Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Shavkat MirziyoYev Toshkentning Sergeli tumaniga tashrif buyurdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 224           Дата: 26-09-2016, 14:06          
Shavkat MirziyoYev Toshkentning Sergeli tumaniga tashrif buyurdi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi, Respublika Bosh vaziri Shavkat MirziyoYev shu yilning 25 sentyabrida Toshkent shahrining Sergeli tumanida olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, aholi mavzelari, ko'p qavatli turar joylar va ijtimoiy soha ob`Yektlarini kuzgi-qishki mavsumga tayyorlash ishlarining borishi bilan yaqindan tanishdi. Ayniqsa, nurab qolgan eski uylar o'rnida yangi binolarni qurish, ko'p qavatli uylardagi yashash sharoitlarini yanada yahshilash, aholining talab va ehtiyojlarini inobatga olib, kommunal hizmatlar sifatini oshirish, bu borada iqtisodiy tejamkor usullarni joriy etish masalalariga alohida e`tibor qaratdi. Bu haqda O'zA habar bermoqda.

Aholi vakillari va shahar rahbarlari, mutasaddilar ishtirokida o'tkazilgan uchrashuvda Shavkat MirziyoYev Toshkent shahri uchun ustuvor ahamiyatga ega bo'lgan yirik dastur – Sergeli tumanida 2017-2022 yillarda 500 ta ko'p qavatli uyning bunyod etilishi bilan bog'liq loyiha ishlab chiqilganiga alohida to'htaldi. Bu turar joylarning bugungi kun talablariga to'la javob beradigan puhta loyihalar asosida qurilishi, ularni eng zamonaviy infratuzilmalar bilan ta`minlash bo'yicha mutasaddi rahbarlar va mutahassislar bilan atroflicha fikr almashdi.

Ta`kidlash joiz, bu ulkan loyihaning amalga oshirilishi qariyb 30 ming oilaning yangi uy-joyga bo'lgan ehtiyojini qondirish imkonini yaratadi. Shunisi e`tiborliki, uylar oilalarga imtiyozli ipoteka krediti orqali beriladi.

Uchrashuvda yana bir muhim masala – azim poytahtimizning barcha tumanlarida yangi madaniyat va istirohat bog'lari barpo etish, yashil maydon va hududlarni yanada ko'paytirish masalasi muhokama etildi. Poytahtda yangi transport-kommunikatsiya tarmoqlari, madaniy-maishiy ob`Yektlar bunyod etish, Yer usti tezyurar metro yo'nalishlari qurilishini loyihalashtirish ishlarini jadallashtirish borasida aniq vazifalar belgilab olindi.

Shavkat MirziyoYev yaqin kelgusida amalga oshirilishi mo'ljallangan bu loyihalar nafaqat Sergeli tumanini, balki butun Toshkent shahrining imkoniyat va salohiyatini yanada yuksaltirish yo'lida katta istiqbollar ochib berishini qayd etdi.

Uchrashuvda poytaht aholisi uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, ulkan hajmdagi obodonchilik va ko'kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish, bir so'z bilan aytganda, odamlarni hayotdan rozi qilish masalasi doimiy e`tibor markazida bo'lishi ta`kidlandi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн