Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O'zbekistonda Turkmaniston samolyotlari va vagonlari ta`mirlanadi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 93           Дата: 27-09-2016, 19:15          
O'zbekistonda Turkmaniston samolyotlari va vagonlari ta`mirlanadi

O'zbekiston va Turkmaniston turkman temir yo'llari yo'nalish vagonlarini modernizatsiya qilish va ta`mirlash hamda turkman aviayo'llariga qarashli aviaparklar uchun o'zbek korhonalarining hizmatini yo'lga qo'yish imkoniyatlarini muhokama qildi.

Toshkentda 26 sentyabr' kuni o'tkazilgan O'zbekiston—Turkmaniston hukumatlararo komissiyasining yig'ilishi vaqtida transport sohasida hamkorlikni kengaytirish, hususan, tranzit yuk tashish borasida o'zaro imtiyoz va Yengilliklar taqdim etish muhimligi, bu ularning hajmi ortishiga olib kelishi ta`kidlandi.

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi matbuot hizmati ma`lumotiga ko'ra, yig'ilishda tashqi savdo yuklarini tranzit tashishda o'zaro preferentsiyalarni taqdim etish yo'li bilan transport-tranzit sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ham muhokama qilindi.

Toshkent vagonsozlik va ta`mir zavodi bazasida turkman temir yo'llarining harakatdagi tarkibini modernizatsiya qilish va ta`mirlash sohasidagi muvaffaqiyatli hamkorlik hamda iqtiqbolli aloqalar qayd etildi.

Bugungi kunda tomonlar turkman vagonlarini Toshkent vagon qurish va ta`mirlash zavodida ta`mirlash hamda modernizatsiya qilish imkoniyatlarini o'rganishmoqda. Mamlakatlar bu yo'nalishda dastlabki loyihani muvaffaqiyatli yo'lga qo'yishgan", deyilgan Sputnik agentligi habarida.

O'tgan yili "O'zbekiston temir yo'llari" Turkmaniston temir yo'l transporti vazirligi bilan 10ta vagonni sinov ta`miridan chiqarish bo'yicha shartnoma imzolagan va poytahtdagi quyuv-mehanika zavodida shartnoma muvaffaqiyatli bajarilgandi. Hozirda tomonlar ko'p miqdordagi turkman yuk vagonlarini ta`mirlash bo'yicha muzokaralar olib borishmoqda. Habarda aytilishicha, gap kamida 300ta vagon haqida bormoqda.

Bundan tashqari, Turkmaniston o'z aviaparki, ayniqsa zamonaviy samolyotlarini ta`mirlash va tehnik hizmat ko'rsatish sohasida ham hamkorlikni yo'lga qo'yishga qiziqmoqda. Bunday hamkorlik uchun asos bor — joriy yil boshida Toshkentda Uzbekistan Airways va AQShning Boeing korporatsiyasi MDHda birinchi bo'lib samolyotlarning kompozitsion tarkiblarini ta`mirlash va hizmat ko'rsatish bo'yicha markaz tashkil etdi.

Markaz samolyotlarga barcha turdagi hizmatlarni ko'rsatish uchun kerakli tehnika va malakali mutahassislarga ega bo'lgan Uzbekistan Airways Technics korhonasi bazasida faoliyat olib boradi. Bu Yerda yiliga horijiy aviakompaniyalarning, asosan Rossiya va Qozog'iston kompaniyalarining kamida 10ta samolyotiga tehnik hizmat ko'rsatiladi va ta`mirlanadi.

Shuningdek, qarz munosabatlari, ilmiy-tehnikaviy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik qilish, mintaqada suv resurslaridan oqilona foydalanish hamda shartnomaviy-huquqiy bazani rivojlantirish borasida hamjihatlikdagi siyosatni yuritish kabi masalalar ham yig'ilish kun tartibidan o'rin olgandi.

Ma`lumot uchun, savdo-iqtisodiy, ilmiy-tehnikaviy va madaniy hamkorlik bo'yicha o'zbek-turkman qo'shma komissiyasi 1996 yildan buyon faoliyat ko'rsatib kelmoqda. So'nggi yig'ilish 2015 yilning 18−19 avgust kunlari Ashhobodda bo'lib o'tgan edi.

2015 yil yakunlariga ko'ra, ikki davlat o'rtasidagi mahsulot ayirboshlash hajmi 319,7 mln dollarni, joriy yil yanvar'-avgust oylarida esa 177,1 mln dollarni tashkil etdi.

Ayni paytda O'zbekistonda turkman tomoni ishtirokidagi 7ta korhona faoliyat ko'rsatmoqda. Ular faoliyatidagi asosiy sohalar: savdo va hizmat ko'rsatish, tekstil' sohasi, qoplama materiallar va mebellar ishlab chiqarish sanaladi.

Turkmaniston hududida esa O'zbekiston rezidentlari ishtirokida sanoat mahsulotlarini turkman bozoriga eksport qilish bo'yicha faoliyat ko'rsatuvchi 6ta korhona tashkil etilgan.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн