Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O'zbekistonda tibbiyot tashkilotlari tuzilmasi optimallashtiriladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 107           Дата: 29-09-2016, 20:02          
O'zbekistonda tibbiyot tashkilotlari tuzilmasi optimallashtiriladi

O'zbekiston hukumati 10 sentyabr' kuni 2016−2020 yillarda tibbiyot tashkilotlari tuzilmasini yanada optimallashtirish va sog'liqni saqlash tizimi tibbiyot hodimlari mehnatiga haq to'lash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi qarorni e`lon qildi.

Hujjatda ayrim tibbiyot tashkilotlarini tuman (shahar) tibbiyot birlashmalariga va mintaqaviy ko'p tarmoqli tibbiyot markazlariga qo'shish (30 ta muassasaga taalluqli), ularga tegishli funktsiyalarni va shtatdagi hodimlar sonini berish, qayta tashkil etish va tugatish yo'li bilan ayrim tibbiyot tashkilotlarini optimallashtirish, sil kasalliklariga qarshi muassasalar binolarini rekonstruktsiya qilish tugallanishiga ko'ra ularning koykalar fondini qisqartirish (6592 tadan 1450 taga), ayrim tibbiyot tashkilotlarida to'lov asosida tibbiy hizmatlar ko'rsatishdan tushadigan byudjYetdan tashqari mablag'lar hisobiga ta`minlanadigan koykalar fondi ulushini va bemorlarni qabul qilish quvvatlarini bosqichma-bosqich ko'paytirish ko'zda tutilgan.

Yaqin muddatlarda tibbiyot tashkilotlarining yangilangan shtat normativlari tasdiqlanadi. Ularda markaziy tuman (shahar) ko'p tarmoqli poliklinikalari, «tez tibbiy yordam» hizmatlari, qon quyish bo'limlari, shuningdek davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari tibbiyot hodimlarining ish yuklamasi normalarini, ularning zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlanganligi darajasi bilan bog'lab, diagnostika, davolash va laboratoriya tadqiqotlarining ilg'or tehnologiyalari va metodlari joriy etilishini hisobga olgan holda qayta ko'rib chiqiladi.

Shuningdek, shifokor nazoratini kecha-kunduz davomida tashkil etish hisobiga, hizmat ko'rsatiladigan kontingent hususiyatidan kelib chiqqan holda, mazkur tashkilotlar uchun qo'shimcha ravishda 246 nafar vrach hamda 149 nafar o'rta va kichik tibbiyot hodimi lavozimlari ajratib, tibbiy-ijtimoiy muassasalar tomonidan ko'rsatiladigan tibbiy yordam kuchaytiriladi.

«Gazeta.uz» habariga ko'ra, 1 dekabrga qadar 2000 aholi hisobiga 1,5 lavozim birligi shtat normatividan kelib chiqqan holda qishloq vrachlik punktlarini va oilaviy poliklinikalarni patronaj hamshiralar bilan qo'shimcha ravishda to'ldiriladi.

Tibbiyot tashkilotlari tuzilmasini optimallashtirish natijasida bo'shaydigan mablag'lar tibbiy-ijtimoiy muassasalarda qo'shimcha hodimlar sonini joriy etish bo'yicha harajatlarni qoplash, tibbiyot tashkilotlarining dori-darmon preparatlari va reaktivlar, inventarlar, sarflash materiallari va uskunalarga ehtiyot qismlar bilan ta`minlanganligini yahshilash, takomillashtirilgan tarif setkasi bo'yicha mehnatga haq to'lash razryadlarini, shuningdek alohida mehnat sharoitlari uchun qo'shimcha haq va tarif stavkalariga (lavozim maoshlariga) har oylik mahsus ustamalar miqdorlarini oshirish hisobiga tibbiyot tashkilotlari hodimlarining ayrim toifalari ish haqini oshirishga yo'naltiriladi.

Qo'shimcha ravishda hozirda amalda bo'lgan Sog'liqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot muassasalarida aholiga ko'rsatilayotgan tibbiy hizmat tariflarini shakllantirish tartiblarini qayta ko'rib chiqish rejalashtirilgan.

Respublika akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Nukus, Jizzah, Qarshi, Namangan shaharlaridagi filiallari hamda hududiy perinatal markazlarini qayta tashkil etish yo'li bilan onalar va yangi tug'ilgan go'daklarga ko'rsatilayotgan tibbiy hizmat samaradorligi va sifatini oshirish belgilangan.

O'zbekistonning barcha hududlaridagi bolalar stomatologiya poliklinikalari hamda hizmat ko'rsatilayotgan aholi soni 30 ming fuqarodan ziyodni tashkil etuvchi shahalarda yangi oilaviy poliklinikalarni tuzish yo'li bilan oilalarga va bolalarga tibbiy hizmat ko'rsatishni kuchaytirish ko'zda tutilgan.

Bundan tashqari, Salomatlik va tibbiyot statistikasi instituti bazasida sog'liqni saqlash tashkilotlari tizimini takomillashtirish, tibbiy hizmatlar samaradorligi va sifatini oshirish, aholi salomatligi holati monitoringi va tahlilini yuritish, tibbiyot sohasini rivojlantirish istiqbollarini tahlil qilish masalalarini o'rganish bo'yicha zamonaviy ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн