Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

«O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to'g'risida»gi qonunga o'zgartish va qo'shimchalar kiritildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 141           Дата: 26-09-2016, 19:39          
«O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to'g'risida»gi qonunga o'zgartish va qo'shimchalar kiritildi

“O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida”gi 2016 yil 23 setyabr' kuni O'zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat MirziyoYev tomonidan imzolangan qonunning 18 moddasiga muvofiq, O'zbekiston Respublikasining 2003 yil 29 avgustda qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to'g'risida»gi 523–II-sonli Qonuniga o'zgartish va qo'shimchalar kiritildi.

Unga ko'ra,
Senat qo'mitalari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining har yilgi ma`ruzasini dastlabki tarzda ko'rib chiqadi hamda fikrlar va takliflarni ishlab chiqadi, ushbu fikrlar va takliflar Senat majlisida majburiy ravishda hamda har tomonlama muhokama qilinishi lozim.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining har yilgi ma`ruzasini ko'rib chiqish yakunlari bo'yicha Senat qaror qabul qiladi, unda hukumatning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim masalalarini hal etishga doir faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar bo'lishi mumkin.
Senatning O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining har yilgi ma`ruzasini ko'rib chiqish yakunlari bo'yicha qabul qilgan qarori O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.

Senat qo'mitalari O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining hisobotini dastlabki tarzda ko'rib chiqadi hamda fikrlar va takliflarni ishlab chiqadi, fikrlar va takliflar Senatning majlisida majburiy ravishda hamda har tomonlama muhokama qilinishi lozim.

O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining hisobotini eshitish yakunlari bo'yicha Senat qaror qabul qiladi, unda hukumatning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ayrim dolzarb masalalariga doir faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar bo'lishi mumkin.

O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining hisobotini eshitish yakunlari bo'yicha qabul qilingan Senatning qarori O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн