Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

"Sochnaya dolina" savdo markasidan talabalar uchun mukofotlar o'ynaldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 120           Дата: 6-10-2016, 11:03          
"Sochnaya dolina" savdo markasidan talabalar uchun mukofotlar o'ynaldi

2016 yilning 30 sentyabrida Toshkent shahrida joriy yilning 15 iyunida start berilgan "Sochnaya dolina" bilan shartnomani to'la" aktsiyasi bo'lib o'tdi.

O'zbekiston oliy ta`lim muassasalarida bir o'quv yili davomida shartnoma asosidagi ta`lim to'lovi yutug'ini qo'lga kiritgan ikki nafar g'olib ishtirokchilar chiptasi joylashtirilgan baraban yordamida lotereya usuli orqali aniqlandi. G'oliblikni qo'lga kiritish uchun abituriYent va talabalar "Sochnaya dolina" sharbatlari qutisidan logotiplarni qirqib, kompaniya idorasiga pochta orqali jo'natishlari kerak edi. Uchta logotip bir imkonga tenglashtirilgan.

O'yinda jarayonning adolatli ekanligiga ishonch hosil qilishni istagan aktsiya qatnashchilari va OAV vakillaridan iborat kuzatuvchilar komissiyasi ishtirok etdi. O'zbekiston viloyatlaridan qatnashgan ishtirokchilar orasidan Yangiyo'l shahridan Ravshan Halilov g'olib bo'ldi. Tashkilotchilar o'sha zahotiyoq g'olib bilan bog'lanib, uning bu yilgi kirish imtihonlaridan o'ta olmaganini aniqlashdi.

Aktsiya shartlariga ko'ra, bunday holatlarda boshqa mukofot topshirilishi ko'zda tutilgan - g'olib Acer noutbuki sohibiga aylandi. Ravshan aktsiya davomida 30ta logotip yo'llagan, shu tariqa u g'oliblik uchun 10 imkoniyatni qo'lga kiritgan. Uning so'zlariga ko'ra, u g'alabaga u qadar umid qilmagan:

"Juda mamnunman! Umuman kutmagandim, shunchaki tavakkal qilib yo'llagandim. Aktsiyada ishtirok etganim yodimdan ham chiqay debdi. Kutilmaganda menga qo'ng'iroq qilib, g'olib bo'lganimni aytishdi... Juda hursandman, bunga ishongim kelmadi. "Sochnaya dolina" menga anchadan beri yoqadi: bu mazali va tabiiy sharbat. Internet orqali aktsiyadan habar topganimda bu sharbatdan yanada ko'proq harid qila boshladim, atrofimdagilar hattoki buning sababi bilan qiziqishdi. Do'stlarimga ham o'yin haqida aytdim, ular menga logotip yig'ishda ko'maklashishdi. Kelasi yilda albatta o'qishga kiraman, maqsadimdan voz kechmayman. Hozircha Yangiyo'l shahridagi gazetalardan birida muhbir bo'lib ishlayapman".

Poytahtdan ishtirok etganlar orasidan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universitetining 4-bosqich talabasi Aleksandra Solomchenko g'olib bo'ldi. Ma`lum bo'lishicha, Aleksandra o'qish bilan birga HR sohasidagi faoliyatini olib boruvchi faol va maqsad sari intiluvchan qiz bo'lib chiqdi. 9ta logotip yo'llagan Aleksandraning g'oliblik uchun atigi uch imkoni bo'lgan, shunga qaramay, omad unga kulib boqdi.

"Do'stlarim mening omadli ekanimni aytishadi, lekin o'zim bunday deb o'ylamayman. Bunday mukofotni birinchi marta qo'lga kiritishim. Shu bois ohirigacha ro'y berayotgan voqealarning haqiqat ekanligiga ishongim kelmadi. Hattoki aktsiya g'oliblarini aniqlash marosimiga ham kelmadim - omad kelishiga umid qilmagandim. Ilgari "Sochnaya dolina"ni kamdan-kam sotib olardim. Aktsiya haqidagi habarni Facebook va shahardagi reklama bannerlarida o'qib qoldim, shu sharbatni icha boshladim va logotiplarni jo'natdim. Bundan buyon barcha aktsiyalarda faolroq qatnashaman, deb o'ylamayman-ku, lekin hammasi haqqoniy o'tishiga kafolat bera olaman".

"Sochnaya dolina" savdo markasidan talabalar uchun mukofotlar o'ynaldi

"Sochnaya dolina" savdo markasidan talabalar uchun mukofotlar o'ynaldi

"Sochnaya dolina" savdo markasidan talabalar uchun mukofotlar o'ynaldi

Reklama huquqi asosida

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн