Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

"Musaffo bilan totli kuz" aktsiyasining birinchi bosqich o'yini bo'lib o'tdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 77           Дата: 6-10-2016, 10:56          
"Musaffo bilan totli kuz" aktsiyasining birinchi bosqich o'yini bo'lib o'tdi

2016 yilning 15 avgustidan 15 sentyabriga qadar kuzgi aktsiyaning birinchi bosqichi o'tkazildi. Tasodifiy raqamlar generatori 50ta mukofotning omadli egalarini aniqladi: elektr choynaklar, oshhona tarozilari, fenlar, dazmollar va mobil telefonlar o'ynaldi.

Aktsiya tashkilotchilari qiziqarli statistika tayyorlashdi: ma`lum bo'lishicha, birinchi bosqichning har bir g'olibi o'rtacha 13 promo-kodni faollashtirgan. Elektr choynak sohibiga aylanish uchun o'rtacha 10ta qadoqlangan sut harid qilish lozim. "Biz barcha oila a`zolarimiz bilan birga Musaffo sutini yahshi ko'ramiz, lekin aktsiya bizni yanada ko'p sut harid qilishga chorladi, - dedi toshkentlik Ravshan Mahamatdinov. - Reklamani ko'rib, omadimizni sinab ko'rishga qaror qildik: biz omadlimiz, bunday o'yinlarda birinchi imarta g'olib bo'lishimiz emas, mana umidimiz o'zini oqladi. Choynak zo'r, bajonidil undan foydalanyapmiz, bizga juda yoqdi. Umid qilamizki, Musaffo sutining mazasi har doim ana shunday totli bo'lib qoladi, chunki biz bu sutning doimiy haridorimiz, bundan keyin ham aktsiyalarda ishtirok etishni istaymiz".

Elektr choynakning boshqa bir sohibi, toshkentlik Humoyun Kavetdinov Musaffo muhlislari qatoriga qo'shildi: "Har kuni ertalab qizchamiz uchun sutli bo'tqa tayyorlaymiz, oddiy sut tez "buziladi", shu bois paketdagi sutni tanlash kerak bo'ladi. Musaffo sutining mazasini totib ko'rdik, juda ma`qul keldi, shu payt aktsiyadan habar topdik. Qiziqish yuzasidangina ishtirok etib ko'rdik: shundoq ham harid qilamiz, sutning qadog'ini bekorga tashlab yuborgimiz kelmadi. Endi esa faqat shu savdo markasidan foydalanamiz, bunday kutilmagan yutuq - juda yoqimli, albatta".

"Oshhona tarozilari" toifasida g'olib bo'lgan ishtirokchilar orasidan poytahtlik Anna Lusenko birgina kod yo'llab, g'olib bo'lishga muvaffaq bo'ldi. "Biz avval ham Musaffo sutini harid qilardik, bu sut bizga juda yoqadi, deyarli har kuni ichamiz, - deydi u. - Aktsiya reklamasini ko'rib qoldik va qiziqishimiz ustun kelib, omadimizni sinab ko'rdik. Mana, g'olib ham bo'ldik va ho'jalikda kerak bo'ladigan yutuqni qo'lga kiritdik. Bundan buyon aktsiyalarda yanada faol ishtirok etamiz, endi bundan-da yirik mukofotlarni yutish istagi paydo bo'ldi".

"Musaffo bilan totli kuz" aktsiyasining birinchi bosqich o'yini bo'lib o'tdi

Elektron dazmolni qo'lga kiritish uchun ishtirokchilar o'rtacha 5tadan promo-kodni ro'yhatdan o'tkazishdi. Ulardan to'rt nafari juda omadli bo'lib chiqdi: ularning g'olib bo'lishi uchun birgina stiker Yetarli bo'ldi. Marg'uba AbdullaYevaning tan olishicha, u dastlab aktsiyani jiddiy qabul qilmagan: "Bu shunchaki odamlarni ko'proq sut harid qilishga undovchi "o'yin" deb o'yladim. Sut qutisini tashlab yubormoqchi edim, biroq qizim buning o'rniga kod yo'llashni taklif qildi va ko'rib turganingizdek, Artel rusumli dazmolni yutib oldik, omadni qarang! Juda ham hursandmiz, dazmolni ishlatishga ham ulgurdik, aktsiyada qatnashishda davom etamiz".

Yangi dazmolning yana bir omadli sohibasi qarshilik Yelena Petrova mana bir necha oydirki, Musaffo savdo markasi aktsiyalarida ishtirok etib kelmoqda: "Anchadan beri shu sutni harid qilaman, chunki u juda sifatli. Bunday mazali qadoqlangan sutni birinchi marotaba totib ko'rishim, shu bois faqat uni harid qilaman. Ilgari mukofotni qo'lga kiritishga hech ham ishonmas edim, g'olib bo'lganimni eshitib, buning haqiqat ekaniga ishongim kelmadi! Meni Facebook tarmog'ining Musaffo sahifasida qutlashdi, qanday hursand bo'lganimni ta`riflashga so'z ojiz. Umid qilamanki, Qarshiga stikerli qadoqlardan ko'proq olib kelishadi, boshqalar ham qatnashib, g'olib bo'lishiga tilakdoshman. Barchaga omad tilayman, Musaffo hodimlariga esa bunday hush kayfiyat ulashganliklari uchun chin dildan minnatdorchilik bildiraman. Shuncha o'yinlar, qiziqarli tadbirlar o'tkazishadi - haqiqiy sehrgarlar!"

Fenni qo'lga kiritgan g'oliblar o'rtacha 10tadan stiker ro'yhatdan o'tkazishdi, ulardan ikki nafari birinchi promo-koddanoq omadni qo'lga kiritishdi. Toshkentlik Shohida Komilova farzandlarining undovi bilan promo-kodlar yo'llay boshladi: "Avvaliga aktsiyada ishtirok etishni istamadim, baribir bundan hech narsa chiqmaydi, deb hisoblardim. Keyin o'ylab qoldim: kenjamiz uchun baribir har kuni Musaffo sutini harid qilamiz, nima uchun omadimizni sinab ko'rmasligimiz kerak?! Tashkilotchilar qo'ng'iroq qilib, g'olib bo'lganimizni aytishganida dastlab ishonmadim. Kimdir hazillashyapti deb o'yladim. Yo'q, haqiqatdan ham fen sohibiga aylandik. Bajonidil undan foydalanyapman va kelajakda bizga yana bir bor omad kulib boqishiga umid qilaman".

"Musaffo bilan totli kuz" aktsiyasining birinchi bosqich o'yini bo'lib o'tdi

"Mobil telefonlar" toifasida har bir g'olib o'rtacha 14tadan promo-kod yo'llagan, ikki nafar kishining esa birgina stiker bilan omadi kelgan. Qarshilik Dilrabo KenjaYeva uchun yangi mobil telefoni kutilmagan yangilik bo'ldi, chunki promo-kodlarni ayolning o'g'li yo'llagan ekan. "Tabiiyki, juda ajablandik, - deya taassurotlari bilan bo'lishdi u. - Biz - Musaffo'ning doimiy iste`molchilarimiz, lekin bunday sovg'a olish hayolimizga ham kelmagandi".

"Musaffo bilan mazali kuz" aktsiyasi 14 noyabrga qadar davom etadi, qimmatbaho sovg'alarning bahtli egalari qatoridan joy olish uchun hali imkon bor. G'olib bo'lganingizni shu Yerdan bilib olishingiz mumkin bo'ladi.

Reklama huquqi asosida

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн