Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Yevropada O'zbekistondagi prezident sayloviga bag'ishlangan mahsus ahborotnoma nashr etildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 85           Дата: 5-10-2016, 17:29          
Yevropada O'zbekistondagi prezident sayloviga bag'ishlangan mahsus ahborotnoma nashr etildi

Yevropaning Bel'giya davlatida oylik ahborot byulleteni Uzbekistan Profile nashrining mahsus soni chop etildi. U to'lig'icha O'zbekistonda joriy yilning dekabr' oyida bo'lajak prezidentlik sayloviga bag'ishlangan.

Nashr sahifalarida O'zbekistondagi Prezidentlik sayloviga tayyorgarlik ko'rish va o'tkazish hususida batafsil ahborot taqdim etilgan.

«Saylovlarni o'tkazish bo'yicha barcha tayyorgarlik va o'tkazish jarayoni saylov komissiyalari tomonidan O'zbekiston Konstitutsiyasiga to'la rioya etilgan holda, oshkora va ochiq tashkil etiladi. Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida saylov okruglari tashkil etilgan. Saylov uchastkalari va saylov okruglari to'g'risidagi ma`lumotlar OAVda e`lon qilinadi», – deya ta`kidlanadi byulletenda.

Ahborotnomada yozilishicha, saylovlarga tayyorgarlik ko'rish, bevosita ovoz berish kuni va ovozlarni sanash chog'ida har bir siyosiy partiya vakili, OAV vakillari va halqaro kuzatuvchilar ishtirok etishi ta`minlanadi.

Unda ta`kidlanishicha, halqaro va horijiy kuzatuvchilarning qatnashuvi, saylov jarayonining oshkoralik va ochiqlik qoidalarini yanada mustahkamlashga hizmat qiladi, deb yozadi jahonnews.uz sayti.

«Siyosiy partiyalar o'z nomzodini qo'llab-quvvatlash maqsadida ish joyi, ta`lim maskani, hizmatni o'tash joyi, insonlar turarjoylari va saylovoldi anjumanlarida imzo yig'ish huquqiga ega, nomzodni ilgari surish uchun kifoya qiladigan imzolar soni esa avvalgi besh foizdan bir foizga tushirilgan», ­– deb yozadi nashr.

Ahborotnomada MSKning tutgan o'rniga alohida e`tibor qaratilgan. Hususan, davlat tizimida alohida o'ringa ega bo'lgan MSKga Konstitutsion organ maqomi berilishi saylovlarning demokratik, shaffof va oshkora o'tishini ta`minlash hamda bu jarayonga boshqa davlat organlarining aralashmasligi garovi ekani ta`kidlangan.

Eslatib o'tamiz, Uzbekistan Profile ahborot byulleteni Yevroparlament deputatlari, YeIning boshqa institutlari vakillari, Bryusselda ro'yhatdan o'tgan halqaro tashkilotlar hamda Bel'giya siyosiy, ishbilarmon, ekspert va jamoatchilik doiralariga tarqatiladi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн