Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O'zbekiston to'qimachilik korhonalari halqaro yarmarkada ishtirok etdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 117           Дата: 23-09-2016, 19:21          
O'zbekiston to'qimachilik korhonalari halqaro yarmarkada ishtirok etdi

Joriy yilning 20-23 sentyabr' kunlari Rossiya poytahti Moskva shahrida “To'qimachilik va Yengil sanoat – 2016” to'qimachilik va Yengil sanoat mahsulotlari, tehnika va tehnologiyalari halqaro yarmarkasi bo'lib o'tdi. Unda mamlakatimiz kompaniya va korhonalari o'z mahsulotlari va hizmatlari bilan ishtirok etdi.

O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov rahnamoligida Yengil sanoatni rivojlantirish, mavjud korhonalarni tehnik va tehnologik yangilash, modernizatsiya qilish borasida amalga oshirilgan ishlar tarmoqning eksport salohiyatini yuksaltirishga hizmat qilmoqda.

Istiqlol yillarida Yengil sanoat mamlakatimiz iqtisodiyotida munosib o'rin egalladi. Qulay sarmoyaviy va biznes muhiti soha taraqqiyotiga katta hissa qo'shayotir. O'tgan davrda sohaga yo'naltirilgan horijiy investitsiyalar hajmi 2 milliard 500 million dollarni tashkil etib, bu uch yuzga yaqin yirik loyihani amalga oshirish imkonini berdi. Islom Karimovning 2014 yil 7 apreldagi “O'zbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi farmoni, shuningdek, 2015-2019 yillarda ishlab chiqarishni tarkibiy o'zgartirish, modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni ta`minlash chora-tadbirlari dasturi bu borada muhim omil bo'lmoqda.

Bugungi kunda O'zbekiston Yengil sanoati zamonaviy jihozlangan ko'p tarmoqli yirik korhonalardan iborat. “O'zbekengilsanoat” aktsiyadorlik jamiyati tarkibidagi sanoat muassasalari ip-kalava, mato, turfa hildagi tikuvchilik-trikotaj tovarlari, mahsus kiyimlar kabi keng turdagi yuksak sifatli mahsulotlar ishlab chiqarmoqda. Bu kabi Yengil sanoat mahsulotlari bilan nafaqat ichki bozor ta`minlanmoqda, balki ular Yevropa, Amerika, Osiyo va Afrika mamlakatlariga Yetkazib berilmoqda.

Ishbilarmonlarimizning turli mamlakatlarda o'tkazilayotgan halqaro yarmarka va ko'rgazmalardagi faol ishtiroki mamlakatimiz eksport salohiyatini yanada oshirishga hizmat qilmoqda. “To'qimachilik va Yengil sanoat” yarmarkasi ham bu borada muhim ahamiyat kasb etdi.

“To'qimachilik va Yengil sanoat – 2016” halqaro yarmarkasida Hitoy, Janubiy Koreya, Germaniya, Italiya, Niderlandiya, Portugaliya, Hindiston, Belarus', Bolgariya, Latviya, Moldova, Ruminiya, Turkiya, Ukraina kabi dunyoning 30 ga yaqin mamlakatidan ikki mingga yaqin firma va kompaniyalar ishtirok etdi. Mazkur forumda to'qimachilik va Yengil sanoat mahsulotlari, ularni ishlab chiqarishga oid eng so'nggi yutuqlar, zamonaviy tehnologiyalar namoyish etildi.

“O'zbekengilsanoat” aktsiyadorlik jamiyatidan ma`lum qilishlaricha, mazkur halqaro ko'rgazmada mamlakatimizning “Istiqlol Tekstil' Dizayn”, “Samarkand Euroasia Textile”, “Sedat Triko Tashkent”, “Fortuna Tekstil”, “Grand Textile Production”, “Aisha Home Textile”, “Medex” kabi yuzga yaqin kompaniyasi o'z mahsulotlari va hizmatlari bilan ishtirok etdi. Yarmarka ishtirokchilari O'zbekiston milliy stendida mamlakatimizning to'qimachilik va Yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish borasidagi salohiyati va imkoniyatlari, sohada taklif etilayotgan hizmatlar bilan tanishdi.

Mamlakatimizda kichik biznes va hususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, sohaning turli tarmoqlarida eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni ko'paytirish yo'lida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar O'zbekiston eksport salohiyatini yuksaltirishga hizmat qilmoqda. Bu jarayonda Islom Karimovning 2013 yil 8 avgustdagi qaroriga muvofiq tashkil etilgan Kichik biznes va hususiy tadbirkorlik sub`Yektlarining eksportini qo'llab-quvvatlash jamg'armasi muhim rol' o'ynamoqda. Jamg'arma ko'magida mamlakatimizning yigirmadan ziyod kichik biznes va hususiy tadbirkorlik sub`Yektlari “To'qimachilik va Yengil sanoat – 2016”da faol ishtirok etdi. Ular tomonidan qariyb 50 million dollarlik eksport shartnomalari imzolandi.

Jahon bozorida talab tobora ortib borayotgan O'zbekistonning to'qimachilik mahsulotlari yuksak sifati va raqobatbardoshligi, halqaro andozalarga to'la mosligi bilan haridorlarga manzur bo'ldi. Halqaro yarmarkada faol ishtirok etgan mamlakatimiz korhonalari bu boradagi ulkan salohiyatni namoyish etgan holda turfa hildagi ekspozitsiyalarni – rang-barang gazlamalar, ip-kalava, trikotaj polotnosi, kattalar va bolalar kiyimlari, pahmoq va jinsi mahsulotlar, tayyor tikuvchilik-trikotaj buyumlarini taklif etdi.

Yarmarkada 800 kvadrat metr joy egallagan O'zbekiston milliy pavil'onida mamlakatimizning ishlab chiqarish, eksport, sarmoya va Yengil sanoat sohasidagi ulkan salohiyati va imkoniyatlari namoyish etildi. Milliy kolorit bilan bezatilgan stendlar o'ziga hos dizayni va mazmunan boyligi bilan yarmarka ishtirokchilarining e`tiborini tortdi. “Sharq liboslari” dizaynerlik markazining tabiiy matolardan tikilgan liboslar namoyishi horijiy ishtirokchilarda katta qiziqish uyg'otdi. Bu O'zbekistonda moda sanoati ulkan imkoniyatlarga ega ekanidan dalolatdir.

Halqaro yarmarkada O'zbekiston kompaniyalari turli mamlakatlarning firma va kompaniyalari bilan o'zaro aloqa o'rnatish va hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldi. Tadbirkorlarimiz tomonidan jami ikki yuz million dollarlikdan ziyod eksport shartnomalari imzolandi.

“To'qimachilik va Yengil sanoat – 2016” halqaro yarmarkasi mamlakatimiz to'qimachilik va Yengil sanoati yutuqlarini keng namoyish etish, tarmoqni yanada taraqqiy ettirish bo'yicha halqaro hamkorlikni mustahkamlash, eksport salohiyatini oshirish, halqaro bozor talablarini o'rganish, yangi hamkorlar topish uchun qulay zamin yaratdi. Uning doirasida imzolangan hujjatlar va erishilgan kelishuvlar eksport hajmini oshirish va jo'g'rofiyasini kengaytirishga hizmat qiladi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн