Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Murad Buildings yangi “Ko‘kcha Qo‘rg‘oni” uy-joy majmuasida o‘z tavallud kunini nishonladi

Автор: admin Комментариев: 0            Просмотров: 1 788           Дата: 5-12-2015, 17:41          

Toshkentning eng ko‘hna dahalaridan biri — Ko‘kchada Murad Buildings kompaniyasi tomonidan yangi “Ko‘kcha Qo‘rg‘oni” uy-joy majmuasi qurib bitkazildi. 5-dekabr, shanba kuni bu yerda Murad Buildings kompaniyasi o‘z tavallud kunini nishonladi.

Foto: “Daryo”

“Ko‘kcha Qo‘rg‘oni”ning tantanali ruhda bezatilgan hovlisidagi bayramona dasturxon atrofida Murad Buildings’ning yaqin do‘stlari, xaridorlari va mehmonlari to‘plandi. Marosim avvalida qisqa fursat ichida hurmat-e’tiborga erishgan kompaniya tarixiga bag‘ishlangan video namoyish etildi.

Yig‘ilganlarning ko‘tarinki kayfiyati, mashhur mult-qahramonlar ishtirokidagi qiziqarli o‘yinlarda qatnashgan bolajonlarning shodon kulgusi, orombaxsh musiqa “Ko‘kcha Qo‘rg‘oni”da o‘ziga xos yoqimli va yodda qolarli muhitni yuzaga keltirdi.

Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”

 

“Majmua qurilishida biz bilan yelkadosh bo‘lgan barchaga minnatdorchilik izhor qilishni istardim. ‘Ko‘kcha Qo‘rg‘oni’ bugungidek fayzli, hamyurtlarimizga xursandchilik ulashadigan joy bo‘lib qolsin. Murad Buildings O‘zbekistonimizning chiroyini ochish, uni go‘zal binolar bilan bezashda davom etadi”, — dedi Murad Buildings kompaniyasi rahbari Murod Nazarov marosimdagi nutqida.

Foto: “Daryo”

Shu kuni “Ko‘kcha Qo‘rg‘oni”ga tashrif buyurgan mehmonlarda “Obodlik darvozasi”, “Iqbol darvozasi”, “Fayz darvozasi” kabi ramziy nomlangan darvozalar orqali Murad Buildings tomonidan ta’mirlab bo‘lingan, lekin ta’mirlanmagan xonadon narxida sotilishi rejalashtirilayotgan xonadonlar bilan tanishish imkoni bo‘ldi.

Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”

“Ko‘kcha Qo‘rg‘oni”dagi ochiq eshiklar kuni 7-dekabrga qadar davom etadi va kompaniya rahbariyati har bir tashrif buyuruvchi uchun obyekt bo‘ylab ekskursiya uyushtiradi. Aynan shu uch kun — 5, 6 va 7-dekabr kunlari davomida xaridorlarda ta’mirlangan xonadonni ta’mirlanmagan xonadon narxida sotib olishdek ajoyib imkoniyat bo‘ladi.

Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”

Kompaniya va boshqa obyektlar haqida batafsil ma’lumotni www.mbc.uz saytidan olishingiz mumkin.

Foto: “Daryo”

Bepul ta’mirlab berish kabi sovg‘adan tashqari, Murad Buildings kompaniyasi bu xonadonlar sotuvidan tushgan mablag‘ning bir qismini Toshkent shahrining boshqa hududlarida bolalar maydonchasini qurish uchun sarflashni rejalashtirmoqda.

Reklama huquqi asosida


Manba: daryo.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн