Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Markaziy saylov komissiyasining mustaqilligi - adolatli va demokratik saylovlarning kafolati

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 100           Дата: 5-10-2016, 19:53          
Markaziy saylov komissiyasining mustaqilligi - adolatli va demokratik saylovlarning kafolati

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi fuqarolarning huquq va erkinliklarini yanada mustahkamlash, demokratik davlat barpo etish hamda fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan. Fuqarolar huquq va erkinliklarini ta`minlashning muhim vositalaridan biri ularning davlat hokimiyatini shakllantirishda ishtirok etishini kafolatlashdan iboratdir.

Binobarin, O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 32-moddasida O'zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishda bevosita va o'z vakillari orqali qatnashish huquqiga ega ekanliklari belgilab qo'yilgan. Fuqarolar tomonidan davlat hokimiyatini shakllantirishning asosiy yo'llaridan biri, bu — saylovlar.

Yurtimizning oliy vakillik organi bo'lgan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tashkil etish va o'tkazish vakolati Markaziy saylov komissiyasiga berilgan. Shuni alohida qayd etish kerak-ki, Markaziy saylov komissiyasi doimiy tarzda faoliyat olib boradigan hamda konstitutsiyaviy maqomga ega mustaqil organ bo'lib, o'z faoliyatini mustaqillik, qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik va adolatlilik printsiplari asosida amalga oshiradi.

Markaziy saylov komissiyasi konstitutsiyaviy maqomga ega bo'lishi davlat hokimiyatining boshqa organlari hech qanday aralashuvlarisiz saylovlarga tayyorgarlik ko'rish hamda o'tkazishni ta`minlashga hizmat qiladi. Vaholonki, aksariyat rivojlangan demokratik mamlakatlar konstitutsiyalarida ham saylovlarni tashkil etish va o'tkazishga vakolatli bo'lgan organlar hamda ularni tashkil qilish tartibi haqida mahsus qoidalar uchramaydi. Shularning o'ziyoq yurtimizda saylovlarni demokratik, ochiq va oshkora tarzda o'tkazish hamda unda qonuniylikni har tomonlama ta`minlashning kafolatlari mavjudligini ko'rsatadi.

Qonunchiligimizda Markaziy saylov komissiyasi a`zolarining ijro hokimiyati ishtiroki va ta`sirisiz saylanishining o'ziga hos noyob demokratik tartibi o'rnatilgan. Masalan, birinchi bosqichda Markaziy saylov komissiyasi a`zoligiga har bir nomzod Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesining, halq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari majlislarida har tomonlama muhokamadan o'tadi hamda saylash uchun parlamentga tavsiya etiladi.

Ikkinchi bosqichda esa mahalliy Kengashlar tomonidan Markaziy saylov komissiyasiga a`zolikka saylanish uchun tavsiya qilingan nomzodlar tegishli ravishda Qonunchilik palatasi va Senatning majlislarida alohida muhokamadan o'tadi hamda saylanadi. Har ikki bosqichda ham fuqarolarning bilvosita ishtiroki ta`minlangani, ularda siyosiy partiyalar, aholi keng qatlami manfaatlari o'z ifodasini topganini ko'rish mumkin.

Markaziy saylov komissiyasining Raisi komissiya a`zolari orasidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasi bo'yicha saylanadi. Shuningdek, komissiyaning majlisida Markaziy saylov komissiyasi a`zolari orasidan komissiya Raisining o'rinbosari va komissiya kotibi saylanadi. Bular ham Markaziy saylov komissiyasi mustaqilligini ta`minlaydigan qo'shimcha huquqiy kafolat hisoblanadi.

Qiyoslab aytganda, aksariyat davlatlarda saylovlarni tashkillashtiruvchi hamda o'tkazuvchi yagona, markazlashgan organlar tizimi mavjud emas va saylovni tashkil qilish funktsiyasi ijro etuvchi hokimiyat organlari yoki to'g'ridan-to'g'ri hukumat zimmasiga yuklatilgan. Misol uchun, Frantsiya, Avstriya hamda Germaniyada saylovlarni tashkil qilish bilan Ichki ishlar vazirligi, Daniyada Ichki va ijtimoiy ishlar vazirligi, Finlyandiyada Adliya vazirligi, Braziliyada esa Oliy saylov sudi shug'ullanadi. Shularning o'ziyoq saylov qonunchiligimiz, saylov tizimimiz demokratiya printsiplariga yuqori darajada mosligidan dalolat beradi.
E`tiborli jihati, bugun buni bizning siyosiy tizim bilan yahshi tanish bo'lgan ekspertlar butun dunyoda e`tirof etishmoqda.

Qonunchilikda ushbu normalarning belgilab qo'yilgani ham Markaziy saylov komissiyasining mustaqilligini ko'rsatadi. “Markaziy saylov komissiyasi to'g'risida”gi Qonunning 2ˡ-moddasiga ko'ra, Markaziy saylov komissiyasi va uning a`zolari o'z faoliyatini har qanday davlat organlari, jamoat birlashmalari hamda mansabdor shahslardan mustaqil holda amalga oshiradi.

Markaziy saylov komissiyasi a`zolari qaror qabul qilishda siyosiy moyillar va boshqa yot ta`sirlardan holi bo'lgan o'z nuqtai nazarini bildiradi. Markaziy saylov komissiyasining faoliyatiga aralashishga yo'l qo'yilmaydi hamda bunday aralashuv qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo'ladi.

Markaziy saylov komissiyasining mustaqilligini ta`minlovchi jihatlardan yana biri, bu — uning a`zolariga qo'yilgan talablardir. Hususan, 25 yoshga to'lgan, qoida tariqasida, oliy ma`lumotga, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini va davlat hokimiyatining vakillik organlariga saylovni, referendumni tashkil etish hamda o'tkazish borasida ish tajribasiga ega bo'lgan, jamoatchilik o'rtasida obro'-e`tibor qozongan va kamida ohirgi besh yilda mamlakatimiz hududida doimiy yashagan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari Markaziy saylov komissiyasi a`zosi bo'lishi mumkin. Komissiya a`zosi boshqa saylov komissiyasining yoki siyosiy partiya¬ning a`zosi bo'lishi mumkin emas. Yana bir muhim jihati shuki, Komissiyada doimiy tarzda faoliyat olib boruvchi a`zo ilmiy hamda pedagogik faoliyatdan tashqari boshqa har qanday pul to'lanadigan lavozimlarda ishlashi mumkin emasligi belgilab qo'yilganidir. Bu ham komissiya a`zosining mustaqilligini ta`minlashga hizmat qiladi.

Qonunda yana bir norma mustahkamlab qo'yilgan. Unga ko'ra, Markaziy saylov komissiyasining O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga, Senat a`zoligiga nomzod etib, ishonchli vakil sifatida ro'yhatga olingan a`zosi Komissiya tarkibidan chiqib ketgan, deb hisoblanadi. Mazkur normadan ko'rinib turibdiki, shahsning nomzod sifatida ro'yhatdan o'tishining o'zi uning Komissiya tarkibidan chiqishiga olib keladi. Bundan ko'zlangan maqsad — Komissiya a`zosining nomzod sifatida o'z qarashlari va fikrlari bilan Komissiya faoliyatiga ta`sir ko'rsatishining oldini olish hamda uning mustaqilligiga putur Yetishiga yo'l qo'ymaslikdan iborat.

Markaziy saylov komissiyasi mustaqilligini belgilovchi muhim omillardan yana biri uning faoliyatiga qonunga hilof ravishda aralashish, qarorlarini ijro etmaslik uchun ma`muriy javobgarlikning ko'zda tutilganidir. Bu normalar Markaziy saylov komissiyasining o'z faoliyatini tashqi ta`sirlardan holi ravishda olib borishi, fuqarolarning saylov huquqlarini samarali ta`minlash yo'lidagi faoliyatini kuchaytirishiga zamin yaratadi.

Markaziy saylov komissiyasi faoliyatining mustaqilligi saylovlarni adolatli tashkil qilish va o'tkazishning muhim shartidir. Shu bois milliy qonunchiligimizda Komissiya faoliyatini davlat hokimiyati organlari, siyosiy partiyalar, guruhlar, jamoat birlashmalarining har qanday aralashuvidan himoya qiladigan qoidalar mustahkamlab qo'yilgan. Bu esa saylovlarning qonun doirasida adolatli hamda demokratik tarzda o'tishini kafolatlaydi.
Ilyos Abdurahimov,

O'zbekiston Respublikasi

Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi

akademiyasi katta o'qituvchisi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031