Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O'zbekiston yangi ish o'rinlari yaratish uchun Jahon bankidan 100 mln dollar kredit olmoqchi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 125           Дата: 5-10-2016, 10:51          
O'zbekiston yangi ish o'rinlari yaratish uchun Jahon bankidan 100 mln dollar kredit olmoqchi

O'zbekiston hukumati yangi ish o'rinlari yaratish uchun Jahon bankining 100 million dollar miqdoridagi mablag'ini jalb etishni rejalashtirgan. Bu haqda respublika iqtisodiyot vazirligi vakiliga asoslanib, RIA Novosti habar tarqatgan.

«Yangi ish o'rinlari yaratish uchun Jahon banki 100 million dollar miqdoridagi zayom ajratishi 2016-2020 yillarga mo'ljallangan hamkorlikning yangi strategiyasiga kiritilgan», — degan manba.

Iqtisodiyot vazirligi vakilining ma`lum qilishicha, joriy haftada Jan-Piter Olters rahbarligidagi bank delegatsiyasi va hukumat o'rtasida Jahon banki mablag'lari jalb etiladigan «Ish o'rinlarini kengaytirish va zamonaviy iqtisodiyot bilan bog'liq ko'nikmalarni kuchaytirish» loyihasining kontseptsiyasi muhokama etiladi. Delegatsiya bir qator vazirlik va muassasalar hamda tijorat banklari va Jahon bankining respublikadagi ijtimoiy hamkorlari bilan muzokaralar o'tkazadi.

Jahon bankining ijrochi direktorlari kengashi iyun' oyida O'zbekiston bilan 2016-2020 yillarga mo'ljallangan hamkorlikning yangi kontseptsiyasini tasdiqlagan va respublika uchun 3 milliard dollarga yaqin miqdordagi mablag'ni zahira qilib qo'ygandi.

«Yangi kontseptsiyaning strategik maqsadi — O'zbekiston hukumatini kelgusi 5 yil davomida yiliga 500 mingtagacha yangi ishlab chiqarish va muntazam ish o'rinlarini yaratishda qo'llab-quvvatlash hisoblanadi», — deya qayd etgan vazirlik vakili.

2015 yil ohirida O'zbekiston Senati 2016 yil uchun 993 mingta ish o'rni yaratish mo'ljallangan ish o'rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta`minlash dasturini ma`qullagandi. Bu ish o'rinlarining 148 mingtasi horijdan, hususan Rossiya Federatsiyasidan qaytgan mehnat muhojirlari uchun mo'ljallangan. Dasturda ko'rsatilishicha, ishsizlik 719 ming kishi darajasida saqlab qolinadi, bu mamlakatdagi mehnatga layoqatli aholining 5 foizdan ko'proqni tashkil etadi.

Rasmiy statistik ma`lumotlarga ko'ra, O'zbekistonda doimiy aholi soni 2016 yilning birinchi yarmida 0,7 foizga oshgan va 31,807 million kishiga Yetgan. Ishsizlar soni 723,6 ming kishini tashkil etgan (iqtisodiy faol aholining 5,2 foizlik qismi).

Turli baholarga ko'ra, bugungi kunda O'zbekiston chegaralaridan tashqarida mamlakatning 3-4 millionga yaqin fuqarosi (ishga layoqatli qatlamning uchdan bir qismi) mehnat qilmoqda.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031