Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O'zbekistonda tadbirkorlik sub`Yektlarini rejadan ortiq tekshirishlar bekor qilinadi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 124           Дата: 5-10-2016, 20:05          
O'zbekistonda tadbirkorlik sub`Yektlarini rejadan ortiq tekshirishlar bekor qilinadi

O'zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirish va hususiy mulkni davlat tomonidan muhofazasini ta`minlashga qaratilgan navbatdagi qadam tashlandi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat MirziyoYevning “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta`minlashga, hususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yahshilashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi farmoniga muvofiq, 2017 yilning 1 yanvaridan boshlab tadbirkorlik sub`Yektlarini rejadan tashqari tekshirishlarning barcha turlari bekor qilinadi.

Biroq, yuridik shahslar tugatilayotganida, shuningdek, jismoniy va yuridik shahslarning qonunchilik buzilganligi haqidagi murojaatlari asosida Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi qaroriga muvofiq o'tkaziladigan qisqa muddatli tekshiruvlar bundan mustasno ekani qayd etilgan.

Unda ta`kidlanishicha, tadbirkorlik sub`Yektlari faoliyatini, shu jumladan, jinoyat ishlari doirasidagi muqobil tekshirishlarning barcha turlari ham bekor qilinadi.

Quyida ushbu farmon matni to'la keltirilgan.

Kichik biznes va hususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishini ta`minlash, hususiy mulkni himoya qilish va uning dahlsizligi kafolatlarining huquqiy mehanizmlarini yanada mustahkamlash, tadbirkorlikni rivojlantirish yo'lidagi byurokratik to'siqlarni bartaraf etish, respublikada investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yahshilash maqsadida:

1. Kichik biznes va hususiy tadbirkorlikka keng erkinlik berish, ularning faoliyatiga davlat organlarining aralashuvini tubdan qisqartish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldi olinishini ta`minlash, ularning profilaktikasi samaradorligini oshirish va huquqbuzarliklarga yo'l qo'yilmaslik tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish sohasida davlat siyosatining muhim ustuvor yo'nalishi va davlat organlarining birinchi darajali vazifasi etib belgilansin.

Davlat organlari, eng avvalo, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi tuzilmalar:

o'z faoliyatida yuqorida ko'rsatilgan talabni hamda tadbirkorlik sub`Yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi tamoyilining so'zsiz amalga oshirilishini ta`minlasinlar;

o'z vazifalari va vakolatlarining tanqidiy tahlili asosida huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktika qilish hamda ularga yo'l qo'ymaslik borasidagi chora-tadbirlarni takomillashtirishga va ularning samaradorligini oshirishga doir asoslangan takliflarni ikki oy muddatda, belgilangan tartibda kiritsinlar;

tadbirkorlik faoliyatiga qonunga hilof ravishda aralashganlik va to'sqinlik qilganlik, ularning faoliyatini asossiz to'htatib qo'yganlik uchun mansabdor shahslarning javobgarligi to'g'risidagi qonun hujjatlari normalari talablari qat`iy bajarilishini, shuningdek, tadbirkorlik sub`Yektlariga Yetkazilgan zararning bevosita aybdorlardan undirilishini ta`minlasinlar.

2. O'zbekiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta`minlash, hususiy mulkni har tomonlama muhofaza qilish va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yahshilashga doir kompleks chora-tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Kompleks chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan tadbirlarning o'z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan shahsiy javobgarlik vazirliklar va idoralarning, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rahbarlari zimmasiga yuklansin.

3. Belgilab qo'yilsinki, 2017 yilning 1 yanvaridan boshlab:

tadbirkorlik sub`Yektlarini rejadan tashqari tekshirishlarning barcha turlari bekor qilinadi, yuridik shahslar tugatilayotganida, shuningdek, jismoniy va yuridik shahslarning qonunchilik buzilganligi holatlari bo'yicha bergan murojaatlari asosida faqatgina Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi qaroriga muvofiq o'tkaziladigan qisqa muddatli tekshiruvlar bundan mustasno;

tadbirkorlik sub`Yektlari faoliyatini, shu jumladan, jinoyat ishlari doirasidagi muqobil tekshirishlarning barcha turlari bekor qilinadi;

moliya-ho'jalik faoliyatini amalga oshirishda birinchi marta huquqbuzarliklar sodir etgan tadbirkorlik sub`Yektlari va ularning hodimlari yo'l qo'yilgan qonunbuzarliklarni qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda ihtiyoriy ravishda bartaraf etgan va Yetkazilgan moddiy zararni qoplagan taqdirda (insonning sog'lig'i va hayotiga zarar Yetkazilgan holatlar bundan mustasno) ma`muriy va jinoiy javobgarlikdan, jarimalar va moliyaviy sanktsiyalar (penyadan tashqari) qo'llanilishidan ozod etiladilar;

noqonuniy tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog'liq huquqbuzarliklarni birinchi marta sodir etgan shahslar huquqbuzarlik aniqlangan kundan e`tiboran bir oy muddatda Yetkazilgan zararning o'rnini ihtiyoriy ravishda qoplagan, tadbirkorlik sub`Yekti sifatida ro'yhatdan o'tgan va ruhsat etuvchi zarur hujjatlarni rasmiylashtirgan taqdirda ma`muriy va jinoiy javobgarlikdan ozod etiladilar;

tadbirkorlik sub`Yektlariga nisbatan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish huquqidan mahrum qilish tarzidagi jinoiy jazo qo'llanilmaydi;

horijiy investitsiyalar ishtirokidagi yangidan tashkil etiladigan ishlab chiqarish korhonalariga ularni davlat ro'yhatidan o'tkazish vaqtida amalda bo'lgan soliq va boshqa majburiy to'lovlar stavkalarini (resurs va bojhona to'lovlari bundan mustasno) besh yil mobaynida qo'llash huquqi beriladi;

tadbirkorlik sub`Yektlari hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to'g'risida ariza bergan taqdirda davlat boji to'lashdan ozod etiladilar;

tadbirkorlik sub`Yektlarining eksport kontraktlarini davlat bojhona hizmati organlarida hisobga qo'yish borasidagi talab valyuta nazorati organlari tomonidan Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron ahborot tizimi orqali tashqi savdo kontraktlari nazorati va monitoringini saqlab qolish sharti bilan bekor qilinadi, bundan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tovarlar (ishlar, hizmatlar) eksportini rag'batlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi 1997 yil 10 oktyabrdagi PF-1871-son Farmonining 1, 2 va 4-ilovalarida nazarda tutilgan tovarlarni eksport qilish bo'yicha kontraktlar mustasno;

eksport qilinayotgan tovarlarning kelib chiqishi to'g'risidagi sertifikat ilgari huddi shunday tovar uchun aynan sertifikat olgan arizachiga bir ish kuni mobaynida beriladi.

4. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga quyidagi asosiy vakolatlarga ega bo'lgan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Tadbirkorlik sub`Yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakil institutini tashkil etish masalasini ko'rib chiqish tavsiya etilsin:

tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, tadbirkorlik sub`Yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish;

tadbirkorlik sub`Yektlarining faoliyati tekshirilayotganda ularni huquqiy qo'llab-quvvatlash;

tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risidagi qonun hujjatlari normalari va talablarining amalda ro'yobga chiqarilayotganligini o'rganish;

qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilishiga ta`siri samaradorligini baholash;

davlat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tadbirkorlik sub`Yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish.

5. O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Davlat soliq qo'mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga quyidagilarga yo'naltirilgan asoslangan takliflar kiritsinlar:

soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarni yig'ish harajatlarini kamaytirish, masofaviy nazoratni keng joriy etish va soliq to'lovchilarning huquqiy savodhonligini oshirishni ta`minlaydigan soliq ma`murchiligi sifati va samaradorligini yanada yahshilash;

respublikaning eksport salohiyati o'sishini, to'g'ridan-to'g'ri horijiy investitsiyalarni faol jalb etishni va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tashqi bozorda raqobatbardoshligini oshirishni rag'batlantiradigan valyutani tartibga solishning va valyutalar kursi siyosatining ilg'or bozor mehanizmlarini joriy etish;

tadbirkorlik sub`Yektlari faoliyati yuzasidan qisqa muddatli tekshirishlarni tayinlash va o'tkazishning aniq huquqiy asoslari hamda mezonlarini nazarda tutgan holda qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish;

tadbirkorlik sub`Yektlari faoliyatining kameral nazorati samaradorligini oshirish orqali tekshirishlarni o'tkazish soni va muddatlarini qisqartirish;

huquqbuzarliklarning oldini olish va qonunga itoatkor tadbirkorlik sub`Yektlarining barqaror faoliyati kafolatlarining asosiy mehanizmlaridan biri sifatida auditorlik tashkilotlari va soliq maslahatchilari ko'rsatayotgan hizmatlar sifati va taqdim etayotgan hulosalarining haqqoniyligi uchun javobgarlikni kuchaytirish yuzasidan ular faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirish;

bank faoliyatini tartibga solishning zamonaviy tamoyillari va mehanizmlarini joriy etish, davlat organlari tomonidan tijorat banklari faoliyatiga, birinchi navbatda, kredit siyosatiga ma`muriy aralashuvlarning oldini olish va ularga yo'l qo'ymaslik;

bankning samarali faoliyat ko'rsatishiga to'sqinlik qiluvchi g'ovlarni tugatish, shuningdek, mijozlarning o'z pul mablag'larini erkin tasarruf etish huquqi to'liq ro'yobga chiqarilishini ta`minlash.

6. O'zbekiston Respublikasi Davlat arhitektura va qurilish qo'mitasi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi, Sog'liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, «O'zstandart» agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda:

barcha tehnik talablarni (sanitariya, ekologiya, shaharsozlik normalari va qoidalari, yong'in havfsizligi qoidalari, standartlashtirishga doir normativ hujjatlar va tehnik normativlarni) hatlovdan o'tkazsin hamda ilg'or horijiy tajribani inobatga olgan holda samarasiz, eskirgan va bozor mehanizmlarining o'rnini egallab olgan normalarni bartaraf etadigan tegishli normativ hujjatlarni ishlab chiqsinlar va qabul qilsinlar;

tehnik jihatdan tartibga solish sohasidagi amaldagi normativ hujjatlardan moneliksiz va bepul foydalanish imkonini berish maqsadida ularning jahon Internet ahborot tarmog'idagi o'z rasmiy veb-saytlarida joylashtirilishi va doimiy yangilab borilishini ta`minlasinlar.

7. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy ho'jalik sudi, Bosh prokuraturasi, Moliya vazirligi va Adliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda:

nazorat qiluvchi organlarning tadbirkorlik sub`Yektlari va ularning hodimlariga nisbatan ma`muriy jazolarni qo'llash borasidagi funktsiya va vakolatlarini bosqichma-bosqich sud organlariga o'tkazish yuzasidan takliflar kiritsinlar;

iqtisodiy jinoyatlar sodir etish, shuningdek, tadbirkorlik sub`Yektlari faoliyatiga noqonuniy aralashish oqibatida Yetkazilgan zararni aniqlashning asoslangan yagona mezonlari va asoslarini ishlab chiqsinlar.

8. O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Oliy sud, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy havfsizlik hizmati hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:

fuqarolar va tadbirkorlarning, eng avvalo, davlat organlariga bo'lgan ishonchini mustahkamlashga, respublikaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga, shuningdek, korruptsiya tusidagi huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika qilishga qaratilgan «Korruptsiyaga qarshi kurashish to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini;

jinoyat to'g'risidagi qonun hujjatlarining tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog'liq normalarini yanada liberallashtirish bo'yicha takliflarni;

qonun hujjatlariga, eng avvalo, hususiy mulk dahlsizligini ta`minlashga, tadbirkorlik sub`Yektlari faoliyatiga asossiz aralashishga va ularning faoliyati to'htatib qo'yilishiga yo'l qo'ymaslikka qaratilgan, qo'zg'atilgan jinoyat ishlari bo'yicha moliya-ho'jalik faoliyati tekshiruvlarini (taftishlarni) tayinlash, o'tkazish va ularning muddatini uzaytirishning aniq protsessual tartibi belgilanishini nazarda tutuvchi o'zgartish va qo'shimchalar kiritish yuzasidan takliflarni belgilangan tartibda kiritsin.

9. O'zbekiston Respublikasi Oliy ho'jalik sudi tadbirkorlar huquqlarining sud orqali ishonchli himoya qilinishini, shaffoflik va holislikni ta`minlash maqsadida uch oy muddatda sud majlislariga audio va video qayd etish mehanizmlari bosqichma-bosqich joriy etilishini, shuningdek, qabul qilingan sud qarorlari veb-saytlarda joylashtirilishini nazarda tutuvchi dasturning ishlab chiqilishini ta`minlasin.

10. O'zbekiston Respublikasi Ahborot tehnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, Savdo-sanoat palatasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda tadbirkorlik sub`Yektlariga faqat davlat hizmatlari ko'rsatish bo'yicha yagona markazlar orqali «yagona darcha» tamoyili asosida ko'rsatiladigan davlat hizmatlari ro'yhatini kengaytirish yuzasidan takliflar kiritsin.

11. O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Ahborot tehnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda ruhsat berish tartib-taomillari, litsenziya berish va tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risidagi qonun hujjatlariga normativ-huquqiy hujjatlar qanchalik muvofiqligini tanqidiy o'rganish asosida Vazirlar Mahkamasiga eskirib qolgan va zamonaviy talablarga javob bermaydigan ruhsat beruvchi hujjatlarni bekor qilish hamda ruhsat berish tartib-taomillarining muddatlarini qisqartirish yuzasidan takliflar kiritsin.

12. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o'rinbosari, moliya vaziri R.S.Azimov va O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori I.B.AbdullaYev zimmalariga yuklansin.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн