Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Shavkat MirziyoYev Sirdaryoda. Tumanlarda Yetishtirilgan pahtaning 70 foizi tumanlarning o'zida qayta ishlanadi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 304           Дата: 4-10-2016, 16:40          
Shavkat MirziyoYev Sirdaryoda. Tumanlarda Yetishtirilgan pahtaning 70 foizi tumanlarning o'zida qayta ishlanadi

O'zbekiston Prezidenti v. b., bosh vazir Shavkat MirziyoYev shanba kuni Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurdi hamda mazkur hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi holati bilan yaqindan tanishdi. Ushbu safarga bag'ishlangan telereportaj «O'zbekiston» telekanalining «Ahborot» dasturida namoyish etildi.

Dastlab, Shavkat MirziyoYev mintaqadagi eng yirigi bo'lmish Shirin shahrida joylashgan, O'zbekiston energetika tizimining markaziy qismida iste`molchilarni elektr bilan ta`minlovchi asosiy manba hisoblanadigan Sirdaryo IESga borgan.

1972-80 yillarda qurilib, 1981 yili foydalanishga topshirilgan Sirdaryo IES har birining quvvati 300 megavattga teng bo'lgan 10ta energoblokdan iborat (umumiy quvvati – 3050 megavatt). Stantsiya har yili respublikaning yagona energetika tizimiga 16,1 milliard kilovatt-soat yoki O'zbekistonda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyaning 32 foizini beradi.

Tashrif chog'ida Shavkat MirziyoYev mutahassislar bilan mavjud energobloklarni tehnik qayta ta`mirlash hisobidan IES quvvatlarini oshirish masalalarini muhokama qilgan. IES ishi samaradorligini darajada oshirish va ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi tannarhini tushirish bo'yicha vazifalar belgilab berilgan. Iste`mol qilingan energiya haqining vaqtida to'lanishiga erishish uchun elektr energiyani hisoblashni avtomatlashtirishni joriy qilish masalasiga alohida e`tibor qaratilgan.

Shavkat MirziyoYev viloyat markazi Guliston shahrida, 1 oktyabr' kuni ishga tushirilgan «Guliston Medtehnika» O'zbekiston–Britaniya qo'shma korhonasiga tashrifni amalga oshirgan. Qo'shma korhona uchun 7,3 million AQSh dollari investitsiya kiritilgan, u Janubiy Koreya uskunalari bilan jihozlangan. Korhona yiliga 216 million dona bir martalik shprits va 26 million infuzion tizimlar chiqaradi. Korhona mahsulotlari ham ichki, ham tashqi (MDH mamlakatlariga) eksport qilinishi rejalashtirilgan.

Prezident vazifasini bajaruvchi Gulistondagi kam ta`minlangan oilalar uchun zamonaviy ko'p qavatli turar joylar qurish loyihalari bilan ham tanishib chiqqan. Bu majmualar tegishli ijtimoiy infrastrukturaga ega bo'lishi kutilmoqda.

Keyin esa Shavkat MirziyoYev Guliston tumanidagi pahta dalalarida bo'lib, fermerlar bilan suhbatlashgan. Suhbat chog'ida bosh vazir pahta Yetishtiruvchi barcha tumanlarda Yetishtirilgan 70 foizi tumanlarning o'zida qayta ishlanishi rejasi mavjudligi haqida aytib o'tgan.

«Biz qaror tayyorlayapmiz. Pahta Yetishtiradigan har bir tuman o'zi Yetishtirgan pahtaning 70 foizini qayta ishlaydi. Fabrikalar quramiz. Buyum chiqariladigan, tayyor mahsulotlar ishlab chiqariladigan. Fermerlar bu tekstil' kombinatlarining ishtirokchilari bo'ladi. Keladi shu kunlar. Avval fermerlik bo'lmaydi derdik, keldiku bu kunlar. Hamma Yerga borib odamlar bilan gaplashishdan maqsadimiz bitta - halqimizning tinchligini ta`minlash. Prezidentimiz yaratib bergan nurli yo'ldan hech qachon og'ishmaymiz, shu yo'lda davom etamiz. Hech kim bizni bu yo'ldan bura olmaydi, hech qachon sinmaymiz. Prezidentimiz har kuni yonimizda turgandek, maslahat berib turgandek. Halqimiz rozi bo'lsa, prezidentimizning niyatlari amalga oshadi, biz butun vujudimiz bilan shunga harakat qilamiz», — degan u.

Shuningdek, hududda kam ta`minlangan oilalar uchun uylar qurish masalasi muhokama qilingan. Qayd etib o'tilishicha, imtiyozli kreditlar, shuningdek, mahalliy hom ashyodan foydalanilishi uy-joyning arzonligini ta`minlaydi. Rejaga ko'ra, bir, ikki va uch qavatlik yangi uy-joy majmualari har bir qishloq tumanida paydo bo'lishi ko'zda tutilgan.

Shavkat MirziyoYevning sirdaryolik faollar bilan uchrashuvida Guliston tumani misolida viloyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining kompleks dasturi ko'rib chiqilgan. Fuqarolar turmush tarzini yahshilash masalalariga alohida e`tibor qaratilgan. Bu maqsadga shahar va tumanlarning uy-joy, muhandislik-kommunikatsion va sotsial infrastrukturalar qurish, shuningdek obodonlashtirish va yashillashtirishni ko'zda tutuvchi istiqbolli bosh rejalari realizatsiyasi evaziga erishish ta`kidlab o'tilgan.

Bundan tashqari, viloyatning eksport salohiyatini oshirish, yangi sanoat ishlab chiqarishlarini tashkil etish, pahta hom-ashyosini va kechki ekinlarni o'z vaqtida terib olish hamda sotsial infrastrukturani kuzgi-qishki mavsumga tayyorlash masalalari muhokama qilingan.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн