Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Shavkat MirziyoYev yangi tahrirdagi «Mehnatni muhofaza qilish to'g'risida»gi qonunni imzoladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 192           Дата: 24-09-2016, 10:30          
Shavkat MirziyoYev yangi tahrirdagi «Mehnatni muhofaza qilish to'g'risida»gi qonunni imzoladi

O'zbekiston respublikasi prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat MirziyoYev 22 sentyabr' kuni yangi tahrirdagi «Mehnatni muhofaza qilish to'g'risida» qonunni imzoladi.

Qonun loyihasi 2016 yilning 10 martida Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan, 2016 yilning 25 avgustida Senat tomonidan tasdiqlangan. Qonun rasman nashr qilinganidan boshlab 3 oy muddat ichida kuchga kiradi.

Qonunda mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari belgilanib, Qonunga kiritilgan normalar davlat organlari tomonidan qonun talablarini bajarishda har hil aralashuvlarni va korruptsiyani oldini olish, tadbirkorlarga qulay sharoitlar yaratish va ishlovchi hodimlarni mehnat sharoitlarini doimiy ravishda yahshilashga hamda ularning mehnatni muhofaza qilish sohasida ijtimoiy himoyani ta`minlashga qaratildi.

Ushbu Qonunda jamoaviy himoya vositalari, zararli ishlab chiqarish omili, ish o'rni, ishlab chiqarish faoliyati, ishlab chiqarishdagi bahtsiz hodisa, kasb kasalligi, mehnat sharoitlari, mehnatni muhofaza qilish, mehnatda mayib bo'lish, noqulay ishlab chiqarish omillari, havfli ishlab chiqarish omili, shahsiy himoya vositalari kabi tushunchalarga atroflicha ta`rif berildi.

Mazkur Qonunning qabul qilinishida:
- mehnatni muhofaza qilishni respublika, tarmoq va hudud darajasida davlat organlarining vazifalari belgilandi hamda mehnatni muhofaza qilish talablarini bajarishga ish beruvchi bilan birga hodimning ham mas`uliyati oshirilishi;
- mehnatni muhofaza qilish hizmatini tashkil etishga imkoniyatlari Yetmagan kichik korhonalarda mehnatni muhofaza qilish hizmatining vazifalarini bajarish autsorsing asosida mehnatni muhofaza qilish sohasida hizmatlar bozorining professional ishtirokchilarini (tadbirkorlarni) jalb qilinishi;
- ishlab chiqarishdagi bahtsiz hodisalar va kasb kasalliklarini oldini olish hamda kamaytirilishi tashkilotning iqtisodiy holatini o'sishiga sabab bo'ladi, ish beruvchilarning mehnat muhofaza qilishni tashkil etish maqsadida tashkilotlar tomonidan ihtiyoriy ravishda mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimini audit qilish mehanizmi joriy etilishi;
- hodimlarning ayrim toifalari, ayollar, voyaga Yetmagan shahslarni va mehnat qobiliyati cheklangan shahslar uchun mehnatni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishning o'ziga hos hususiyatlarini belgilanishi;
- mehnatni muhofaza qilish bo'yicha jamoatchilik nazoratini o'rnatishni ta`minlash yuzasidan talablar kiritildi va boshqa davlat boshqaruvi organlarining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari belgilanishi nazarda tutildi;

Bundan tashqari tashkilotlarda ish beruvchi va hodimlarning mehnatni muhofaza qilish talablarini bajarish bo'yicha mas`uliyatini oshirish, shu jumladan, ishlab chiqarishda sodir bo'lgan bahtsiz hodisalarning oldini olish choralarini ko'rish borish belgilandi.

Qonunda mehnat sharoitlari bo'yicha ish o'rinlari attestatsiyasi, Mehnat sharoitlari davlat ekspertizasi talablari ham kiritilgan bo'lib, bu mehnat sharoitlari bo'yicha ish o'rinlari attestatsiyasini o'tkazish orqali hodimlarga zararli va (yoki) havfli mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun kafolatlar hamda kompensatsiyalar berilishining to'g'riligini, hodimlarning haqiqiy mehnat sharoitlarini baholash maqsadida amalga oshirilishi belgilanib qo'yilgan.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн