Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

“O‘zbekistonning yetti mo‘jizasi” aksiyasida ovoz berishning viloyatlar bo‘yicha natijalari e’lon qilindi

Автор: admin Комментариев: 0            Просмотров: 1 000           Дата: 5-12-2015, 16:51          

“O‘zbekistonning yetti mo‘jizasi” aksiyasining ikkinchi, ya’ni mamalakat viloyatlari bo‘yicha yetakchilarni aniqlash bosqichi yakunlandi. Aksiyaning asosiy yettitaligi uchun ovoz berish esa davom etmoqda. Bu haqda ZiyoNET matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: ZiyoNET portali

Aksiyani o‘tkazish vaqtida O‘zbekistonning 380 dan ziyod madaniyat obyektlari bazasi to‘plandi. Ko‘pchilik ovoz beruvchilarning tanlovi noan’anaviy bo‘ldi, buni aksiyaning viloyatlar bo‘yicha yetakchilar ro‘yxatida ko‘rish mumkin.

Andijon viloyati

Bibi Seshanba ziyoratgohi
Qutayba ibn Muslim maqbarasi
(Ikki obyekt ham bir xil ovozga ega bo‘ldi)

Buxoro viloyati
Poyi Kalon ansambli

Jizzax viloyati
Zomin tog‘lari

Qashqadaryo viloyati
Oqsaroy

Navoiy viloyati
Jaraquduq hududidagi “Tosh o‘rmon”

Namangan viloyati
Chodak masjidi

Samarqand viloyati
Registon ansambli

Surxandaryo viloyati
Boy-Buloq g‘ori

Sirdaryo viloyati
“Sayxun” qo‘riqxonasi

Farg‘ona viloyati
Qurbonko‘l (Moviy ko‘l)

Xorazm viloyati
Ichan Qal’a

Toshkent viloyati
Chorvoq suv ombori

Qoraqalpog‘iston Respublikasi
I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston san’at muzeyi

Toshkent shahri
Toshkent teleminorasi

Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekistonning yetti mo‘jizasi” aksiyasida O‘zbekiston tarixi rivojiga o‘z hissasini qo‘shib, kelajak avlodga mamlakat madaniy merosini topshirish istagidagi barcha xohlovchilar ishtirok etishi mumkin.

Aksiya yakuniga ko‘ra eng ko‘p ovozga ega yodgorliklar rasmiy ravishda “O‘zbekistonning yetti mo‘jizasi” sirasidan joy egallaydi.

“O‘zbekistonning yetti mo‘jizasi” O‘zbekistonning madaniy merosiga yig‘ilgan obyektlar hay’at yoki belgilangan komissiya yordamida emas, balki ZiyoNET’da ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchining bergan ovozi yordamida aniqlanadi.


Manba: daryo.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн