Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining to‘rtinchi yalpi majlisi o‘z ishini yakunladi

Автор: admin Комментариев: 0            Просмотров: 482           Дата: 5-12-2015, 17:08          

2015-yil 3-dekabr kuni ochilgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining to‘rtinchi yalpi majlisi 4-dekabrda o‘z ishini davom ettirdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Foto: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati

Yalpi majlisning ikkinchi kunida senatorlar “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini ko‘rib chiqdi.

Shundan so‘ng senatorlar “Veterinariya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining yangi tahririni va “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining yangi tahriri ma’qulladi.

Senatorlar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquq hamda qonuniy manfaatlari himoyasini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hisobotini tingladi.

Bundan tashqari, senatorlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi va Oliy sudi tarkibiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi masalalarni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining vakolatiga kiradigan boshqa masalalarni ko‘rib chiqdi.

Ko‘rib chiqilgan barcha masalalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining tegishli qarorlari qabul qilindi.

Umuman olganda, Senat yalpi majlisining yakunlariga ko‘ra 15 ta masala, shu jumladan, 7 ta qonun ko‘rib chiqildi.

Shu bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining to‘rtinchi yalpi majlisi o‘z ishini yakunladi.


Manba: daryo.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031