Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

ICTFORUM-2016 tadbirida sizni nimalar kutmoqda?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 101           Дата: 22-09-2016, 10:32          
ICTFORUM-2016 tadbirida sizni nimalar kutmoqda?

20-21 sentyabr' kunlari Halqaro Biznes Markazida ICTFORUM-2016 bo'lib o'tadi. Unda O'zbekiston va boshqa mamlakatlar misolida AKTning hayotga tatbiq etishga oid mavzular va taqdimotlar, muvaffaqiyatli loyiha namunalari yoritiladi.

AKT Forumi ilk bora o'tgan yili o'tkazilgandi. Buyilgi tadbirda ma`ruzachilar sifatida Yetakchi IT-kompaniyalar vakillari, soha ekspertlari taklif etilgan. Tadbirga 800dan ortiq kishi tashrif buyurishi kutilmoqda. 70dan ortiq ma`ruzachilar esa bir necha muhim yo'nalishlarga bo'lingan holda chiqishlar qilishadi. Forumning keng qamrovli dasturi katnashchilarga e-Government Uzbekistan, Raqamli iqtisodiyot, Internet-forum yo'nalishlari, shuningdek «Ahborot havfsizligi» va «Startap anjumani» kabi sektsiya majlislaridagi ma`ruzalarni tinglash imkonini beradi.

E-Government Uzbekistan bo'limining mavzulari AKT asosida davlat organlari va keng jamoatchilik o'rtasida barqaror muloqot o'rnatish va uni rivojlantirishga yo'naltirilgan strategik vazifalar muhokamasiga bag'ishlanadi. Hususan, forumning Raqamli iqtisodiyot bo'limidan o'rin olgan ma`ruzalar qatoridan «Olmaliq TMK AJda AKTni tatbiq etish jarayoni», «Bulut tehnologiyalarning iqtisodiyotga ta`siri», «O'zbekiston tashqi savdo-sotiq qatnashchilari uchun «yagona darcha» ahborot tizimi imkoniyatlari», «O'zbekiston temir yo'llari» AJda AKTni rivojlantirish», «O'zbekiston havo yo'llari» MAK yo'lovchilari uchun onlayn hizmatlarni tatbiq etish va rivojlantirish» kabilar o'rin olgan.

Internet-forum qatnashchilari «Masofaviy ta`lim: bugungi holat va rivojlanish istiqbollari», «Kontent sifati – elektron OAVning faoliyati hususidagi mulohazalar», «Internet-reklama muammolari», «Elektron to'lovlar tizimining rivojlanishi», «Halqaro internet-tijorat» kabi mavzularga alohida to'htalib o'tishadi.

22 sentyabr' kuni bo'lib o'tadigan Ahborot havfsizligi sektsiyasida ahborot tizimlari, resurslari va shahsiy ma`lumotlarni himoya qilishni ta`minlash, shuningdek ahborot havfsizligi auditi, hatarlarni boshqarish, istiqbolli Yechimlar va ahborot havfsizligini ta`minlash tehnologiyalarigi oid mavzular ko'rib chiqiladi. Anjuman davomida O'zbekistonda dasturiy ta`minot (DT) sanoatini rivojlantirish, davlat sektori, biznes va ta`lim sohalarida DTdan muvaffaqiyatli foydalanish namunalari haqida so'z yuritiladi.

Startup anjumanida yangi startaplar taqdimoti, soha ekspertlarining mahorat darslari bo'lib o'tadi. Ekspertlar o'zbekistonlik mutahassislarning Super Dispatch va Tesla eko-startaplarida o'tagan amaliyotlari haqida so'zlab berishadi. Tadbirda, shuningdek, O'zbekistonda Smart Home bozorini rivojlantirishdagi hamkorlikning yangi ko'rinishlari haqida ham fikr almashiniladi.

ICTWEEK Uzbekistan 2016 Haftaligi doirasidagi tadbirlar bilan www.ictweek.uz rasmiy sayti orqali tanishib borishingiz mumkin.

ICTWEEK Uzbekistan-2016 Haftaligi O'zbekiston Respublikasi Ahborot tehnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining rasmiy ko'magida o'tkaziladi.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн