Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Haftalik dayjYest: O'zbekiston va halqaro maydonda ro'y bergan eng sara voqea va hodisalar

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 143           Дата: 26-09-2016, 07:55          
Haftalik dayjYest: O'zbekiston va halqaro maydonda ro'y bergan eng sara voqea va hodisalar

O'tgan hafta mobaynida O'zbekiston va halqaro hayotda muhim voqealar sodir bo'ldi, muhim qarorlar qabul qilindi, ko'z ko'rib, quloq eshitmagan hodisalar sodir bo'ldi. Ana shu voqea-hodisalarning eng muhim va qiziqarlilari haftalik dayjYestda.

20 sentyabr'

Suriyada BMTning insonparvarlik yordamlari olib ketayotgan konvoyi o'qqa tutildi. Buning oqibatida 10 kishi halok bo'ldi. Natijada AQSh Suriyada Rossiya bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish imkoniyatlarini ko'rib chiqmoqchi ekanlgini ma`lum qildi.

Qirg'iziston prezidenti yuragidagi muammo sababli AQShga ketayotgan yo'lidan ortga qaytdi. U oy ohiriga qadar Turkiyada davolanadigan bo'ldi.

Shavkat MirziyoYev metroning «Yunusobod» yo'nalishidagi qurilish ishlarini yakunlash topshirig'ini berdi.

Shavkat MirziyoYev Angrenga tashrifini amalga oshirdi. Bundan tashqari, Shavkat MirziyoYev paralimpiyachilarni mukofotlash haqidagi farmoyishini imzoladi.

Bu habarlar haqida batafsil.

21 sentyabr'.


O'zbekiston halq shoiri, O'zbekiston qahramoni Abdulla Oripov 2 sentyabr' kuni vafot etgan O'zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovga atab marsiya yozdi.

Politsiya qurolsiz afroamerikalikni otib o'ldirishi bilan bog'liq voqeadan keyin Shimoliy Kaliforniyada norozilik namoyishlari boshlandi.

AQShning Indiana shtatida huquq-tartibot organlari hodimlari giyohvand moddalar savdosi bilan shug'ullanuvchi qizni qo'lga olishdi.

Rossiya Markaziy banki ma`lumotlarida keltirilishicha, shu yilning yanvar' oyidan iyul' oyiga qadar O'zbekistonga 952 mln dollar jo'natilgan.

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida 7-18 sentyabr' kunlari o'tkazilgan 15-Paralimpiya o'yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan O'zbekiston jamoasi bo'lgan samolyot bugun, tonggi 06:15da Turkiya orqali Toshkentga halqaro aeroportiga Yetib kelishdi.

Bu habarlar haqida batafsil.

22 sentyabr'


Toshkent shahrining Mirzo Ulug'bek tumaniga yangi hokim tayinlandi. Shahar hokimligi saytida berilgan ahborotga ko'ra, tuman hokimi lavozimini Sherzod KudbiYev egallagan.

Toshkent qishloq ho'jalik tehnikalari zavodini (sobiq Toshkent traktor zavodi – TTZ) modernizatsiya qilish va qaytadan tehnologik jihozlash ishlari boshlandi.

Turkmanistonda tamaki mahsulotlari tanqisligi kuzatilayapti. Yaqin vaqtlardan boshlab, Turkmanistonning davlat do'konlarida tamaki mahsulotlari sotilmayapti.

Amerikalik afsonaviy bokschi Floyd Meyvezer o'zbekistonlik murabbiy Rahmatjon Ro'ziohunovni jamoasida ishlashga taklif etgan.

Bu habarlar haqida batafsil.


23 sentyabr'


O'zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat MirziyoYev 22 sentyabr' kuni Qozog'iston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o'rinbosari Asqar Maminni qabul qildi.

Suriya armiyasi Halabning jangarilar tomondan egallangan hududlariga tez orada yangi hujumlarni boshlashini e`lon qildi.

Rossiya poytahti sharqidagi Gol'yanovo tumanida joylashgan omborhonada chiqqan yong'inni o'chirish ishlariga jalb etilgan o't o'chiruvchilarning 8 nafari olov ichida izsiz yo'qoldi.

19 sentyabr' kuni yuragida muammo borligi aniqlangan va 1 hafta muddatga ta`tilga chiqib, Turkiyada qolgan Qirg'iziston prezidenti Almazbek AtambaYev davolanish kurslarini Moskvada o'taydi.

Bu habarlar haqida batafsil.

24 sentyabr'

“O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi to'g'risida”gi Qonuniga kiritilgan o'zgartish va qo'shimchalarda respublika fuqaroligidan mahrum bo'lish hollariga oydinlik kiritildi.

2016 yil 23 sentyabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat MirziyoYev tomonidan imzolangan “O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida”gi qonunning 21-moddasida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskada bo'lganlar o'z qarindoshlarini propiskaga qo'yishlari mumkin yoki mumkin emasligiga oydinlik kiritilgan.

O'zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik Kodeksiga, Yo'l harakati qoidalariga rioya qilmagan piyodalarga ma`muriy jazolarni tayinlashni kengaytiruvchi to'ldirishlar kiritildi.

Pavel Durovning Telegram messenjYerida surat va videolarga niqoblar, stikerlar va matn qo'shish funktsiyasi paydo bo'ldi.

Bu habarlar haqida batafsil.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн