya HMTga a`zo bo'lgan 153 mamlakat tomonidan ratifikatsiya qilingan. Konventsiya preambula, 4 bo'lim (21 modda)ni o'z ichiga oladi va quyidagilarni ko'zda tutadi:
- hodimlar va ish beruvchilarning tashkilotlar tuzish, shuningdek, ushbu tashkilotlarga kirish huquqi;
- hodimlar va ish beruvchilar tashkilotlarining o'z Ustavlari va ma`muriy reglamentlarini ishlab chiqish, o'z faoliyatini tashkil etish, harakatlar dasturini tasdiqlash va amalga oshirish huquqi;
- davlat organlarining birlashish huquqini cheklovchi yoki uni qonuniy amalga oshirishga to'sqinlik qiluvchi aralashuvidan erkinlik;
- hodimlar va ish beruvchilar tashkilotlarini tarqatib yuborishni yoki ma`muriy tartibda ular faoliyatini to'htatib qo'yishni ta`qiqlash;
- hodimlar va ish beruvchilarga birlashish huquqini erkin amalga oshirishni kafolatlovchi choralar qabul qilish.

HMT Ustaviga muvofiq Konventsiyaning ishtirokchi davlatlari HMTga mazkur Konventsiyaga oid o'z majburiyatlarini bajarish uchun amalga oshirgan chora-tadbirlari to'g'risidagi ma`ruzani taqdim etadilar.
Birinchi va keyingi ma`ruzalar ushbu Konventsiya tegishli ishtirokchi davlat uchun kuchga kirganidan so'ng kamida uch yilda bir marta, shuningdek, HMT tomonidan talab etilgan hollarda taqdim etiladi.

O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi birlashish erkinligi tamoyillarini to'liq aks ettiradi, qonunchilik amaliyoti HMTning “Birlashish erkinligi va kasaba uyushmalariga birlashish huquqini himoya qilish to'g'risida”gi 87-sonli Konventsiyasiga to'la mos keladi. Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi tomonidan birlashish erkinligi kafolatlarini mustahkamlovchi halqaro huquqiy hujjatlar ratifikatsiya qilingan va amalda qo'llanilmoqda. Hususan, fuqarolarning kasaba uyushmalariga birlashish huquqining konstitutsiyaviy kafolatlari o'rnatilgan (Konstitutsiyaning 34 va 59 moddalari), mazkur kafolatlar shuningdek, 20 dan ortiq hujjatlarda, shu jumladan, “Kasaba uyushmalari, ular huquqlari va faoliyatining kafolatlari to'g'risida”gi Qonunda va Mehnat kodeksida ham mustahkamlab qo'yilgan.

Qonunchilik kasaba uyushmalariga birlashish, jamoa muzokaralarini olib borishni Konventsiyaning 9-moddasida belgilanganidek, Qurolli Kuchlar, ichki ishlar organlari, MHH, ichki qo'shinlar va boshqa harbiy tuzilmalarni istisno qilgan holda, davlat sektorida ta`qiqlamaydi.

Hozirgi kunda O'zbekistonda hodimlar manfaatlarini 14 tarmoq, 14 hududiy, 37 mingga yaqin boshlang'ich kasaba uyushma tashkilotlarini birlashtirgan va o'z saflarida 6 mln.dan ortiq a`zoga ega bo'lgan Kasaba uyushmalari Federatsiyasi ifodalaydi. 2015 yil oktyabr' oyida O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Halqaro kasaba uyushmalari Konfederatsiyasi (HKUK)ning assotsiatsiyalashgan a`zosi bo'ldi, O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi va HKUK o'rtasida hamjihatlik to'g'risida Memorandum imzolangan va amalda tatbiq etilmoqda.

Ish beruvchilar manfaatlarini 14 hududiy vakillikni o'z ichiga olgan va ish beruvchilar, shu jumladan, kichik biznes manfaatlarini himoya qiluvchi va ilgari suruvchi hamkor hisoblangan Savdo-sanoat palatasi ifodalaydi. 2014 yildan boshlab Savdo-sanoat palatasi Halqaro ish beruvchilar tashkilotining teng huquqli a`zosi hisoblanadi.

O'zbekiston Respublikasi tomonidan “HMTning Birlashish erkinligi va kasaba uyushmalariga birlashish huquqini himoya qilish to'g'risida”gi 87-sonli Konventsiyasini ratifikatsiya qilish to'g'risida”gi Qonunning qabul qilinishi – davlatning halqaro mehnat standartlarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilishni yanada takomillashtirishga hizmat qiluvchi inson huquqlari sohasidagi qadriyatlarga sodiqligining yaqqol namunasidir.

Mazkur Konventsiyaning ratifikatsiya qilinishi O'zbekiston Respublikasining halqaro va regional tashkilotlarga yanada integratsiyalashuvi hamda hodimlar va ish beruvchilar manfaatlari himoyasini halqaro standartlarga muvofiq ta`minlashni yanada takomillashtirish uchun sharoit yaratadi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн