Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O'zbekiston Prezidentligiga nomzodlarda teng imkoniyatlar mavjudligiga ishonch bildirildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 142           Дата: 29-09-2016, 17:05          
O'zbekiston Prezidentligiga nomzodlarda teng imkoniyatlar mavjudligiga ishonch bildirildi

Shanhay halqaro tadqiqotlar universiteti qoshidagi Markaziy Osiyo davlatlari tadqiqot markazida joriy yilning 4 dekabrida bo'lib o'tadigan O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylovlarga bag'ishlangan brifing bo'lib o'tdi. Bu haqda "Jahon" ahborot agentligi habar bergan.

Tadbirda Hitoy ekspert-akademik davrasi vakillari, shuningdek, ShHTU o'zbek tili kafedrasi mutahassislari ishtirok etgan. Brifing davomida ishtirokchilar saylovlarni o'tkazish bo'yicha faol saylovoldi kampaniyasi boshlangani, kuzatuvchilarning, davlat rahbarligiga o'z nomzodlarini ilgari surgan siyosiy partiyalarning bu jarayondagi majburiyatlaridan habardor bo'lishdi.

Brifing ishtirokchilari O'zbekistondagi Prezidentlik saylovlari borasidagi fikrlari bilan o'rtoqlashishdi.

Agentlik ulardan ba`zilarini keltirgan.

"2014-2015 yillardagi parlament va prezidentlik saylovlari monitoringida ishtirok etgan universitetimiz ekspertlari saylov jarayoniga jalb etilgan barcha tuzilmalarning aniq faoliyati, saylov tizimining umume`tirof etilgan halqaro me`yorlarga to'liq mos kelishiga shahsan ishonch hosil qilishgan.

Ishonchim komilki, navbatdagi prezidentlik saylovlari ham shaffof muhitda o'tadi, barcha nomzodlarga teng sharoitlar yaratiladi", — degan ShHTU partiya qo'mitasi kotibi Tszyan Fen.

Shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari tadqiqot markazi direktorining o'rinbosari Yan Bo ham o'z fikrlarini bildirib o'tgan.

"Mustaqillik yillari davomida O'zbekistonda ulkan o'zgarishlar yuz berdi. Mamlakatda barqaror iqtisodiy o'sish va makroiqtisodiy barqarorlik kuzatilmoqda. Keng miqyosdagi obodonlik ishlari hamda shahar va qishloqlar qiyofasini tabiat chiroyini saqlab qolgan holda zamonaviy inshootlar qurish orqali o'zgartirish ishlari olib borilmoqda.

Har qanday rivojlangan demokratik davlatda bo'lgani kabi O'zbekistonda ham bo'lajak saylovlarda barcha siyosiy partiyalar vakillarining ishtirok etishlari ushbu jarayonning barcha ishtirokchilariga bir hil sharoit yaratish qoidasiga qat`iy amal qilinganligidan dalolat beradi. Aminmanki, bu safar ham barcha nomzodlar saylovoldi kampaniyasi jarayonida ommaviy ahborot vositalaridan foydalanishda teng imkoniyatlarga ega bo'lishadi. Hususan, saylovchilarni mamlakatni ijtimoiy-siyosiy hamda iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo'yicha o'z qarash va harakat yo'nalishlarini qamrab olgan saylovoldi dasturi bilan tanishtirish uchun bir hil hajmda efir vaqti va chop etish maydoni ajratiladi.

Avvalgi saylovlarda davomat yuqori bo'lgani respublika fuqarolarining davlatchilikni mustahkamlash, kuchli parlamentarizm institutini shakllantirish yo'lida o'z hissalarini qo'shish istaklari hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarni qo'llab-quvvatlashga bo'lgan yuqori hohishlarini ko'rsatib bergandi. Saylovni muvaffaqiyatli ravishda o'tkazib olishni tilayman", degan u.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031