Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O'zbekistonda mustaqillik yillarida bolalar o'limi 3,4 barobar kamaygani qayd etildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 124           Дата: 25-09-2016, 04:40          
O'zbekistonda mustaqillik yillarida bolalar o'limi 3,4 barobar kamaygani qayd etildi

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo'mitasida oila, onalik va bolalikni muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishning dolzarb masalalariga bag'ishlangan davra suhbati bo'lib o'tdi. Tadbirda deputatlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, olimlar, ekspertlar va jurnalistlar ishtirok etdi. Bu haqda “Jahon” ahborot agentligi habar bermoqda.

Emlash orqali yuqumli kasalliklarning oldini olish bo'yicha zamonaviy tizim shakllandi. Aholini sifatli va havfsiz oziq-ovqat bilan ta`minlash, ratsional ovqatlanish madaniyatini targ'ib etish, oziq-ovqat mahsulotlarini foydali elementlar bilan boyitish, mikronutriYent tanqisligi tufayli kelib chiqadigan kasalliklarning oldini olish ishlari tizimli tashkil etilmoqda. Mamlakatimizda jahon tajribasida ilk bor homilador ayollarni tarkibida foydali mikroelementlari bo'lgan polivitaminlar bilan bepul ta`minlash amaliyoti joriy etildi.

Bunday keng qamrovli ishlar natijasida mamlakatimizda mustaqillik yillarida onalar o'limi 3,2 barobar, bolalar o'limi 3,4 barobar kamaydi. Mamlakatimizda kamolga Yetayotgan bolalarning to'qson ikki foizi rivojlanish ko'rsatkichlari bo'yicha Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti standartlariga to'la mos keladi.

Davra suhbatida mamlakatimizda oila, onalik va bolalikni muhofazalash, reproduktiv salomatlikni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, erishilayotgan natijalar, istiqboldagi vazifalarga oid ma`ruzalar tinglandi. Bu borada qabul qilingan qonunlarning mazmun-mohiyatini aholi orasida keng targ'ib etish, ushbu sohadagi qonunchilikni yanada takomillashtirish hususida fikrlashildi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн