Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O‘zbekistonda 2016-yil “Sog‘lom ona va sog‘lom bola yili” deb e’lon qilindi

Автор: admin Комментариев: 1            Просмотров: 2 804           Дата: 5-12-2015, 19:42          

“O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida 5-dekabr, shanba kuni O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 23 yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda O‘zMTRKning “O‘zbekiston” telekanali “Axborot” informatsion dasturi.

Foto: O‘zA

Unda davlat va jamoat arboblari, fan, madaniyat va san’at namoyandalari, poytaxt jamoatchiligi, O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy davlatlarning elchixonalari va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari vakillari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov tantanali yig‘ilishda ma’ruza qildi. Prezident kirib kelayotgan yangi — 2016-yilni O‘zbekistonda “Sog‘lom ona va sog‘lom bola yili” deb e’lon qilishni taklif etdi.

O‘zbekiston Prezidentining bu taklifi yig‘ilganlar tomonidan gulduros qarsaklar bilan qo‘llab-quvvatlandi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 1997-yildan boshlab har bir yilga shu davr ichida taraqqiyotning muhim yo‘nalishlarini ifoda etadigan nom berish an’anaga aylangan. 1997—2015-yillar oralig‘ida yillarga quyidagicha nom berilgan:

  • 2015-yil — “Keksalarni e’zozlash yili”
  • 2014-yil — “Sog‘lom bola yili”
  • 2013-yil — “Obod turmush yili”
  • 2012-yil — “Mustahkam oila yili”
  • 2011-yil — “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili”
  • 2010-yil — “Barkamol avlod yili”
  • 2009-yil — “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili”
  • 2008-yil — “Yoshlar yili”
  • 2007-yil — “Ijtimoiy himoya yili”
  • 2006-yil — “Homiylar va shifokorlar yili”
  • 2005-yil — “Sihat-salomatlik yili”
  • 2004-yil — “Mehr va muruvvat yili”
  • 2003-yil — “Obod mahalla yili”
  • 2002-yil — “Qariyalarni qadrlash yili”
  • 2001-yil — “Onalar va bolalar yili”
  • 2000-yil — “Sog‘lom avlod yili”
  • 1999-yil — “Ayollar yili”
  • 1998-yil — “Oila yili”
  • 1997-yil — “Inson manfaatlari yili”


Manba: daryo.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Комментарии пользователей

Manga 2016yil nomi juda yoqdi.Chunki bolalar avlod davomchisi.Keksalar ishonchi.Vatanning ertasi soglom bolalardir ,ular albatta yurt tayanchi bo'la oladilar.Biz o'qitu chilar yurtboshimiz ishonchlarani albatta oqlaymiz.


Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031