Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O'zbekiston Jahon Salomatlik reytingida MDHda birinchi o'rinda

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 73           Дата: 24-09-2016, 10:52          
O'zbekiston Jahon Salomatlik reytingida MDHda birinchi o'rinda

O'zbekiston tibbiyot, salomatlik va hayot bilan bog'liq barqaror rivojlanish ko'rsatkichlari bo'yicha dunyo reytingida 55 o'rinni egalladi. Mazkur reyting natijasi Britaniyada chop etiladigan The Lancet jurnalida e`lon qilingan.

Ushbu hujjat 33ta ko'rsatkich bo'yicha baholangan ballar yig'indisiga ko'ra hozirlangan.

Mamlakatlar salomatlik borasidagi farqini aniqlashda – bolalar va yangi tug'ilgan chaqaloqlar o'limi, yo'l-transport hodisalaridagi o'lim hollari, bolalarning ortiqcha vaznga egaligi, alkogolli ichimliklar va tamaki mahsulotlari iste`moli darajasi, OIVni yuqtirganlar soni, tuberkulyoz va gepatit B kasalligi bilan hastalanganlar va o'z joniga qasd qilish bilan bog'liq raqamlarga e`tibor qaratilgan.

Har bir mamlakatdagi vaziyatni hisoblash uchun 1990-2015 yillardagi raqamlar taqqoslangan. Shunga ko'ra, O'zbekiston jahon reytingida 188 mamlakat orasida 55 o'rinni egallagan. Shu bilan birga, ta`kidlanishicha, O'zbekiston respublikasi MDH va Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida birinchi o'rinda.

MDH mamlakatlari orasida O'zbekistondan keyingi o'rinni Turkmaniston egallagan (60-o'rin). MDHning boshqa a`zolari quyidagicha o'ringa joylangan: Ozarbayjon (75), Moldova (80), Qozog'iston (85), Armaniston (86), Tojikiston (99), Qirg'iziston (113), Ukraina (118), Rossiya (119) va Belorussiya (120).

O'zbekistonga ayrim jihatlar bo'yicha eng yuqori (100) yoki unga yaqin ball qo'yilgan. Hususan, «akusherlar kuzatuvida tug'ish» bo'yicha 100 ball, «Kasalliklarni tibbiy profilaktika qilish» - 93 ball, «Havoning ifloslanishi bilan bog'liq kasalliklar» - 89 ball, «Oilani rejalashtirish va reproduktiv yosh» - 84 ball, «Chekish» va «Ifloslangan suvni iste`mol qilishdan yuquvchi kasalliklar» - 81 ballga ega bo'lgan.

Mazkur reytingda Islandiya birinchi o'ringa joylashtirilgan. Birinchi beshlikka, shuningdek, Singapur, Shvetsiya, Andorra va Buyuk Britaniya kirgan.


Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн