Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Sobiq TTZ modernizatsiya qilinmoqda

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 109           Дата: 22-09-2016, 16:47          
Sobiq TTZ modernizatsiya qilinmoqda

Toshkent qishloq ho'jalik tehnikalari zavodini (sobiq Toshkent traktor zavodi – TTZ) modernizatsiya qilish va qaytadan tehnologik jihozlash ishlari boshlandi. Bu haqda nuz.uz sayti habar bergan.

Kompaniyadagilarning ma`lumotiga ko'ra, ushbu maqsadlar uchun «Asaka» bankining Toshkent shahar filialidan olingan 60,5 milliard so'm (20 million dollardan ortiq) mablag' ajratiladi.

Ilgariroq Mirzo Ulug'bek tumani hokimining iqtisodiy masalalar bo'yicha o'rinbosari Bahodir BoqiYev Sputnik O'zbekiston muhbiriga eski zavod hududida 2014 yildan buyon agrar sektori uchun uskunalar ishlab chiqarishga ihtisoslashgan Toshkent qishloq ho'jalik tehnikalari zavodi faoliyat ko'rsatayotganini aytgandi.

Eslatib o'tamiz, korhona quvvatini bir nechta bosqichda modernizatsiya qilish rejalashtirilgan bo'lib, 2019 yilda nihoyasiga Yetadi.

O'zbekiston va Germaniyaning CLAAS kompaniyasi zavodning tehnik va tehnologik qayta jihozlanishi uchun 50 million dollardan ortiq mablag'ni yo'naltirish bo'yicha kelishib olgan. Nemis kompaniyasi asosiy investor hisoblanadi.

Rasmiy prognozlarga ko'ra, korhonaning modernizatsiya qilinishi bir necha bosqichda olib boriladi va 2019 yilning ohirida yakunlanadi.

2016-2017 yillarda olib boriladigan birinchi bosqichda korhonada nemis kompaniyasining turli qishloq ho'jalik tehnikalari uchun butlovchi qismlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va kengaytirish bo'yicha ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

2018-2019 yillarda ikkinchi bosqichda quyish tsehi, butlovchi qismlarni muhrlash liniyasi, transmissiyalar uchun quyma qismlar ishlab chiqarish tsehlari tehnologik qayta jihozlanadi, shuningdek O'zbekiston qishloq ho'jalik korhonasi bazasida CLAAS kompaniyasi bilan birgalikda qo'shma korhona tashkil etiladi va dvigatellar yig'ish yo'lga qo'yiladi.

Ushbu loyihaga bosh pudratchi sifatida «Yuksak qurilish savdo» MChJ tanlangan.

2015 yil boshida sobiq TTZ bankrotligi haqida ma`lum bo'ldi. Mahalliy nashrlar korhona zamonaviy uskunalar bilan jihozlanmagani, mahsulotlarning ichki bozorda kam sotilishi, eksport ulushi esa atigi 20 foiz ekani haqida yozgandi. 2015 yilning martida Toshkent ho'jalik sudi O'zbekistondagi eng yirik qishloq ho'jaligi mashinasozligi korhonasi bo'lmish «Toshkent traktor zavodi» aktsiyadorlik jamiyatiga bankrotlik tamoyili uchun sanktsiya bergandi.

Toshkent traktor zavodi 1942 yilda qurilgan. Urush yillarida zavodda harbiy tehnikalar ishlab chiqarilgan. Urushdan keyin esa O'zbekiston qishloq ho'jaligi ehtiyojlari uchun traktorlar ishlab chiqarilishi yo'lga qo'yilgan. Uning loyihaviy quvvati yiliga 12 mingta traktor va 13 mingta tirkama ishlab chiqarish hisoblanadi.

Shu yilning avgust oyida Toshkent qishloq ho'jalik tehnikalari zavodi rahbari B. Ishmetov horijiy ustav kapitaliga horijiy investitsiyalarni jalb etishda yo'l qo'yilgan kamchiliklar tufayli lavozimidan ozod etilgandi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн