Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

Metroning «Yunusobod» yo'lidagi qurilish ishlari «O'zbekiston temir yo'llari» AJ tomonidan bajariladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 338           Дата: 21-09-2016, 13:35          
Metroning «Yunusobod» yo'lidagi qurilish ishlari «O'zbekiston temir yo'llari» AJ tomonidan bajariladi

O'zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat MirziyoYev «Yunusobod» yo'nalishidagi metro qurilishini yakunlashni tezlashtirish uchun Toshkent metropolitenini «O'zbekiston temir yo'llari» AJ tizimiga o'tkazish bo'yicha qaror loyihasini tayyorlashga ko'rsatma berdi. Bu haqda kun.uz manbasi ma`lum qildi.

Shavkat MirziyoYev 18 sentyabr', yakshanba kuni Toshkent shahrining bir qator tumanlarida, hususan, Yunusobod tumanida bo'lib, bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan bevosita tanishdi. U metroning «Yunusobod» yo'nalishidagi ikkita bekatda qurilish ishlarini yakunlash, yangi Yer osti va Yer usti tezyurar metro yo'nalishlari qurilishini loyihalashtirish masalalari yuzasidan tegishli vazirlik va idoralar rahbarlariga topshiriqlar berdi.

Ma`lumot uchun, Toshkent metropolitenining «Yunusobod» yo'lini qurish ishlari 1988 yilda boshlangan, 2001 yili qurilish ishlari yuzaga kelgan murakkabliklar tufayli to'htab qolgandi. Metroning ushbu yo'nalishi loyihalashtirish va qurishda juda murakkab bo'lib chiqdi, chunki metro tunneli va bekatlari joylashgan joylar kanallar va Bo'zsuv ostiga to'g'ri keldi. Undan tashqari, metro qurilishiga o'tgan ko'plab muhandislik kommunikatsiyalari ham halaqit berdi.

Bugungi kunda ushbu metro yo'nalishining asosiy muammosi uning Yunusobodning aholi gavjum yashaydigan mavzelarigacha Yetib kelmagani hisoblanadi. Shuning uchun ham yo'lovchilarning ko'p qismi yo undan umuman foydalanmaydi yoki faqat tranzit maqsadlarda foydalanishi kuzatiladi.

Hozirda yo'nalishda 6ta — «Shahriston», «Bodomzor», «Minor», «Abdulla Qodiriy», «Yunus Rajabiy» va «Mingo'rik» bekatlari ishlab turibdi, yo'nalishning uzunligi 6,4 kilometr.

«Yunusobod» yo'nalishida loyihaviy nomi «Fayzulla Ho'jaYev», «Yunusobod», «Turkiston» bo'lgan bekatlar qurilishi davom etayotgan bekatlar hisoblanadi.

Metroning «Yunusobod» yo'lidagi qurilish ishlari «O'zbekiston temir yo'llari» AJ tomonidan bajariladi

Bundan tashqari, «Yunusobod» yo'nalishining Toshkentning janubiy tumanlarini qamrab oluvchi loyihalashtirilgan bo'lagida «Bobur», «To'qimachi», «Usmon Nosir», «Janubiy» kabi bekatlarning qurilishi nazarda tutilgan.

Metro yo'nalishini aholi ko'p istiqomat qiladigan hududlargacha olib borish orqali shahardagi avtomobil transporti yukini bir qadar Yengillashtirish, shuningdek, metropolitenning rentabelligini sezilarli darajada oshirish mumkin.

Manba: Kun.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar

Новости партнеров

Календарь новостей

«    Декабрь 2016    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031