Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O'zbekiston Prezidenti saylovi horijdagi ijtimoiy-siyosiy, ishbilarmon va ilmiy-akademik doiralarda muhokama qilinmoqda

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 111           Дата: 29-09-2016, 11:25          
O'zbekiston Prezidenti saylovi horijdagi ijtimoiy-siyosiy, ishbilarmon va ilmiy-akademik doiralarda muhokama qilinmoqda

Ayni kunlarda joriy yil 4 dekabr' kuni mamlakatda bo'lib o'tadigan O'zbekiston Prezidenti saylovlariga qizg'in hozirlik ko'rilmoqda. Oldinda turgan mazkur muhim siyosiy voqea horijiy mamlakatlarning ijtimoiy-siyosiy, ishbilarmon va ilmiy-akademik doiralari o'rtasida ham keng muhokama qilinmoqda. Bu haqda «Jahon» ahborot agentligi habar bergan.

A.Stanislavek, Pol'sha Senatining Milliy iqtisodiyot va innovatsiyalar bo'yicha komissiyasi raisi:

— Mustaqillik yillari davomida O'zbekistonda uning birinchi Prezidenti Islom Karimov rahbarligida iqtisodiyot sohasida bo'lgani singari jamiyatni chuqur demokratlashtirish borasida ham ulkan ijobiy o'zgarishlar ro'y berdi.

Respublika fuqarolarining huquqiy ongi darajasi, siyosiy va huquqiy madaniyatining o'sishi bu islohotlarga juda muhim asos bo'ldi. Chuqur demokratik o'zgarishlar saylov tizimini rivojlantirish sohasida ham olib borildi.

Amalda ham, huquqshunoslik nuqtai nazaridan ham O'zbekiston saylov huquqi takomillashmoqda va u umumjahon tamoyillari doirasida turibdi. Bir tomondan, u halqaro tajribaga tayanayotgan bo'lsa, boshqa tomondan, milliy tarihiy tajriba ham hisobga olingan. Biz ushbu to'g'ri yo'lni to'la qo'llab-quvvatlaymiz.

Yuzef Zayans, senator, Helm shahridagi Davlat oliy professional maktabining rektori (Pol'sha):

— O'zbekiston juda muhim voqea – mamlakat Prezidenti saylovlari arafasida turibdi. Erkin demokratik saylovlar O'zbekiston ijtimoiy hayotining muhim konstitutsiyaviy me`yoriga, halqaro hamjamiyat tomonidan e`tirof etilgan ichki siyosiy tartib kafolati hamda davlat va fuqarolik jamiyati o'rtasidagi munosabatlardagi barqarorlikning omiliga aylanib qolgan.

Fuqarolar o'zini o'zi boshqarish mahalliy organlarining rivojlanishi, fuqarolik jamiyati tizimlarining oyoqqa turgani, ko'ppartiyaviylikning shakllangani O'zbekistonda erkin saylovlar institutining rivojlanishidagi chuqur sifat o'zgarishlarini belgilab berdi.

Yeji Shukalski, Halqaro munosabatlar va ijtimoiy kommunikatsiyalar oliy maktabining professori (Pol'sha):

— Pol'shada ham, O'zbekistonda ham Prezident saylovlariga tayyorgarlik va ularning o'tkazilishida ochiqlik hamda oshkoralikning ta`minlanishi masalalari Konstitutsiya va saylov qonunchiligi me`yorlari bilan tartibga solinadi.

Markaziy saylov komissiyasi maqomi yuzasidan O'zbekiston Konstitutsiyasiga kiritilgan yangi me`yorlarni hamda siyosiy partiyalarning prezident saylovlarida qatnashishi uchun imzolar sonini qisqartirish, saylovoldi targ'ibotini olib borishning turlari, shakl va usullari, qamoqda saqlash joylarida saylov uchastkalarining tashkil etilishi imkoniyatlari, muddatidan oldin ovoz berishni o'tkazish muddatlari, tartibi va protseduralariga doir Prezident saylovlari to'g'risidagi qonunga kiritilgan o'zgartish va qo'shimchalarni bizning mamlakatimizda qo'llab-quvvatlashadi.

O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga konstitutsiyaviy organ maqomi berilishini, vakolatlari kengayishi, uning moliyaviy mustaqilligi hamda saylov kampaniyasining barcha bosqichlarida saylovchilar habardorligi ta`minlanishini saylov huquqi masalalari bo'yicha ekspert sifatida men yuqori baholayman.

Markaziy saylov komissiyasining yuqori konstitutsiyaviy maqomi prezident saylovlari tashkil etilishi va o'tkazilishi jarayonidagi qonuniylikni ta`minlash imkonini beradi. Bu saylovchilarning o'z hohish-irodasini erkin ifoda qilishi ta`minlanishidagi eng muhim shart hisoblanadi.

Haila al-Mekaimi, Kuvayt Ahborot vazirligining huquqiy masalalar bo'yicha davlat kotibi o'rinbosari:

— Men 2001 yili O'zbekistonga birinchi marotaba borgan chog'imda mustaqil rivojlanish yillari davomida respublika hayotining barcha sohalarida ro'y berayotgan keng qamrovli o'zgarishlardan chuqur ta`sirlangan edim. O'shandan buyon do'st O'zbekiston zamonaviy taraqqiyotini katta e`tibor va qiziqish bilan kuzatib kelaman. Ekspert sifatida shuni qayd etishni istar edimki, mustaqillikning birinchi kunlaridan boshlaboq demokratik o'zgarishlar izchillik bilan hayotga tadbiq etilmoqda. Huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyatini barpo etish yo'lidan borayotgan O'zbekistonda kuchli siyosiy tizim yaratilgan.

Bugun respublikada halqaro andozalarga to'la javob beradigan samarali saylov tizimi hamda siyosiy partiyalarning keng ijtimoiy-siyosiy faoliyat olib borishi uchun zarur sharoitlarni ta`minlaydigan salmoqli qonunchilik zamini mavjud. Saylovlar ko'ppartiyaviylik asosida o'tkaziladi. Ular fuqarolar siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirishning, aholi hohish-irodasi va fikrlarini ifoda etishning o'ta muhim vositasi bo'lib qoldi.

Shubha yo'qki, joriy yil 4 dekabrda bo'lajak prezident saylovlari ham yuqori darajada tashkil etilgani holda halqaro me`yorlarga muvofiq ravishda o'tadi.

Muhammad al-Fili, Kuvayt universiteti professori, davlat va konstitutsiya huquqi bo'yicha mutahassis:

— 2005 yili mamlakatning birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan ikki palatali parlamentning tuzilgani O'zbekistonning demokratik taraqqiyotidagi muhim muvaffaqiyatlardan biri hisoblanadi. U o'zining samarador ekanligini isbotladi. Bugungi kunda O'zbekistonda parlamentarizm institutlari rivojlanishining darajasi eng yuqori demokratik andozalarga mos keladi.

Shuni alohida qayd etishni istardimki, O'zbekistonning milliy saylov tizimi umum e`tirof etilgan me`yorlar va andozalarga muvofiq ravishda takomillashmoqda. Mamlakat Konstitutsiyasiga muvofiq, 2016 yil 4 dekabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovlari bo'lib o'tadi. Mamlakatda Asosiy qonun asosida allaqachon faol saylovoldi kampaniyasi boshlab yuborilgan. Siyosiy partiyalar mamlakat rahbari lavozimiga o'z nomzodlarini ko'rsatmoqda. Eng muhimi, bu jarayon shaffoflik asosida ro'y bermoqda, saylovchilar o'rtasida bo'lajak muhim siyosiy tadbir yuzasidan faol ahborot-targ'ibot ishlari olib borilmoqda.

Ramachandran RajYendran, RHA Sdn. Bhd. noshirlik uyining asoschisi va bosh ijrochi direktori (Malayziya):

— O'zbekistonda demokratik talablarga to'la javob beradigan zamonaviy saylov tizimi yaratilgan, mamlakat fuqarolarining o'z hohish-irodalarini erkin ifoda etishlarini ta`minlaydigan hamda halqaro saylov me`yorlari va tamoyillariga muvofiq keladigan samarali saylov qonunchiligining asosi shakllangan.

Hozirgi muhim va mas`uliyatli pallada mamlakat hukumati tomonidan ko'rilayotgan chora-tadbirlar hamda o'zbek halqining birdamligi bo'lajak Prezident saylovlari saylovchilarning yuqori faolligida, uyushqoqlik bilan va muvaffaqiyatli o'tadi, deb hulosa chiqarishga imkon beradi.

Devid Emir Bereng, Butunjahon islom iqtisodiy forumi jamg'armasining ijrochi direktori:

— O'zbekistonning Markaziy Osiyo yuragida geosiyosiy jihatdan muhim joylashuvi nafaqat respublikada, balki butun mintaqada tinchlik va barqarorlikni belgilaydigan omillardan biri hisoblanadi.

Mamlakat iqtisodiyotining chuqur diversifikatsiyalashgani, sanoat yangi tarmoqlarining rivojlangani, yirik infratuzilma loyihalarining hayotga tadbiq etilayotgani hamda yangi ishlab chiqarish quvvatlarining foydalanishga topshirilayotgani O'zbekiston Respublikasi rahbariyati tomonidan olib borilayotgan tizimli va chuqur o'ylangan siyosatning natijasi hisoblanadi.

O'ylaymanki, oldinda turgan O'zbekiston Prezidenti saylovlari mamlakatning siyosiy va iqtisodiy hayotida navbatdagi muhim bosqich hisoblanadi. Saylovlar yuqori tashkilotchilik darajasida o'tishiga ishonchim komil.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн