Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Deputatlar aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlashga qaratilgan yangi qonun loyihasini ko'rib chiqdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 139           Дата: 30-09-2016, 20:20          
Deputatlar aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlashga qaratilgan yangi qonun loyihasini ko'rib chiqdi

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo'lib o'tdi. Deputatlar tomonidan “Keksalar, nogironlar va aholining boshqa ijtimoiy hojatmand toifalariga ijtimoiy hizmatlar to'g'risida”gi qonun loyihasi birinchi o'qishda ko'rib chiqildi.

Dastavval Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraktsiyalarining hamda O'zbekiston Ekologik harakati deputatlar guruhining yig'ilishlari o'tkazilib, ularda quyi palata majlisining kun tartibiga kiritilgan masalalar dastlabki tarzda ko'rib chiqilgan edi.

Vazirlar Mahkamasi tomonidan qonunchilik tashabbusi tartibida kiritilgan mazkur qonun loyihasi aholining hojatmand toifalariga ko'rsatiladigan ijtimoiy hizmatlarning huquqiy asoslarini takomillashtirish, ijtimoiy hizmatlar ko'rsatishning umumiy talablari va asosiy yo'nalishlarini belgilash, shuningdek, ushbu sohada davlat va nodavlat tashkilotlarining rolini oshirish, ijtimoiy himoya sohasi tizimidagi asosiy tushunchalarni belgilashga qaratilgan.

Ta`kidlash joizki, mamlakatimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj shahslarga ijtimoiy hizmatlar ko'rsatishning kompleks tizimi yaratilganligi ta`kidlandi. Shuningdek, bugungi kunda aholiga ijtimoiy hizmatlar ko'rsatish jarayoni bir qator qonunlar va qonunosti hujjatlari bilan ham tartibga solib kelinmoqda. Shu bilan birga, amaldagi qonun hujjatlarini tahlil qilish ijtimoiy hizmatlar ko'rsatilishini tashkil etishga tizimli yondashuv talab etilishini ko'rsatdi. Ko'rib chiqilgan qonun loyihasi aynan shu maqsadga hizmat qiladi.

– Sotsial-iqtisodiy islohotlar chuqurlashayotgan va ijtimoiy-siyosiy hayot modernizatsiyalashayotgan sharoitlarda keksalar, nogironlar va aholining boshqa ijtimoiy hojatmand toifalariga ko'rsatiladigan ijtimoiy hizmatlarning imkon qadar manzilli bo'lishini qonun hujjatlari bilan mustahkamlash maqsadga muvofiq hisoblanadi, – deydi Fan, ta`lim, madaniyat va sport masalalari qo'mitasi a`zosi Nodir Muhtorov. – Qonun loyihasi dolzarb va muhim ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lib, aholining hojatmand toifalari manfaatlarini qonun hujjatlari bilan mustahkamlash, ularga ko'rsatiladigan moddiy va ma`naviy ko'makning sifatini oshirish, ushbu sohadagi davlat siyosatining yo'nalishlarini aniq belgilab olish imkonini beruvchi yahlit hujjat hisoblanadi. Shunday qilib, qonun loyihasi aholi muayyan qatlamlarini ijtimoiy himoya qilishning huquqiy asosi bo'lib hizmat qiladi. Qonun loyihasida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, ularni aniqlash mezonlari, ko'rsatilishi mumkin bo'lgan ijtimoiy hizmatlar aniq belgilanadi. Bu davlat byudjYetidan ajratiladigan mablag'larning maqsadli yo'naltirilishini va, zarur bo'lganda, aholi tegishli guruhlarining joriy ehtiyojlariga qarab mablag'lar qayta taqsimlanishini ta`minlaydi.

Deputatlarning fikriga ko'ra, mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi, ijtimoiy hizmatlar ko'rsatish monitoringini olib borish va baholash mehanizmlarining belgilab olinishi ijtimoiy himoya tizimining jamoatchilik nazorati uchun ochiq bo'lishiga imkon beradi, fuqarolik jamiyati institutlarining yanada rivojlanishiga ko'maklashadi, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari rolini oshiradi. Qonun loyihasida nazarda tutilgan idoralararo hamkorlik va ijtimoiy sheriklik mamlakatimizda ijtimoiy hizmatlar ko'rsatuvchilarning to'liq ro'yhatini tuzish uchun asos yaratadi.

Qonun loyihasini ko'rib chiqish chog'ida bir qator horijiy mamlakatlarning aholi hojatmand qatlamlariga ijtimoiy hizmatlar ko'rsatish sohasidagi ilg'or tajribasiga e`tibor qaratildi.

Qonun loyihasining asosiy qoidalari har tomonlama muhokamadan so'ng ma`qullandi va deputatlar qonun loyihasini birinchi o'qishda qabul qildilar. Fan, ta`lim, madaniyat va sport masalalari qo'mitasiga kelib tushgan takliflarni inobatga olgan holda qonun loyihasini keyingi o'qishga tayyorlash topshirildi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн