Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Inha universiteti talabalari Janubiy Koreyadagi matematika festivalida ishtirok etishdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 185           Дата: 29-09-2016, 19:28          
Inha universiteti talabalari Janubiy Koreyadagi matematika festivalida ishtirok etishdi

Toshkent shahridagi Inha universiteti(IUT)ning talabalari Janubiy Koreyaning Chedju viloyatida o'tkazilgan matematika festivalida O'zbekiston vakili sifatida ishtirok etishdi.

IUT talabalari Muhriddin Ismoilov va Ulug'bek AbdullaYev festivalda “O'zbekistonda matematika madaniyati” (Math Culture of Uzbekistan) nomli mahsus stend bilan qatnashishdi. Mazkur stend o'tgan o'quv yilida IUTda dars bergan professor Park Jinam tomonidan tayyorlangan edi.

Inha universiteti saytida ma`lum qilinishicha, professor Park Jinam O'zbekistonning matematika sohasidagi boy merosining katta muhlisi hisoblanadi. O'zbekistonda ishlagan davrida u arhitektura binolari va ularning qurilish uslublarini diqqat bilan o'rgandi. Mazkur binolarni qurgan va bezatgan ustalar turli matematik va geometrik shakllardan foydalanishgan. Shuningdek, professor Park 2016-yilning yanvar' oyida katta muvaffaqiyat bilan o'tkazilgan “Ajoyib matematika” festivalining tashabbuskorlaridan biri edi.

Qayd etib o'tish kerakki, Muhriddin Ismoilov va Ulug'bek AbdullaYev o'qishdagi a`lo baholari hamda “Ajoyib matematika” festivalida ko'ngillilar sifatida qatnashib, Chedju viloyatida tashkil etiladigan tadbirda ishtirok etish huquqini qo'lga kiritishgan edi.

IUT talabalari O'zbekistondagi tarihiy va zamonaviy binolarning suratlarini tayyorlashdi. Shuningdek, binolarning tarihi va geometrik shakllar to'g'risida ma`lumotlar taqdim etildi.

Ulug'bek AbdullaYev qayd etdi: “Festival' yuqori saviyada o'tdi. Unda turli mavzularni qamrab olgan ko'pgina stendlar taqdim etildi. Bizning stend barchada katta qiziqish uyg'otdi, buni stendimiz oldida to'plangan muhlislardan ham bilib olsa bo'lardik. Ularning orasida o'qituvchi va professorlar, talabalar, ko'ngillilar, matematika ishqibozlari va boshqalar bor edi. Ular stendimizda taqdim etilgan O'zbekistonning madaniy merosiga katta qiziqish bildirishdi”.

“Mazkur festivalda qatnashganim judayam foydali bo'ldi. Bu Yerda yangi insonlar bilan tanishdim va ko'pgina do'stlar orttirdim. Shuningdek, matematika bo'yicha o'z bilimimni, muomala madaniyatimni yahshilab, dunyoqarashimni kengaytirib oldim. Mana shunday ihtirochilik va ijodkorlik festivalida qatnashish imkoniyatini yaratib bergani uchun IUTga o'z minnatdorchiligimni bildiraman”, - dedi AbdullaYev.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн