Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

WP: Birinchi saylovoldi telebahslari Tramp uchun mag'lubiyatli bo'ldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 127           Дата: 27-09-2016, 16:29          
WP: Birinchi saylovoldi telebahslari Tramp uchun mag'lubiyatli bo'ldi

AQSh prezidentligi uchun Respublikachilar partiyasidan nomzod Donal'd Tramp mamlakat rahbarligi uchun asosiy jonli tomoshasida mag'lub bo'ldi, deb yozmoqda Jonatan Keyphart The Washington Post gazetasida e`lon qilingan maqolasida.

Uning fikricha, bahslar davomida Demokratlar partiyasi nomzodi Hillari Klinton deyarli tayyorlanmay kelgan raqibiga nisbatan jiddiyligini namoyon eta olgan. «Realiti-shou teleyulduzi va badavlat quruvchi» Tramp va sobiq davlat kotibi Klinton o'rtasidagi ilk telebahslar ajoyib kayfiyatda bo'lib o'tgan. Tramp praymerizlar vaqtida ko'mak bergan latifalari bilan kelib, bu safar mag'lubiyat alamini tortdi.

Keyphartning aytishicha, Trampning chiqishi «chiqindini chim ustiga tashlash bilan barobar bo'lgan». H haqidagi savolga Y, Z va boshqa narsalar hususida javob bergan. Hususan, Klintonning elektron yozishmalari bilan bog'liq mojaroga oid savolga N'yu Yorkning La-Gardiya aeroportining achinarli holatini yodga olgan.

Bundan tashqari, maqola muallifini prezidentlik uchun har qanday nomzodni barbod qiluvchi soliq deklaratsiyasi bilan bog'liq vaziyat hayron qoldirgan. Klintonning ta`kidlashicha, milliarderning soliq deklaratsiyasini faqatgina bir marta — u ham bo'lsa, kazino uchun litsenziya olish vaqtida ko'rish mumkin bo'lgan edi. O'sha hujjatga muvofiq, Tramp federal daromad solig'ini to'lamaydi. Bunga esa, respublikachilar nomzodi «Men shunaqa aqlliman», deya javob bergan.

Afroamerikaliklarning ovozini olish niyati jiddiyligini ta`kidlayotgan Tramp bahslarda aholining ushbu qatlamiga oid bilimi umuman yo'qligini namoyish etdi. Hususan, uning nutqida boshqa tusdagi kishilarga oid turli hil irqiy hikoyalar o'rin olgan edi. Bundan tashqari, u konstitutsiyaga zid bo'lgan odamlarni ko'chalarda to'htatib, tintuv o'tkazish amaliyotini yoqlab, fikr bildirgan. Bu esa, afroamerikaliklar orasida jiddiy salbiy qarashlarni shakllantirgan.

CNN telekanali tomoshabinlari orasida o'tkazilgan ijtimoiy so'rov natijalariga ko'ra, amerikaliklarning 62 foizi telebahsda Klinton g'alaba qozondi, degan fikrda.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031