Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Okrug saylov komissiyalarining 36,8 foizi hotin-qizlar tashkil qilmoqda

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 138           Дата: 23-09-2016, 13:52          
Okrug saylov komissiyalarining 36,8 foizi hotin-qizlar tashkil qilmoqda

23 sentyabrda O'zbekiston va chet el ommaviy ahborot vositalari vakillari uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo'yicha saylov kampaniyasining borishiga bag'ishlangan brifing o'tkazildi. Bu haqda Bu haqda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo'yicha Respublika matbuot markazi habar bermoqda.

Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov saylovga tayyorgarlik ishlari qonunchilik talablari va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish bo'yicha Asosiy tadbirlar dasturi asosida izchil olib borilayotganini qayd etdi.

Saylov kampaniyasi qizg'in pallaga kirib bormoqda, saylovda ishtirok etuvchi partiyalar aniqlandi, ularga imzo varaqalari blankalari berildi. Siyosiy partiyalar O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodni qo'llab-quvvatlash yuzasidan saylovchilar imzosini ish, hizmat, o'qish, yashash joyida, saylovoldi tadbirlarida to'plashga haqli.

“O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to'g'risida” gi Qonunga 2015 yil 29 dekabrda kiritilgan o'zgartishlarga muvofiq siyosiy partiya tomonidan taqdim etilgan imzo varaqalari O'zbekiston Respublikasi jami saylovchilar umumiy sonining 5 foizidan 1 foizigacha kamaytirildi.

Bu 214 350 nafar saylovchi imzosini tashkil etadi.

Bu imzolar kamida sakkizta ma`muriy-hududiy tuzilma namoyandasi bo'lgan saylovchilarni qamrab olgan bo'lishi kerak. Ma`muriy-hududiy tuzilmalardan birida siyosiy partiya imzolar umumiy miqdorining ko'pi bilan sakkiz foizini to'plashi mumkin.

Anjumanda jurnalistlar O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o'tkazuvchi okrug saylov komissiyalari tuzilganligi haqida habardor qilindi. Okrug saylov komissiyalarining 56,6 foizi avvalgi saylovlarda amaliy tajriba to'plagan, jamiyatimizning obro'li vakillaridir. Komissiya a`zolarining 56 nafari, ya`ni 36,8 foizi hotin-qizlardir, ularning 12 nafari esa saylov komissiyalarining rahbariyatidan joy egallagan.

Ta`kidlanganidek, butun saylov kampaniyasi oshkoralik va ochiqlik tamoyillari asosida olib borilmoqda. Shu maqsadda Markaziy saylov komissiyasining O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O'zA, “Jahon”, “Uzreport” ahborot agentliklari, Elektron ommaviy ahborot vositalari milliy assotsiatsiyasi bilan ikki tomonlama bitimlar imzolandi.

Respublika matbuot markazi faoliyat ko'rsatmoqda. Markaziy saylov komissiyasi tomonidan horijiy va milliy ommaviy ahborot vositalarining qariyb 400 nafar vakili akkreditatsiyadan o'tkazildi.

Shu bilan birga Markaziy saylov komissiyasi Yevropada havfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo'yicha byurosi, Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi Ijroiya qo'mitasi, Shanhay hamkorlik tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti va Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi kabi nufuzli halqaro tuzilmalarga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun taklifnomalar yuborilgani ma`lum qilindi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн