Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Bolalar salomatligi yo'lida Turkiyaning malakali shifokorlari delegatsiyasi O'zbekistonga tashrif buyuradi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 115           Дата: 28-09-2016, 10:13          
Bolalar salomatligi yo'lida Turkiyaning malakali shifokorlari delegatsiyasi O'zbekistonga tashrif buyuradi

“Sog'lom avlod uchun” fondi jismonan baquvvat, ma`nan Yetuk, ruhan tetik farzandlarni tarbiyalashda, onalik va bolalikni muhofaza qilish, “Sog'lom avlod” harakatini rivojlantirish maqsadida bir qator tadbirlarni o'tkazmoqda.

Sizga ma`lumki, “Sog'lom avlod uchun” fondi horijiy hamkor tashkilotlar bilan birgalikda, Hukumatimiz qarorlari hamda Davlat dasturlari ijrosini ta`minlash uchun bemor va nogiron bolalarni sog'lomlashtirish yo'lida qator loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. 2016 yil davomida Fond onalik va bolalikni muhofaza qilish yo'nalishda Germaniyaning “Friedensdorf International” halqaro tashkiloti, Koreya Respublikasining “Save the Children” halqaro fondi, Koreya halqaro sog'liqni saqlash KOFIH fondi, “Vision Care Servise” va “Siloam Center for the Blind” hayriya tashkilotlari, Ewha Womans University, Severance University, In Ha va Pundan Cha Universitetlari gospitallarida tug'ma yurak nuqsoni, terining kuyish asoratlari, tug'ma qo'l-oyoq bo'g'imlari va boshqa tashhislar bilan og'rigan O'zbekistonlik bemor bolalarni bepul sog'lomlashtirdi.

Bu sohada Fond Turkiya Respublikasi bilan bir qator sog'lomlashtirish dasturlarini amalga oshirib kelmoqda. Ushbu hayrli ishlarni davom ettirish maqsadida, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22 sentyabr' 2016 yilda tasdiqlangan 10/1-139-sonli tashrif Dasturi asosida 2016 yilning 28 sentyabr'-8 oktyabr' kunlari Turkiya Respublikasining malakali shifokorlari (19 nafar professor plastik jarrohlar, anesteziologlar va boshqa mutahassislar) tomonidan Respublikamiz hududida: (30 sentyabr'-6 oktyabr' kunlari soat 09:00-18:00gacha Farg'ona shahridagi viloyat bolalar ko'p tarmoqli tibbiy markazi (Alisher Navoiy ko'chasi 56-uy) Farg'ona, Andijon va Namangan viloyatlaridan kelgan yuz sohasidagi tug'ma va kuyishdan keyingi asoratlar, yuqori lab va qattiq tanglayning tug'ma nuqsonlari bo'lgan bolalarni umumiy chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tkazishib, og'ir deb topilgan bemor bolalar jarrohlik yo'li bilan sog'lomlashtiriladi. Turkiya Respublikasidan kelgan ushbu delegatsiya a`zolari o'zlari bilan olib kelgan dori-darmon va sanitariya-gigiYena vositalari yordamida qo'yilgan tashhislar asosida bemorlarni davolaydilar.

Ma`lumot o'rnida aytib o'tish joizki, 2015 yilning 15-25 oktyabr' kunlari Turkiya Respublikasining malakali shifokorlari yurtimizga tashrif buyurib, jami 381 nafar yuqorida ko'rsatilgan tashhisli bemor bolalarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tkazishgan. Shulardan og'ir deb topilgan 109 nafar bemor bolalarni jarrohlik yo'li bilan sog'lomlashtirilgan edi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн