Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Shavkat MirziyoYev o'qituvchi va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 220           Дата: 30-09-2016, 19:28          
Shavkat MirziyoYev o'qituvchi va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

O'zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat MirziyoYevning mamlakat o'qituvchi va murabbiylariga bayram tabrigini yo'lladi. Tabrik matni 30 sentyabr', juma kuni O'zA tomonidan e`lon qilindi.

Qadrli ustoz va murabbiylar!

Avvalambor, dunyodagi eng ulug' va sharafli kasb egasi bo'lgan siz, azizlarni bugungi qutlug' ayyom – O'qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan tabriklab, barchangizga o'zimning ezgu tilaklarimni izhor etaman.

Ushbu sana bundan 19 yil oldin O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, buyuk Yurtboshimiz Islom Abdug'aniYevich Karimov tashabbusi bilan el-yurtimizning sizlarga bo'lgan yuksak hurmat-ehtiromining amaliy ifodasi, umumhalq bayrami sifatida ta`sis etilganini albatta hammamiz yahshi eslaymiz.

Mamlakatimizda sog'lom va barkamol avlodni voyaga Yetkazishni kelajagi buyuk O'zbekistonni barpo etishning eng muhim sharti deb bilgan, sizlarga o'zining eng yaqin maslakdoshlari sifatida katta ishonch va hurmat bilan qaragan Yurtboshimizning o'zlari ham barchamiz uchun mehribon ustoz, talabchan murabbiy edilar.

Islom Abdug'aniYevich Vatanimizni buyuk muhabbat bilan sevish, halqimizga sadoqat bilan hizmat qilish, bu yo'lda bor bilim va tajribamiz, butun borlig'imizni safarbar etish borasida biz uchun yuksak ibrat maktabini yaratib ketdilar.

Jahon hamjamiyatida «o'zbek modeli» deb tan olingan taraqqiyot strategiyamizning ajralmas qismi bo'lgan zamonaviy ta`lim-tarbiya tizimiga asos solgan, bu sohani davlat siyosatining ustuvor yo'nalishi darajasiga ko'tarib, uning rivojlanish yo'llarini aniq belgilab bergan, «Butun O'zbekiston bolalari – mening aziz farzandlarim» deb ularni hamisha e`zozlagan Islom Abdug'aniYevich Karimovning o'lmas tarihiy hizmatlarini bugungi va kelgusi avlodlar doimo chuqur minnatdorlik bilan yodga oladi.

Ulug' ustozimizning ezgu g'oya va vasiyatlari asosida ta`lim va tarbiya sohasidagi tub islohotlarni yuksak bosqichga ko'tarish, mamlakatimizning taqdiri va kelajagi uchun mas`uliyatni o'z zimmasiga olishga qodir bo'lgan yangi avlod kadrlarini voyaga Yetkazishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish hammamizning nafaqat vazifamiz, balki muqaddas burchimiz bo'lib, biz bu yo'lda birinchi navbatda siz, azizlarga, sizlarning bilim va malakangiz, tajriba va mahoratingizga tayanamiz.

Aziz do'stlar!

Sizlarning yoshlarimiz qalbi va ongiga ona Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg'usini singdirish, ularni turli tahdidlardan asrash, komil inson etib voyaga Yetkazish yo'lidagi beqiyos hizmatlaringizni barcha ota-onalar, jamoatchiligimiz, butun halqimiz yahshi biladi va yuksak qadrlaydi.

Ayni paytda bugungi kunda oldimizda yanada muhim va dolzarb vazifalar turganini hammamiz yahshi tushunamiz. Shu borada ilm-fan va ta`lim-tarbiya sohasining moddiy-tehnik bazasini yanada mustahkamlash, uning nafaqat davr bilan hamohang bo'lishini, balki zamondan oldinda yurishini ta`minlash, pedagog kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashning ilg'or usullaridan keng foydalanish, bu ishlarni horijdagi nufuzli markazlar bilan hamkorlikda olib borish, sohaga zamonaviy tehnologiyalarni joriy etish, o'qituvchi va domlalarning mashaqqatli va mas`uliyatli mehnatini har taraflama rag'batlantirish bilan bog'liq vazifalarni amalga oshirish, qisqa qilib aytganda, hayotimizga katta kuch bo'lib kirayotgan yangi avlodimizni kamol toptirish uchun davlatimiz tomonidan barcha imkoniyatlar safarbar etiladi.

Muhtaram ustoz va murabbiylar!

Siz, azizlarni 1 oktyabr' – O'qituvchi va murabbiylar kuni bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, honadonlaringizga fayzu baraka, hayotda va mehnat faoliyatingizda baht va omadlar yor bo'lishini tilayman.

Shavkat MirziyoYev,
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti
vazifasini bajaruvchi

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031