Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Shavkat MirziyoYev Qozog'iston delegatsiyasi rahbari bilan o'zaro hamkorlik masalalarini muhokama qildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 166           Дата: 22-09-2016, 22:42          
Shavkat MirziyoYev Qozog'iston delegatsiyasi rahbari bilan o'zaro hamkorlik masalalarini muhokama qildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat MirziyoYev 22 sentyabr' kuni Qozog'iston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o'rinbosari Asqar Maminni qabul qildi. Bu haqda O'zA habar berdi.

Uchrashuvda Qozog'iston Respublikasi Prezidenti Nursulton NazarboYevning joriy yil 12 sentyabr' kuni Samarqand shahriga tashrifi chog'ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, o'zaro manfaatli savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

O'zaro tovar ayirboshlash hajmini, birinchi navbatda, mamlakatlarimizda yangi bozorlar tashkil etish hisobidan oshirish masalalariga alohida e`tibor qaratildi.

Ikki mamlakat ekspertlari tomonidan tayyorlangan, raqobatbardosh sanoat mahsulotlari sotadigan qo'shma savdo uylarini tashkil etish, savdo loyihalarini milliy bank-moliya institutlari orqali qo'llab-quvvatlash, bojhona hizmatlari hamkorligini faollashtirish, biznes forumlar o'tkazish va o'zaro tashriflarni amalga oshirishga qaratilgan qator taklif va aniq chora-tadbirlar ko'rib chiqildi va ma`qullandi.

Transport va tranzit tashish sohasidagi o'zaro manfaatli hamkorlikni izchil davom ettirish, jumladan, eksport yuklarini tashishda ikki tomonlama tarif preferentsiyalari berish va yangi qo'shma loyihalarni amalga oshirish zarurligi ta`kidlandi. Bu mintaqaviy transport yo'laklarining raqobatbardoshligini oshirish va ularning yuqori samaradorligini ta`minlash imkonini beradi.

Asqar Mamin samimiy qabul uchun minnatdorlik izhor etib, Qozog'iston Respublikasi mamlakatlarimiz o'rtasidagi keng ko'lamli va o'zaro manfaatli savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirishga qaratilgan hamkorlikdagi chora-tadbirlarni amalga oshirishga tayyor ekanini bildirdi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн