Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O'zbekiston mamlakatning asosiy manfaatlariga hizmat qiluvchi tashqi siyosat yuritadi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 182           Дата: 24-09-2016, 10:36          
O'zbekiston mamlakatning asosiy manfaatlariga hizmat qiluvchi tashqi siyosat yuritadi

AQShning N'yu York shahrida BMT Bosh Assambleyasi 71-sessiyasi bo'lib o'tayotgani haqida habar qilingan edi. Unda, O'zbekistonning tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov rahbarligidagi delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda. Bosh Assambleyaning 23-sentyabrdagi majlisida O'zbekiston delegatsiyasi rahbari Komilov ma`ruza qildi. U, dastlab, O'zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning vafoti munosabati bilan hamdardlik izhor qilgan jahon hamjamiyatiga minnatdorchilik bildirib, rasmiy Toshkent fikricha, muhim bo'lgan bugungi kun muammolariga e`tiborni qaratgan.

Abdulaziz Komilov, ma`ruzasining birinchi qismida O'zbekistonning bo'lg'usi tashqi siyosatiga oid fikrlarni bildirgan. Tashqi ishlar vazirining aytishicha, O'zbekiston mamlakatning asosiy manfaatlarini himoya qilish va uni ilgari surishga qaratilgan tashqi siyosatini saqlab qoladi va uni davom ettiradi. O'zbekistonning tashqi siyosatdagi qat`iyati BMT Nizomi va Respublika Konstitutsiyasida mustahkamlab qo'yilgan halqaro huquq me`yorlarining asosiy qoidalari, birinchi prezident vaqtida zimmasiga olgan halqaro-huquqiy majburiyatlariga og'ishmay amal qilishni taqozo etadi.

O'zbekiston Respublikasi prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat MirziyoYev bayonot berganidek, O'zbekiston kelgusida ham o'zaro hurmat, teng huquqlilik va o'zaro manfaatlarni hisobga olgan holda barcha horijiy mamlakatlar bilan do'stona va amaliy hamkorlikni mustahkamlash yo'lidan og'ishmaydi.

“O'zbekiston shuningdek, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik hamda vujudga kelgan barcha ziddiyat va mojarolarni tinch, siyosiy yo'l bilan hal etish tarafdoridir. Mamlakatimiz harbiy-siyosiy blok va al'yanslarga qo'shilmaslik, o'z hududida horijiy harbiy bazalarni joylashtirmaslik, qurolli kuchlarimizni mamlakat hududidan tashqariga safarbar etmaslik qoidalarini printsipial va yagona tanlov sifatida qabul qilgan. Masalaga shunday yondashuv, biz uchun eng to'g'ri qaror deb hisoblaymiz”, - degan O'zbekiston tashqi ishlar vaziri.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн