Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Markaziy saylov komissiyasining onlayn majlisi bo'lib o'tdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 291           Дата: 4-10-2016, 08:14          
Markaziy saylov komissiyasining onlayn majlisi bo'lib o'tdi

2016 yilning 3 oktyabr' kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo'yicha Respublika matbuot markazida O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining majlisi bo'lib o'tdi. Videokonferentsaloqa shaklida o'tkazilgan majlisda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o'tkazuvchi okrug saylov komissiyalarining a`zolari, saylovda ishtirok etuvchi siyosiy partiyalar va ommaviy ahborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Bu haqda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo'yicha Respublika matbuot markazi habar bermoqda.

Markaziy saylov komissiyasi raisi M. Abdusalomov olib borgan majlisda mamlakatimizning horijiy davlatlardagi vakolathonalari huzurida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o'tkazuvchi saylov uchastkalarini tuzish masalasi, shuningdek, saylovga tayyorgarlik ko'rish bilan bog'liq boshqa masalalar ko'rib chiqildi.

“O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to'g'risida”gi qonunning 11-moddasiga muvofiq O'zbekiston Respublikasining horijiy davlatlardagi vakolathonalari huzurida saylov uchastkalari O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining taqdimnomasiga binoan Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tuziladi.

Shu munosabat bilan Markaziy saylov komissiyasi O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligining O'zbekiston Respublikasining horijiy davlatlardagi vakolathonalari huzurida saylov uchastkalarini tuzish to'g'risidagi taqdimnomasini ko'rib chiqib, mamlakatimizning horijiy davlatlardagi vakolathonalari huzurida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o'tkazuvchi 44 ta saylov uchastkasini tuzish hamda ularni 14-Toshkent shahar saylov okrugiga biriktirish to'g'risida qaror qabul qildi.

Majlisda siyosiy partiyalar tomonidan taqdim etiladigan imzo varaqalari to'g'ri to'ldirilganligini tekshirish bo'yicha Markaziy saylov komissiyasi huzurida ishchi guruhlari tuzish to'g'risida qaror qabul qilindi. Ishchi guruhlarining asosiy vazifasi “O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to'g'risida”gi qonunning 24²-moddasiga asosan belgilangan muddatda imzo varaqalari qonun talablariga muvofiqligi haqida hulosalar berishdan iboratdir.
Majlisda 2-Andijon va 12-Horazm okrug saylov komissiyalari raislarining O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlikning borishi haqidagi ahborotlari ham eshitildi.

Komissiya a`zolari Markaziy saylov komissiyasiga murojaat qilgan ommaviy ahborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan o'tkazish masalasini ham ko'rib chiqdilar. Ta`kidlanganidek, saylovga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish jarayonining ochiqligi va oshkoraligini ta`minlash, jamoatchilikni saylov kampaniyasining barcha bosqichlari hususida o'z vaqtida habardor qilishda ommaviy ahborot vositalari muhim o'rin tutadi. Shu vaqtga qadar mamlakatimiz va horijiy bosma hamda elektron ommaviy ahborot vositalarida saylov kampaniyasi bilan bog'liq ikki mingdan ziyod materiallar e`lon qilindi.

Majlisda Markaziy saylov komissiyasi vakolatiga taalluqli boshqa masalalar ham muhokama qilindi. Ko'rilgan masalalar yuzasidan Markaziy saylov komissiyasining tegishli qarorlari qabul qilindi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031