Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Oqsaroyda O‘zbekistonning yuksak mukofotlari o‘z egalariga topshirildi

Автор: admin Комментариев: 0            Просмотров: 621           Дата: 5-12-2015, 15:51          

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov 5-dekabr kuni Oqsaroyda bir guruh fuqarolarga O‘zbekistonning yuksak mukofotlarini topshirdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Foto: O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati

Davlat rahbarining farmonlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 24 yilligi arafasida O‘zbekistonni har tomonlama rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan, el-yurt tinchligi va osoyishtaligini mustahkamlashda fidoyilik ko‘rsatgan, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnik va ma’naviy-ma’rifiy hayotida alohida e’tiborga sazovor bo‘lgan bir guruh fuqarolar davlat mukofotlari – faxriy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlangan edi.

Oqsaroyda 5-dekabr kuni ana shu yuksak mukofotlarni tantanali topshirish marosimi bo‘ldi.

“Bugun mana shu muhtasham zalda siz, azizlarni Konstitutsiya kuni bilan tabriklab, sizlarga samimiy hurmatimni izhor etib, barchangizga sihat-salomatlik, tinchlik-omonlik, yangi-yangi omadlar tilashga ijozat bergaysiz. Bugungi uchrashuvimizdan asosiy maqsad – siz, azizlarga Vatanimizning mukofotlarini – yuksak unvon, orden va medallarni topshirish, sizlarni tabriklash, men uchun o‘ta sharafli vazifani ado etishdir.

Sizlarning timsolingizda davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgan barcha yurtdoshlarimizga ham, g‘oyibona bo‘lsa-da, chin qalbimdan chuqur hurmatimni, ezgu tilaklarimni bildirish va qutlash – menga katta mamnuniyat va xursandchilik yetkazadi.

Bugun odatlarimiz qatoriga kirib qolgan Konstitutsiyamiz kuni arafasida uchrashib, o‘tgan davr mobaynida biz oldimizga qo‘ygan ustuvor vazifamizga erishish yo‘lida, ya’ni dunyodagi eng rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga chiqish, xalqimizning hayot darajasi, sifati, obro‘-e’tiborini yuksaltirish maqsadida qo‘lga kiritgan marralar va yutuqlar, shu bilan birga, yangi rejalarimiz haqida, hayotimizga katta ta’sir o‘tkazgan voqealarni eslab o‘tamiz”, — dedi O‘zbekiston Prezidenti.

So‘ngra O‘zbekiston Prezidenti davlat mukofotlarini tantanali ravishda topshirdi.

“Bugun sizlarning ochiq chehrangiz, baxtiyor ko‘zlaringizni, sizlardagi baland ruhni ko‘rib, ochig‘ini aytsam, go‘yoki o‘zim ham mukofot olgandek xursand bo‘lib turibman. Mening niyatim, tilagim bitta: ko‘ksingizga yarashib turgan bu mukofotlar barchangizga buyursin, sizlarni yangi-yangi yutuq va marralarga ruhlantirsin”, – dedi Islom Karimov.


Manba: daryo.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Мы Онлайн