Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Shavkat MirziyoYev Qoraqalpog'iston va Horazmga tashrifi vaqtida Tahiatosh IES qurilishini tezlashtirish bo'yicha ko'rsatma berdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 266           Дата: 29-09-2016, 14:15          
Shavkat MirziyoYev Qoraqalpog'iston va Horazmga tashrifi vaqtida Tahiatosh IES qurilishini tezlashtirish bo'yicha ko'rsatma berdi

O'zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi, shu bilan bir vaqtda bosh vazir Shavkat MirziyoYev 28 sentyabr' kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi hamda Horazm viloyatiga tashrifni amalga oshirdi. U tashrif davomida mazkur hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi holati bilan yaqindan tanishdi. Safar to'g'risidagi reportaj O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasi "O'zbekiston" teleradiokanalining "Ahborot" informatsion dasturi orqali namoyish etildi.

Shavkat MirziyoYev Qoraqalpog'iston hududidagi Tahiatosh issiqlik elektr stantsiyasida bo'lib, 230-280 MVt quvvatga ega ikkita bug'-gaz uskunasining qurilishi bo'yicha investitsion loyihaning amalga oshirilishi masalasini muhokama qilgan.

Umumiy quvvati 730 MVt dan iborat 5ta energiya blokidan tashkil topgan Tahiatosh IES shimoliy mintaqaning energiyaga bo'lgan talabini qondiruvchi asosiy manba hisoblanadi. Stantsiya har yili 3,2 milliard kVts elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Buning uchun esa 1,15 million kub metr tabiiy gaz sarflaydi. Loyihani amalga oshirish nafaqat qimmatbaho hom ashyo sarfini sezilarli darajada qisqartirishga, balki talab doimiy ravishda o'sib borayotgan energiyani yanada ko'proq ishlab chiqarishga ham hizmat qiladi.

Bunda IES quvvati oshishi bilan bir qatorda, sarflanayotgan gazni 488 million kub metrga qisqartirish ham ko'zda tutilgan. Belgilangan ishlar yakuniga Yetishi bilan IES quvvati 930 MVt ga ortib, energiya ishlab chiqarish hajmi yiliga 3,3 milliard kVts ga Yetadi.

Shavkat MirziyoYev loyiha mamlakatning birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2015 yil 18 iyundagi qarori asosida amalga oshirilayotganini eslatib o'tdi.

"Mazkur loyihani amalga oshirmasdan turib Qoraqalpog'iston va Horazm sanoatini rivojlantirish imkonsiz. Prezidentimiz mazkur hudud kelajagi va yoshlarning ish bilan ta`minlanishi uchun 15-20 yilni mo'ljallagan holda ushbu karorni qabul qilgan. Bu ishni tezlashtirish biz uchun ham qarz, ham farz", — deya Shavkat MirziyoYevning so'zlarini keltirgan "Gazeta.uz".

Shavkat MirziyoYev Nukus shahri asosiy rejasining amalga oshirilish jarayoni bilan ham tanishgan. Muhokama chog'ida asosiy e`tibor zamonaviy ko'p qavatli turar joylar, dam olish maskanlari, sun`iy ko'l va suv havzalarining bunyod etilishiga qaratilgan.

Qoraqalpog'iston faollari bilan uchrashuvda mintaqaning eksport salohiyatini oshirish, pahta va boshqa ekinlar hosilini qisqa muddatlarda yig'ib olish, ijtimoiy ob`Yektlar va turar joy binolarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash, qishloq-ho'jalik mahsulotlarini qishga g'amlash masalalari muhokama qilindi.

Arzon uy-joylar qurish, kommunal hizmatlar faoliyatini takomillashtirish, obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlarini tashkil etish kabi masalalar ko'tarildi.

Shu kuni Shavkat MirziyoYev Horazm viloyatida ham bo'ldi. Bu Yerda u yaqin yillarda Urganchda qurilishi rejalashtirilayotgan ko'p qavatli turar joylar loyihalari bilan tanishib chiqdi. Shu bilan bir qatorda, qishloq joylarida kam ta`minlangan oilalar uchun individual uylar qurilishi masalasi muhokama qilindi.

Qo'shko'pir tumanida Prezident v. b. qishloq ho'jaligi ishlarining borishi bilan tanishdi, fermerlar bilan Yerlarning hosildorligini oshirish, suv resurslaridan to'g'ri foydalanish, yuqori hosildor ekinlar navlaridan foydalanish masalalarini muhokama qildi.

Horazm faollari bilan bo'lib o'tgan uchrashuvda viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, mintaqaviy eksport ko'rsatkichlarining oshirilishi, yangi sanoat ob`Yektlarining qurilishi, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish kabi dolzarb masalalar muhokama mavzusi bo'lgan.

Ma`lumot uchun, Qoraqalpog'iston Respublikasi va Horazm viloyatida elektr energiyasining asosiy manbasi bo'lgan Tahiatosh issiqlik elektr stantsiyasida har biri 230−280 megavatt quvvatga ega 2ta bug'-gaz qurilmasini qurish, uchta mavjud energoblokni demontaj qilish va ikkitasini zahira uchun saqlab qolish bo'yicha loyiha amalga oshirilish ko'zda tutilgan. "O'zbekenergo" davlat aktsiyadorlik kompaniyasi ma`lumotiga ko'ra, loyiha 678,2 million dollarga baholangan bo'lib, jumladan Osiyo taraqqiyot bankining 300 million dollarlik va O'zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg'armasining 230,7 million dollarlik kreditlari hisobiga moliyalashtiriladi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031