Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Parijdagi “IFTM Top Resa – 2016” ko'rgazmasi ishtirokchilari O'zbekistonga katta qiziqish bildirishmoqda

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 188           Дата: 22-09-2016, 10:33          
Parijdagi “IFTM Top Resa – 2016” ko'rgazmasi ishtirokchilari O'zbekistonga katta qiziqish bildirishmoqda

20 sentyabr' kuni Parij shahrida “IFTM Top Resa – 2016” halqaro sayyohlik ko'rgazmasi ochildi. Unda O'zbekistonning sayyohlik salohiyati keng namoyish etilmoqda. O'zA bu haqida habar berdi.


O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov boshchiligida turizm sohasini rivojlantirishga doir amalga oshirilgan izchil islohotlar natijasida mamlakatimizda ichki va halqaro turizm tobora kengayib, sayyohlik olamining yangi yo'nalishlari kashf etildi. Mamlakatimizdagi tinchlik va barqarorlik, o'zbekona mehmondo'stlik, zamonaviy turizm infratuzilmasi hamda dam olish maskanlarida yo'lga qo'yilgan yuksak sifatli hizmatlar sayyohlarni o'ziga jalb qilib kelmoqda.


“IFTM Top Resa” - dunyodagi eng yirik va nufuzli halqaro ko'rgazmalardan biri. Joriy yilda ushbu ko'rgazmada AQSh, Avstriya, Bel'giya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Braziliya, Rossiya, Belarus', V'Yetnam, Hindiston, Isroil, Eron va boshqa mamlakatlardan 1500dan ziyod sayyohlik firma va kompaniyalari o'z hizmatlarini taklif etmoqda. Ko'rgazma sayyohlik sanoatining barcha zamonaviy yo'nalishlarini o'zida jamlagan.


Frantsiya poytahtidagi “Porte de Versailles” ko'rgazmalar zalida o'tkazilayotgan nufuzli turizm forumidan joy olgan “O'zbekiston” milliy stendi o'ziga hos ko'rkam dizayni, bezaklari va mazmunan boyligi bilan ishtirokchilar e`tiborini tortmoqda. Unda mamlakatimiz tarihiy obidalari, halqimizning milliy an`ana va qadriyatlari aks ettirilgan. Samarqand, Buhoro, Hiva, Shahrisabz va Toshkent shaharlarining diqqatga sazovor joylariga oid rang-barang ma`lumotlar, halq hunarmandchiligi buyumlari yarmarka ishtirokchilarida katta qiziqish uyg'otmoqda.


Mazkur halqaro ko'rgazma jahon hamjamiyatini mamlakatimiz sayyohlik sanoati imkoniyatlari bilan keng tanishtirish, horijning sayyohlik kompaniyalari bilan o'zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, ikki va ko'p tomonlama manfaatli shartnomalar tuzish, sayyohlik biznes rivojining tendentsiyalarini aniqlash, jahon sayyohlik bozoridagi yangiliklar va o'zgarishlar bilan yaqindan tanishish hamda bu borada o'zaro fikr va tajriba almashish imkonini yaratadi.


Manbaga ko'ra, O'zbekistonning Frantsiyadagi elchihonasida mamlakatimizning sayyohlik salohiyati mavzusida taqdimot o'tkazilgan. Tadbirda ikki mamlakat turistik tashkilotlari o'rtasida bitimlar imzolangan.


Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031