Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Komilov: Orol fojiasi – mintaqa rivojlanishi uchun bevosita tahdiddir 

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 151           Дата: 24-09-2016, 11:09          
Komilov: Orol fojiasi – mintaqa rivojlanishi uchun bevosita tahdiddir 

N'yu Yorkda BMT Bosh Assambleyasining71-sessiyasi o'z ishini davom ettirmoqda. 23-sentyabrda unda ishtirok etayotgan O'zbekiston delegatsiyasi rahbari, tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov ma`ruza qildi. U jahon hamjamiyati e`tiborini Toshkent nuqtai-nazaridan muhim bo'lgan halqaro va mintaqaviy muammolarga qaratdi.

O'zbekiston TIV rahbarining so'zlariga ko'ra, BMT Bosh Assambleyasi tomonidan o'tgan yili qabul qilingan va 2016-2030 yillarga mo'ljallangan Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda, zamonaviy iqlim o'zgarishlari kuzatilayotgan bir vaqtda ekologiya muhofazasi va atrof-muhitni himoya qilish masalasi muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Komilovning aytishicha, bu fikrning yaqqol isboti bo'lgan Orol dengizi fojiasi, o'zining ekologik-iqlimiy, ijtimoiy-iqtisodiy va gumanitar oqibatlari bilan mintaqaning barqaror rivoji, salomatlik va genofondini asrab qolish hamda u Yerda yashayotgan insonlar kelajagiga tahdid solmoqda. Dengiz qurishining davom etishi va uning atrofida ro'y berayotgan gumanitar inqiroz, ichimlik suvining tanqisligi va sifatining pasayishi, havfli kasalliklarning tobora ko'payishi Orol fojiasining salbiy oqibatlaridir.

“Bu borada bugungi kundagi muhim vazifa Orolbo'yining tabiiy biologik fondini saqlab qolish, Orol inqirozining atrof-muhit va eng asosiysi, mintaqada yashovchi millionlab insonlarning turmush tarziga salbiy ta`sirini kamaytirishdan iborat”, - degan Abdulaziz Komilov.

Shu munosabat bilan, O'zbekiston Markaziy Osiyo suv-energetika zahiralarini oqilona boshqarish pozitsiyasiga qat`iy ravishda amal qiladi. Bu masalalar, mintaqaning barcha mamlakatlari manfaatlarini e`tiborga olgan holda, suv zahiralarini adolatli va ratsional taqsimlashni kafolatlovchi umumtan olingan halqaro huquq me`yorlari asosida hal etilishi kerak.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн