Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

YeHHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo'yicha byurosi O'zbekistonga Ehtiyojlarni baholash missiyasini yuboradi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 94           Дата: 1-10-2016, 13:42          
YeHHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo'yicha byurosi O'zbekistonga Ehtiyojlarni baholash missiyasini yuboradi

O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi taklifiga muvofiq Yevropada havfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeHHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari bo'yicha byurosi Ehtiyojlarni baholash missiyasini (EBM) O'zbekistonga yuborishga qaror qildi. Missiyaning mamlakatimizga tashrifi mobaynidagi vazifalari hususida O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi matbuot hizmati rahbari Nizomiddin Nurmatov bilan suhbat uyushtirildi.

- Halqaro kuzatuv institutining o'rni nimadan iborat va kuzatuvni amalga oshirish qanday mehanizmlari mavjud?

- Saylovlarning halqaro kuzatuvi instituti ochiqlik va oshkoralikni ta`minlashga, saylov jarayoni nufuzi ortishiga, shuningdek, demokratik saylov o'tkazish masalalari bo'yicha tajriba va ahborot almashishga hizmat qiladi.

YeHHT makonida saylovlarning halqaro kuzatuvi instituti YeHHK Konferentsiyasi yakunlari bo'yicha 1990 yil iyunda qabul qilingan Kopengagen hujjatida nazarda tutilgan. 1990 yil noyabrda Parijda bo'lib o'tgan YeHHK Konferentsiyasida ishtirok etuvchi davlatlar “Yangi Yevropa uchun Parij hartiyasi” yakuniy hujjati qabul qilinib, shtab-kvartirasi Varshava shahrida joylashadigan “Ishtirok etuvchi davlatlardagi saylovlarda aloqalar va ahborot almashuviga sharoit yaratish uchun erkin saylovlar byurosi”ni tashkil etish majburiyatini o'z zimmalariga oldilar. 1992 yilda bu tashkilot “Demokratik institutlar va inson huquqlari bo'yicha byuro” deb nomlana boshladi va uning vazifalari inson huquqlariga aloqador boshqa sohalarga ham kengaytirildi.

O'tgan davr mobaynida YeHHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo'yicha byurosi YeHHTga 57ta a`zo davlatlarning barchasida 300dan ziyod saylovning kuzatuvini amalga oshirdi. Ularning 170 dan ortig'i parlament, 77 tasi - prezident saylovlari, shuningdek, 60 ga yaqin referendum va mahalliy hokimiyat organlari saylovlaridir. Ko'rsatib o'tilgan missiyalar tarkibida YeHHTga barcha a`zo davlatlar, shu jumladan O'zbekistondan 50 mingdan ziyod ekspertlar ishtirok etdi.

2013-2016 yillarda YeHHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo'yicha byurosi Rossiya, Finlyandiya, Germaniya, AQSh, Chehiya, Slovakiya, Frantsiya, Buyuk Britaniya, Ozarbayjon, Qozog'iston kabi mamlakatlardagi parlament va prezident saylovlarida ham kuzatuvlarini amalga oshirdi.

O'zbekiston saylov qonunchiligi horijiy mamlakatlar, halqaro tashkilotlar va harakatlar vakillarining O'zbekiston Respublikasi saylovlarida kuzatuvchilar sifatida ishtirok etishi imkoniyatini nazarda tutadi. Hususan, ularga saylovga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish bilan bog'liq barcha tadbirlarda, shuningdek, saylov kuni ovoz berish honalarida hamda ovozlarni sanab chiqishda ishtirok etish huquqi berilgan. Ya`ni kuzatuv saylov jarayonining barcha bosqichlarini qamrab oladi. Ushbu holat halqaro amaliyotda kam uchraydigan majburiyat hisoblanadi.

O'zbekiston saylovlarini kuzatish uchun nafaqat YeHHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo'yicha byurosini, balki ShHT Kotibiyati, MDH Ijroiya qo'mitasi, Islom hamkorlik tashkiloti, Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi kabi nufuzli halqaro tashkilotlarni, shuningdek, Yevropa, MDH, Amerika, Afrika hamda Osiyo va Tinch okeani mintaqsi mamlakatlaridan ko'plab ekspertlarni ham taklif qiladi.

– YeHHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo'yicha byurosi O'zbekistonga Ehtiyojlarni baholash missiyasini (EBM) yubormoqda. Uning mamlakatimizdagi faoliyati asosiy maqsadi nimadan iborat?

– YeHHT DIIHBning 2010 yilda chop etilgan Saylovlarni kuzatish bo'yicha qo'llanma qoidalariga muvofiq YeHHTga a`zo davlatga Ehtiyojlarni baholash missiyasi saylov arafasida saylovoldi vaziyatni va saylovga tayyorgarlik borishini baholash, saylov komissiyalari ishi tashkil qilinishi, saylov o'tkazishga aloqador davlat organlari, siyosiy partiyalar, OAVning saylovoldi jarayonidagi faoliyati bilan tanishish uchun yuboriladi. Missiya saylov bo'yicha milliy qonunchilik umume`tirof etilgan halqaro standartlarga muvofiqligini tahlil etadi.
Ushbu missiyaning hulosalari asosida YeHHT DIIHB saylovni kuzatish, uning shakli, davomiyligi va kuzatuvchilarning zarur soni to'g'risida qaror qabul qiladi.

– O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish jarayonida halqaro kuzatuvchilarning ishtirokidan nimalar kutilmoqda?

– Halqaro kuzatuvchilar ishtiroki, shuningdek, ularning saylov kuzatuvi natijalari bo'yicha bergan taklif va tavsiyalari saylov qonunchiligi va amaliyotni sohaga doir umume`tirof etilgan me`yor va standartlarga muvofiq yanada takomillashtirish imkonini beradi.
Yangi normalarga binoan Markaziy saylov komissiyasi boshqa davlatlar, halqaro tashkilotlar va harakatlardan kuzatuvchilarga mandatlar beradi. Bundan tashqari, saylov uchastkalari qamoqda saqlash joylarida ham tashkil etilishi mumkin.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi qonunchiligini takomillashtirishga qaratilgan o'zgartishlarning muhim o'ziga hosligi quyidagilarda ko'rinadi. Davlat rahbari lavozimiga nomzodni ko'rsatish uchun zarur imzolar miqdori saylovchilar umumiy sonining 5 foizidan bir foizga kamaytirildi. Bu Yevropa Ittifoqining saylov masalalari bo'yicha Venetsiya komissiyasining tegishli amaliyot kodeksi tavsiyalariga mos keladi.

Shuningdek, saylovoldi tashviqoti tushunchasi, uni o'tkazish turlari, shakllari va usullari mustahkamlab qo'yilganligi, saylovoldi tashviqotiga nafaqat saylov kuni, balki ovoz berish boshlangunga qadar bir kun oldin ham yo'l qo'yilmasli, muddatdan oldin ovoz berish tartibi belgilandi. Muddatidan oldin ovoz berish saylovga 10 kun qolganida boshlanadi va saylovga bir kun qolganida tugallanadi.

Mehribon Mametova suhbatlashdi

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн