Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Saylov-2016: Bugunga qadar 500dan ortiq horijiy va milliy OAVning vakillari akkreditatsiyadan o'tdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 416           Дата: 5-10-2016, 16:28          
Saylov-2016: Bugunga qadar 500dan ortiq horijiy va milliy OAVning vakillari akkreditatsiyadan o'tdi

2016 yilning 4 oktyabr' kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo'yicha Respublika matbuot markazida Markaziy saylov komissiyasi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi bilan hamkorlikda “O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining ahamiyati” mavzusida davra suhbati o'tkazildi. Bu haqda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo'yicha Respublika matbuot markazi habar bermoqda.

Davra suhbatida Markaziy saylov komissiyasi a`zolari, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi tinglovchilari, huquqshunos olimlar, saylov huquqi bo'yicha ekspertlar hamda ommaviy ahborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Shu yilning 4 dekabr' kuni bo'lib o'tadigan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga jamiyatni isloh qilish va demokratlashtirish yanada chuqurlashgan, ijtimoiy faollik o'sgan, fuqarolarning mas`uliyati hamda ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy islohotlarga, siyosiy partiyalar, fuqarolik jamiyati institutlariga talabchanligi oshgan bir sharoitda tayyorgarlik ko'rilmoqda.

Tadbirda O'zbekistonda saylov umumiy, teng va to'g'ridan-to'g'ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo'li bilan ihtiyoriylik asosida ochiq va oshkora o'tkazilishi alohida qayd etildi. Hususan, “O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to'g'risida”gi Qonunga 2015 yilda kiritilgan o'zgartish va qo'shimchalarga binoan, saylovoldi tashviqoti nafaqat saylov kuni, balki ovoz berish boshlanishidan bir kun oldin ham olib borilmaydi.

Bugunga qadar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan 500dan ortiq horijiy va milliy ommaviy ahborot vositalarining vakillari akkreditatsiyadan o'tganligi fikrimizning yorqin dalilidir. O'zaro muloqot va fikr almashish shaklida o'tkazilgan tadbirda ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob olishdi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн